Umumiy muvozanatlik - bu jamiyatning barcha ehtiyojlari (aholi, davlat, korxona) va milliy ishlab chiqarish real hajmining o`zaro mos kelishlik darajasini bildiradi. qiymat ifodasida bu muvozanatlik yalpi talab va yalpi taklifning nisbati orqali namoyon bo`ladi. Milliy iqtisodiyotda ro`y beradigan barcha o`zgarishlar pirovard natijada yalpi talab va yalpi taklifdagi o`zgarishlar orqali ifodalanadi.
YAlpi talab tovarlar bozorida taqdim qilingan pirovard tovarlar va xizmatlarga bo`lgan barcha alohida talablar yig`indisidan iborat. Iqtisodiy muvozanatlik yalpi talab va yalpi taklifning tengligini taqozo etsa ham, amaliyotda ularning nisbati o`rtasidagi o`zgarishining mumkin bo`lgan har xil variantlari mavjud bo`ladi. Jumladan:
YAlpi talabning ortishi. Ishlab chiqarish hajmi, milliy daromad va baholarning o`sishi bilan birãa boradi;
YAlpi talabning tushishi. Èshlab chiqarish hajmi, milliy daromad va baholarning pasayishi bilan;
YAlpi taklifning ortishi. Èshlab chiqarish hajmining o`sishi bilan birga boradi va baholarning tushishini keltirib chiqaradi;
YAlpi taklifning kamayishi va shunga mos ravishda ishlab chiqarishning qisqarishi, baholarning o`sishiga olib keladi.
Bu barcha shart-sharoitlar ideal holda potensial imkoniyat darajada vujudga keladi. Real hayotda ýñà umumiy muvozanatlik tarkibiy nomutanosibliklar, resurslardan samarasiz foydalanish, baholarning beqarorligi, iqtisodiy sikl fazalarining o`zgarishi, bozor konyukturasi, bozor sub’ektlari daromadlari va talabi tarkibidagi o`zgarishlar ta’sirida ta’minlanib boriladi.
Bunday sharoitda umumiy muvozanatlik holatèni (yalpi talab va yalpi taklif mos kelishi), turg`un iqtisodiyotdagi shartli umumiy muvozanatlik sifatida qarab chiqishni taqozo etadi. Bu barcha aytilganlardan xulosa chiqaradigan bo`lsak, umumiy muvozanatlik butun ijtimoiy ishlab chiqarishning, mamlakat milliy iqtisodiyotining mutanosibligidir.
Bu barcha tarmoqlar, sohalar va iqtisodiyot birlamchi bo`g`inlarining bir me’yorda rivojlanishini ta’minlagan, iqtisodiy faoliyatning barcha qatnashchilari, barcha bozorlar va iqtisodiy jarayon munosabatlarèíèíã ayrim tomonlari o`rtasidagi barqarorlik xarakteridagi bir qator muvozanatliklar tizimini o`z ichiga oladi.
Bu muvozanatliklarning shakllari turli-tuman bo`lganligi sababli ular alohida holda xususiy muvozanatliklar sifatida chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |