Mavzu: mamlakatning iqtisodiy xavfsizligini reja


Download 1.01 Mb.
bet1/3
Sana14.10.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1702461
  1   2   3
Bog'liq
MAMLAKATNING IQTISODIY XAVFSIZLIGINI



Mavzu: MAMLAKATNING IQTISODIY XAVFSIZLIGINI

Reja:

  1. Jahon iqtisodiy tizimida milliy iqtisodiyotning turgan o‘rni va uning manfaatlariga tahdidlar.

  2. Mamlakat iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish va xavfsizligini ta’minlash.

  3. Mamlakat ichki iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash.



  1. Jahon iqtisodiy tizimida milliy iqtisodiyotning turgan o‘rni va uning manfaatlariga tahdidlar

Zamonaviy jahon iqtisodiyoti xalqaro mehnat taqsimoti asosida milliy iqtisodiyotlar o‘rtasida barqaror, har tomonlama o‘zaro aloqadorlikning shakllanishi oqibatida xo‘jalik haayotining xalqaro miqyosda internatsionallashuvini ifodalaydi. Buning oqibatida iqtisodiy makon vujudga kelmoqda. Ushbu makonda xalqaro tovarlar, xizmatlar, xom ashyo resurslari, moliyaviy mablag’lar, kapital, ishchi kuchi bozorlari vujudga kelib, ular o‘rtasida o‘zaro aloqadorlik hamda bog’liqlik kuchaymoqda. Jahon miqyosida global-texnologik, moliyaviy, axborot, madaniy tizimlar jadal ravishda rivojlanmoqda.
Milliy iqtisodiyot, xalqaro mehnat taqsimotiga ko‘ra, ixtisoslashuvi, o‘zining foydali qazilma boyliklari, geografik joylashuvi, fan-texnika taraqqiyoti, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi, xalqaro savdo, xalqaro iqtisodiy faoliyatining faolligiga muvofiq jahon iqtisodiy tizimida o‘ziga xos o‘rinni egallaydi. Jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashish uchun milliy iqtisodiyot xalqaro hamkorlikka ochiq bo‘lishi, ya’ni ochiq iqtisodiyot tavsifiga ega bo‘lishi lozim. Ochiq iqtisodiyotning xususiyatlari va potensial imkoniyatlarini quyidagicha tavsiflash mumkin:

  • otish davrini oz boshidan kechirayotgan mamlakatda bozor mexanizmi va unsurlari raqobat muhiti shakllanishining jadallashuvi;jahon xojaligi bilan ozaro aloqada milliy iqtisodiyot ananaviy tovar ayirboshlashdan tashqari, kapitalni chetga chiqarish va chetdan kiritish, ilmiy-texnikaning kooperatsiyalashuvi, ishlab chiqarish integratsiyasi kabi shakllarda integrallashadi;

  • xalqaro resurslar aylanmasi va uning samaradorligini oshirishga asoslangan holda ichki ishlab chiqarish hajmlariga nisabatan milliy daromadning osishi;

  • xalqaro ayirboshlashning mutanosib iqtisodiy osish omili sifatidagi rolining kopayishi;

  • xalqaro resurslar aylanmasi va uning samaradorligini oshirish hisobiga ichki ishlab chiqarish kolamiga nisbatan milliy daromadning koproq osishi.

Iqtisodiyotning ochiqligini taminlash va tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi oqibatida mamlakatga xorijiy investitsiyalar kirib kela boshladi, qoshma korxonalar kopaya bordi, ichki bozor tovarlar bilan tola boshladi. Ammo, shu bilan birga, buning mamlakat manfaatlariga zid tomoni ham ko‘zga tashlan boshladi.
Tashqi iqtisodiy aloqalarning erkinlashtirilishi sharoitida xo‘jalik subyektlari faoliyatini nazorat qilish mexanizmining takomillashmaganligi tufayli, bu sohada jinoiy guruhlar, korrupsiya, xufyona iqtisodiyot, narkobiznes, iqtisodiy qaroqchilik ham jonlana boshladi.
Shuningdek, Mamlakat ichki iqtisodiy sohasidagi xavfsizligi tabiiy, texnik-texnologik, infratuzilmaviy, ijtimoiy hamda boshqa makro va mikroiqtisodiy rivojlanish omillari, ichki immunitet va beqarorlik, tangliklar ta’siridan himoyalanish orqali ta’minlanadi. Iqtisodiy xavfsizlikka tahdid soluvchi ichki omillarga quyidagilar kiradi:

