Mavzu: Mamuriy hujjatlarni asosiy vazifasi va tayyorlanish bosqichlari


Vertikal ma'muriy-huquqiy munosabatlar


Download 21.62 Kb.
bet4/5
Sana10.02.2023
Hajmi21.62 Kb.
#1187205
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mamuriy hujjatlarni asosiy vazifasi va tayyorlanish bosqichlari

Vertikal ma'muriy-huquqiy munosabatlar – ma'muriy-huquqiy tartibga solishning mohiyatini ifoda etib, davlat boshqaruvi faoliyatiga xos bo`lgan boshqaruv subyekti va obyekti o`rtasidagi subordinatsiyaviy aloqalarni anglatadi. Vertikal ma'muriy-huquqiy munosabatlar aynan hokimiyat munosabatlaridir. Mazkur munosabatlar bo`ysinuv mavjud bo`lgan tomonlar o`rtasida vujudga keladi hamda fuqarolik-huquqiy munosabatlardan farq qilgan holda, ularda tomonlarning tengligi mavjud emas. Vertikallik deganda – bir tomonda yuridik-hokimiyat vakolatlari mavjudligini, ikkinchi tomonda esa bunday vakolatlarning mavjud emasligini (masalan, fuqarolar) yoki vakolat doirasi torroq ekanligi (masalan, quyi turuvchi organ) tushunish lozim. Aynan vertikal ma'muriy-huquqiy munosabatlarda boshqaruv subyektining u yoki bu obyektga bevosita boshqaruv ta'siri amalga oshiriladi.

Davlat boshqaruvi sohasidagi ma'muriy-huquqiy munosabatlarning vertikalligini anglatuvchi quyidagi xususiyatlarni ko`rsatib o`tishimiz mumkin:




  • vertikal munosabatlarning asosiy (bosh) ko`rsatkichi hisoblangan – “tomonlar tengsizligi”ning mavjudligi; boshqaruv subyektida yuridik-hokimiyat vakolatlarining mavjudligi;


  • tomonlarning tengsizligi bir tomoning (boshqaruv obyekti) ikkinchi tomonga (boshqaruv subyekti) bo`ysinishi, ya'ni “hokimiyat - bo`ysinuv”ga asoslanishi;


  • ma'muriy-huquqiy munosabatlarda bo`ysinuv hamma vaqt ham aniq namoyon bo`lmaydi. Masalan, fuqaro yoki nodavlat tashkiloti boshqaruv subyektiga (ijro hikimiyatiga) tashkiliy jihatdan bo`ysinmagan yoxud ijro hokimiyati organlarining hammasi ham to`g`ridan-to`g`ri bo`ysinuvga ega emas. Lekin mazkur hollarda ham tomonlarning tengsizligi yaqqol namoyon bo`ladi;


  • davlat boshqaruvi sohasida bo`ysinuv to`g`risida gapirganda, birinchi navbatda tashkiliy jihatdan bo`ysinuvni nazarda tutish lozim;


  • vertikal xususiyatdagi aksariyat ma'muriy-huquqiy munosabatlar bo`ysinuv mavjud bo`lmagan tomonlar o`rtasida ham vujudga kelishi mumkin. Lekin bu holda ham, bir tomon o`z vakolati doirasida o`ziga bo`ysinmagan ikkinchi tomon uchun majburiy bo`lgan huquqiy aktni qabul qilishi mumkin;


  • davlat boshqaruvi sohasida kontrol-nazorat faoliyati keng doirada amalga oshirilib, uning subyektlari sifatida ijro hokimiyati organlari (mansabdor shaxslar)ning o`zi namoyon bo`ladi. Masalan, maxsus tashkil etiladigan davlat organlari tomonidan amalga oshiriladigan ma'muriy nazorat yuridik-hokimiyat xususiyatiga ega bo`lib, tashkiliy jihatdan bo`ysinmagan boshqaruv obyektlariga nisbatan amalga oshiriladi;


  • ma'muriy-huquqiy normalarda ko`rsatib o`tilgan talablar doirasida boshqaruv subyektlari ularga bo`ysinmagan shaxslarga (fuqarolarga, nodavlat tuzilmalariga) o`zlarining yuridik-hokimiyat irodasini ifoda etishi mumkin va h.k.lar.


Demak, vertikal ma'muriy-huquqiy munosabatlar turli ko`rinishlarga ega bo`lib, to`g`ridan-to`g`ri boshqaruv ta'sirini amalga oshirish hamda bir tomon yuridik-hokimiyat irodasining ustunligi bilan ifodalanadi.




Download 21.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling