Chiziqli qiduruvni Mukamallashtirish usullari
Birinchi usulni magʼzi shundan iboratki, berilgan kalitga teng kalitli element jadvalda birinchi element deb oʼzlashtiriladi, qolganlari esa suriladi.
Keltirilgan algoritm roʼyxat uchun ham massiv uchun xam oʼrinli. Biroq bu algoritm massiv uchun tavsiya qilinmaydi, sababi elementlarni oʼrinlashtirishga koʼrsatkichlarni oʼrinlashtirishdan koʼra ancha koʼp vaqt talab qiladi.
Transpozitsiya usulida topilgan element jadvalda bitta oldingi element bilan oʼrin almashtiriladi. Аgarda mazkur elementga koʼp murojaat qilinsa, bittadan oldinga surilib borib natijada jadval boshida boʼladi.
Ushbu usul nafaqat roʼyxatda, balki massivda xam qulay (sababi faqatgina ikkita yonma-yon turgan element oʼrin almashtiriladi).
Do'stlaringiz bilan baham: |