  • ilgargi tizimdan biryoqlama, tarkibi deformatsiyalashgan iqtisodiyotning meros qolganligi;

  • ko‘pchilik tarmoqlarning qoloq texnologik bazaga, yuqori energiya va resurs sig‘imiga egaligi sababli milliy iqtisodiyot raqobatbardosh- ligining pastligi;

  • iqtisodiyotning yuqori darajada monopollashuvi;

  • yuqori darajadagi inflyasiya;

  • infratuzilma obyektlarining yetarli darajada rivojlanmaganligi va mustahkam emasligi;

  • investitsion faollikning pastligi;

  • qonunchilik rivojlanmaganligi, bir qancha iqtisodiy subyektlarning ichki va tashqi bozorda monopol holatda ekanligi gayriqonuniy faoliyat korsatishi hamda huquqiy intizomning pastligi.

Shuningdek, ichki tahdidlar ichida xufiyona iqtisodiyot ota xavfliligi bilan ajralib turadi. Shuning uchun unga qarshi kurash iqtisodiy xavfsizlikni taminlashda muhim ahamiyatga ega.
Ochiq iqtisodiyot sharoitida tashqi iqtisodiy xavfsizlikni taminlash uchun quyidagilar taqazo etiladi:
birinchidan, jahon xo‘jalik aloqalarida ishtirok etish bilan milliy ishlab chiqarish uchun qulay sharoit yaratish;
ikkinchidan, jahonda sodir bo‘layotgan iqtisodiy, siyosiy noxush hodisalar salbiy oqibatlarining milliy iqtisodiyotga ta’sirini kamaytirishga erishish. Alohida ta’kidlash joizki, ochiq iqtisodiyot sharoitida tashqi tahdidlar ta’sirini butunlay yo‘q qilish, unga barham berish mumkin emas.
Iqtisodiy xavfsizlikka tahdid soluvchi tashqi omillarga quyidagilar kiradi:

  • eksport tarkibida xom ashyo tovarlarining ustuvorligi, an’anaviy mashinasozlik va harbiy sanoat tovarlari bozorlarining yo‘qotilishi;

  • mamlakatning ko‘p turdagi mahsulotlar, shu jumladan, strategik ahamiyatdagi oziq-ovqat mahsulotlari importiga qaramligi, bog‘liqligi va boshqalar.



  1. Mamlakat iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish va xavfsizligini ta’minlash

Mamlakat iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish va uning xavfsizligini ta’minlashda davlat markaziy o‘rin egallaydi.
Mamlakatda “xufiyona iqtisodiyot” darajasining yuqoriligi poraxo‘rlik darajasining ham yuqori darajada bo‘lishiga zamin yaratadi. Umuman, xufiyona iqtisodiyotning ma’lum bir davlat misolida qanchalik darajada rivojlanganligini aniq belgilab bo‘lmaydi. Ushbu hodisaning mavjudligi natijasida yuzaga keluvchi bir qator omillar uning taxminiy darajasini mutaxassislar ishtirokida jahon mamlakatlarida mavjud bo‘lgan “xufiyona iqtisodiyot”ning ulushini aniqlaydi.davlatning mikro va makro darajada iqtisodiy tartiblash ko’lamlarini o’z ichiga oladigan tik hamda strategic qarorlarni asoslash, qabul qilish uchun dastaklar bilanta’minlash;iqtisodiy va ma’muriy dastak, vosita hamda usullar yordamida iqtisodiy strategiya va joriy dasturlarni amalgam oshirish, erishilgan natijalarni tahlil qilish va baholash, mavjud sharoitlarga mos ravishda ko’rilayotgan chora-tadbirlarga tuzatishlar kiritish;boshqa mamlakatlar bilan o’zaro aloqalar tizimida himoyalanishni rag’batlantirish rejimlarini ko’zda tutadigan qonunlar va me’yoriy hujjatlarni hayotga tatbiq etish orqali mamlakatning iqtisodiy suverenitetini huquqiy va siyosiy jihatdan himoyalashni ta’minlash;iqtisodiyotni yuzaga keladigan muammoli vaziyatlarni tezlikda hal qilish uchun davlat boshqaruvi organlari hamda mansabdor shaxslarning huquqlari, vazifalari mas’uliyatini oqilona taqsimlash va ularning o’zaro bir o’lchamdagi faoliyatini uyg’unlashtirish.
Mamlakat iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish va uning
xavfsizligini ta’minlashdagi davlatning vazifalari
Milliy iqtisodiy tizimi ushbu ko‘rsatkichdan yuqori bo‘lgan mamlakatlar o‘zini juda og‘ir holatga tushgan, deb hisoblashi lozim. Jahon amaliyoti tahliliga ko‘ra, yashirin iqtisodiyotning hajmi va dinamikasini quyidagi omillar belgilaydi:

  • soliq solishning og‘irligi;

-olinadigan daromad miqdori;

  • ish vaqtining uzunligi;

-ishsizlik miqyosi;
-davlat sektorining roli.
Mutaxassislarning fikricha, soliq va ijtimoiy tolovlarning YAIM ga bolgan nisbati 33foiz bolsa, bu yashirin iqtisodiyot kopayishining keskin nuqtasi hisoblanadi.
Shuningdek, Dunyodagi deyarli barcha mamlakatlar iqtisodiy siyosatni amalga oshirish mexanizmlaridan biri sifatida davlat qarzlaridan foydalanadilar, chunki ularning aksariyatida defitsit (taqchil) byudjetga ega boladilar va ichki investitsiyalar uchun, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar qilish, shuningdek tashqi qarzlar boyicha majburiyatlarini bajarish uchun oz mablaglari etishmaydi.
Davlat qarzi haqidagi ilmiy tasavvurlar kop jihatdan J. M. Keyns talimoti bilan bogliq. U byudjet taqchilligi, davlat xarajatlari, umumiy talab, xususiy jamgarmalar va ishsizlik ortasidagi ozaro aloqadorlikni organib defitsitli (taqchil) moliyalashtirish siyosatini amalga oshirishni taklif qilgan. Keyns davlat qarzining ikki tomonlama tabiatidan kelib chiqqan. Bir tomondan, davlat qarzi iqtisodiyotga qoshimcha yuk bolib tushadi, chunki qarzni qaytarish uchun mamlakat yo soliq yukini oshirishi, yo byudjetning xarajat qismini kamaytirishiga togri keladi. Boshqa tomondan, davlat qarzi mamlakat ichida tovar va xizmatlarga talabni oshiradi, bu bilan iqtisodiy osishga yordam beradi, yani u iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning samarali vositasi hisoblanadi.

Davlat qarzi mamlakatning iqtisodiy xavfsizligiga ham xuddi shunday tasir korsatadi: bir tomondan, u iqtisodiy tahdid hisoblanadi,
boshqa tomondan - aksincha, jamiyat va insonning xavfsizligini ta’minlashga ko‘maklashadi.
Binobarin, davlat qarzi inson shaxsining turmush darajasi, sifati va rivojlanishi hamda iqtisodiy o‘sishga ham barqarorlashtiruvchi, ham beqarorlashtiruvchi ta’sir ko‘rsatadi.
Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash uchun milliy iqtisodiyotning jahon hamjamiyati bilan takror ishlab chiqarish jarayonlariga to‘sqinlik qilmaydigan hamda tahdidlar xavfini keskin kamaytirishga imkoniyat beradigan o‘zaro uyg’unlashish sharoitlarini yaratishga intiladi.
Mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash uchun asosiy mahsulotlar bo‘yicha importga bog’liqlikka barham berish, tayyor mahsulotlarni eksport qilishni kuchaytirish lozim. Buning uchun mamlakat iqtisodiyoti tarkibiy tuzilishini tubdan o‘zgartirish, xom ashyo, oraliq mahsulotlar ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan iqtisodiyotni, mahsulotlarni eksport qilishga yo‘naltirilgan mahsulotga aylantirish maqsadga muvofiqdir. Shundagina mamlakatning iqtisodiy ahvoli jahon bozorlaridagi konyuktura o‘zgarishlariga, resurs baholarining o‘zgarishiga bog’liq bo‘lmaydi. Shu boisdan, mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan davlat strategiyasi iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o‘zgartirishlar qilishga, sanoat, moliya va bank tizimini mustahkamlashga qaratiladi. Buning uchun, texnologik jihatdan orqada qolishga barham berish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish lozim bo‘ladi.


  1. Download 1.01 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling