Mavzu: Ma’lumotlarni kompyuterga kiritish va chiqarish tizimlari Reja


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/18
Sana30.04.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1405839
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Bog'liq
Mavzu Ma’lumotlarni kompyuterga kiritish va chiqarish tizimlari

MONOXROMLI MONITORLAR 
Monoxromli monitorlar rangli monitorlarga qaraganda bir-muncha arzonroq, tiniqroq tasvirga va yuqori o`tkazish 
qobiliyatiga ega, «qo`l rangni» o`nlab tuslarini aks etgirish imkoniyatini beradi, inson salomatligi uchun 
zararsizroqdir. SHuning uchun ko`plab malakali dasturchilar aynan ularni afzal ko`radilar. 
Monoxromli monitorlar ichida quyidagilar boshqalariga nisbatan ko`proq ishlatiladi: 
• bevosita boshqariladigan monoxromli monitorlar, ular matnli va psevdografik belgilarni aks ettirishda yuqori 
o`tkazish qobiliyatini ta`minlaydi, lekin ular alohida piksellardan tashkil topgan grafik tasvirlarni shakllantirish 
uchun mo`ljallanmagan; ular faqatgina monoxromli videonazoratchilar bilan birgalikda ishlaydi; 
• kompozitli monoxromli monitorlar, ular rangli grafikli adapter bilan birgalikda ishlaganda ham belgili, ham 
grafikli ma`lumotlarni yaxshi sifat bilan aks etgirishni ta`minlaydi (lekin, tabiiyki, ko`proq monoxrom: yashil yoki 
tiniq sariq rangli tasvirni beradi). 
RANGLI MONITORLAR 
Hamma boy ranglar gammasini uzatish imkonini beradi (65536 tagacha rangli tuslarni - High Color standarti) va 
shuning o`zi hamma gapni aytib turibdi. 
Rangli monitorlar sifatida quyidagilar ishlatiladi: 
- kompozitam rangli monitorlar va televizorlar, ular rangni ham, grafikani ham ta`minlaydi, lekin ancha past 
o`tkazish qobiliyatiga egadir; 
- rangli RGB monitorlar grafikani ham, rangni ham yuqori o`tkazish qobiliyatiga ega bo`lgan eng yuqori 
sifatlidir (RGB - qizil-yashil-havo rang, bu rangli xabarlarning har biri uchun o`zining simi ishlatiladi, 
kompozitlida esa - uchala rang signali bitta sim bo`ylab boradi); 
- RGB-monitorlar rangli grafikli nazoratchi bilan birgalikda ishlaydi. 
Uch tipdagi videomonitorlar: CD (Color Display), ECD (Enhanced CD) va PGS (Professional Grafics System) 
keng qo`llaniladigan IBM PC ning rangli monitorlari standartini aniqlaydi, lekin hozirda ulardan faqat oxirgisi 
e`tiborga loyiqdir. 
Hozirgi vaqtda qo`llanilayotgan nimranglarni yaxshi uzatadigan monitorlardan eng katta o`tkazish qobiliyatiga 
«paper white» tipidagi qora-oq tasvirli, monoxromli kompozitli monitorlar ega (ko`pincha stol nashriyot 
tizimlarida ishlatiladi); ularning SVGA tipidagi videoadapter bilan birga ishlagandagi o`tkazish qobiliyati 1600x 
1200 pikseldan ortadi. 

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling