Mavzu: Ma’lumotlarni kompyuterga kiritish va chiqarish tizimlari Reja
SUYUQ KRISTALLI INDIKATORLARDAGI VIDEOMONITORLAR
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
Mavzu Ma’lumotlarni kompyuterga kiritish va chiqarish tizimlari
SUYUQ KRISTALLI INDIKATORLARDAGI VIDEOMONITORLAR
Suyuq kristalli indikatorlardagi monitorlar (SKI, LCD - Liquid Cristal Display) bu raqamli tekis monitorlardir. Bu monitorlar maxsus, me`yoriy (normal) sharoitlarda shaffof suyuqlikni ishlatadi, bu suyuqlik aniq bir elektrostatik maydon kuchlanganligida kristallanadi, bunda uning shaffofligi qutblanish va yorug`lik nurlarining sinish koefficientlari o`zgaradi. Ana shu effektlar tasvirni shakllantirish uchun ishlatiladi. Tuzulish jihatdan bunday displey ikkita elektr o`tkazuvchan shisha plastina ko`rinishda bajarilgan bo`lib, ularning orasiga ana shunday kristallanadigan suyuqdikning juda yupqa qatlami joylashtiriladi. Bunday ekranlarni orqa yoki yon tomondan yoritish uchun yoruyutik manbai sifatida, odatda, sovuq katodli flyuorescent lampalar yoki elektrolyuninescentli panellar ishlatiladi. SKI aktiv va passiv matricali bo`ladi. Passiv matricada ekranning har bir elementi (piksel) koordinatali boshqaruvchi shaffof simlarning kesishgan joyida tanlanadi, aktiv matricada esa ekranning har bir elementi uchun o`zining boshqaruvchi tranzistori bor, shuning uchun ularni ba`zida TFT-ekranlar deb ataladi (TFT - Thin Film Transister, yupqa plyonkali tranzistor). Aktiv matricali displey murakkabroq va qimmatroqdir, lekin yaxshiroq sifatni ta`minlaydi: yuqori dinamiklik, utkazish qobiliyati, tasvirlarni aniq-ravshanligi va yorqinligi. Monoxromli displeylar bilan bir qatorda so`nggi vaqtlarda rangli displeylar ham keng ishlatilmoqda. Rangli displeylarda har bir piksel 3 ta alohida qims pikseldan (R, G va V) tashkil topib, ularning har biri mos ranglarning yupqa yorug`lik filtrlari bilan qoplangan. Uchta ranglardan har biri uchun yorqinlikning 64 ta gradaciyasi maksimal shakllantiriladi, bu oxir oqibatda 26200 ta rangli tuslarni aks ettirish imkoniyatini beradi. Ranglarning o`zlari etarlicha chuqur va yorqindir. SKI dagi monitorlarning asosiy afzalliklari: O`lchamlari va og`irligi: monitor qalinligi SKI ekrani va yoritish qurilmasi qalinligi bilan emas (u kichikdir), balki korpus qalinligi bilan aniqlanadi, yana og`irlikning katta qismi ham korpusga to`g`ri keladi. SKI dagi monitorlarning energiya nste`mol qilshi ENT lardagi monitorlarga nisbatan sezilarli kamdir, masalan, ENT dagi monitor o`rtacha 150 Vt, SKI dagi monitor esa 30 Vt gacha iste`mol qiladi. Ergonomikligi. SKI dagi monitorda inson sog`ligi uchun zararli bo`lgan elektromagnit nurlanishlarning hamma ko`rinishlari deyarli yo`qdir. Uning jiddiy kamchiligi - hozircha yuqori narxdaligidir. SKI-displeylar yana tashqi tegishlarni yoktirmaydi, xususan, barmoqlar bilan ekranga doimiy tegish rangli popuklarning paydo bo`lishiga olib keladi. Bu klassdagi zamonaviy videomonitorlarning ma`lumotlarni tasvirlash sifati ENT dagi monitorlarnikiga nisbatan ba`zida yomon emas. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling