Mavzu: Ma‘naviy barkamol inson tushunchasi, uning sharqona ta'rifi Reja: kirish barkamol inson tushunchasi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori


Download 37.19 Kb.
bet3/4
Sana23.02.2023
Hajmi37.19 Kb.
#1225840
1   2   3   4
Bog'liq
barkamol avlod

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
Mamlakatimizda barkamol avlodni shakllantirish, yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismonan sog‘lom etib tarbiyalash, ularni olib borilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirishga qaratilgan chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.

Jumladan, maktabgacha ta’limning zamonaviy tizimi, 11 yillik umumiy o‘rta ta’lim joriy qilinmoqda, zamonaviy oliy ta’lim muassasalari hamda nufuzli xorijiy universitetlarning filiallari tashkil etilmoqda.

Yoshlarning bandligini ta’minlash va ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish bo‘yicha ishlarni mutlaqo yangi tizim asosida tashkil etish va amalga oshirish maqsadida “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi qabul qilindi.

Yoshlar bilan doimiy muloqot qilish mazkur sohadagi dolzarb muammolarni aniqlash va hal etishda davlat organlari va jamoat tashkilotlari faoliyatining ajralmas qismiga aylanib bormoqda.

Shu bilan birga, amalga oshirilgan ishlarning tahlili bu borada ayrim muammolar saqlanib qolayotganligini ko‘rsatmoqda. Xususan:

birinchidan, yosh avlod ongiga Vatanga sodiqlik va uning taqdiri uchun daxldorlik hissini singdirishga, ularda yot g‘oya va qarashlarning salbiy ta’siriga nisbatan mafkuraviy immunitetni shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar yetarli darajada samara bermayapti;

ikkinchidan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni mustahkamlash, shuningdek, ekstremizm, terrorizm va boshqa buzg‘unchi g‘oyalarga nisbatan murosasizlikni shakllantirish yuzasidan davlat organlari va jamoat tashkilotlarining faoliyati hamon talab darajasida emas;

uchinchidan, o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish uchun zarur bo‘lgan madaniy-ko‘ngilochar obyektlar, maktabdan tashqari ta’lim muassasalari, shu jumladan, joylarda turli ijodiy va ta’lim to‘garaklari, sport seksiyalarining yetishmasligi bolalarning sog‘lom ruhda tarbiyalanishiga va to‘g‘ri hayot yo‘lini tanlashiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda;
to‘rtinchidan, o‘qituvchi va murabbiylarning ijtimoiy mavqei va nufuzi pasayib ketganligi, ularni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish tizimi bugungi kun talabiga mutlaqo javob bermasligi yosh avlodni o‘qitish va tarbiyalash hamda mustaqil dunyoqarashini shakllantirish borasida jiddiy muammolarni keltirib chiqarmoqda;

beshinchidan, yoshlarning oliy ta’lim muassasalariga qamrab olinish darajasi pastligi, yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorlik yetarlicha yo‘lga qo‘yilmaganligi malakali kadrlarning yetishmasligiga va olib borilayotgan islohotlardan ko‘zlangan maqsadga to‘liq erishilmasligiga sabab bo‘lmoqda;

oltinchidan, sohada qonun buzilishi holatlarining saqlanib qolayotganligi, shu jumladan, yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga ajratilayotgan mablag‘larning maqsadli sarflanishida nazoratning yetarli darajada emasligi tizimli muammolarni yuzaga chiqarmoqda.

Qayd etilgan muammolarni bartaraf etish, yosh avlodni tarbiyalash borasidagi ishlarni yanada takomillashtirish, ta’lim-tarbiya sifatini mazmun jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, o‘qituvchilik kasbining nufuzini oshirish maqsadida, shuningdek, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq:

1. Quyidagi ustuvor yo‘nalishlarni nazarda tutuvchi Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi (keyingi o‘rinlarda Dastur deb yuritiladi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

yuksak ma’naviyatli, qat’iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarashga ega bo‘lgan fidoyi va vatanparvar yoshlarni tarbiyalash;

yoshlarni yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik ruhida tarbiyalash;

pedagog xodimlarning qadr-qimmati va nufuzini oshirish, ularning moddiy-ma’naviy va ijtimoiy himoyasini kuchaytirish;

yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida huquqbuzarliklar va jinoyatlar sodir etilishining oldini olish;

yoshlar jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish;

O‘quvchi-yoshlarni ijtimoiy muhofaza qilish, ijtimoiy ehtiyojmand oilalar farzandlarini moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash.

Belgilansinki, vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning rahbarlari Dasturning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarilishi uchun shaxsan mas’ul hisoblanadi.

2. Yoshlar masalalari bo‘yicha respublika idoralararo kengashi (A.N.Aripov):

vazirlik va idoralarning mutaxassislari, fuqarolik jamiyati institutlari vakillarini jalb etgan holda Dasturning amalga oshirilishi bo‘yicha ishchi guruhlarni tashkil etsin, ularning samarali ishlashini ta’minlasin;

Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini tahlil qilib borsin;

ta’lim-tarbiya sohasida qonun buzilishi holatlarining sabab va shart-sharoitlarini o‘rganish hamda ularni bartaraf etish, joylarda yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga ajratilayotgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni o‘rganish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilasin.

3. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari xodimlarining bazaviy tarif stavkalari:

a) 2018 yil 1 sentyabrdan:

boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun 1,1 baravarga;

yuqori sinf o‘qituvchilari uchun o‘rtacha 1,24 baravargacha;

direktor, uning o‘rinbosarlari va axborot-resurs markazi (kutubxona) mudirlari va kutubxonachilari uchun 1,1 baravarga oshirilsin.

b) 2019 yil 1 yanvardan:

oliy toifali o‘qituvchilar uchun 1,25 baravarga;

birinchi toifali o‘qituvchilar uchun 1,2 baravarga;

ikkinchi toifali o‘qituvchilar uchun 1,15 baravarga;

mutaxassis o‘qituvchilar uchun 1,1 baravarga;

direktor, uning o‘rinbosarlari, axborot-resurs markazi (kutubxona) mudirlari va kutubxonachilari uchun 1,1 baravarga oshirilsin.

4. Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida, ulardagi o‘quvchilar sonidan kelib chiqib, 2018 yil 1 sentyabrdan boshlab psixolog shtat birligi quyidagicha belgilansin:

250 nafargacha – 1 shtat birligida;

250 nafardan 800 nafargacha – 1,5 shtat birligida;

800 nafardan 1600 nafargacha – 2 shtat birligida;

1600 nafardan 3000 nafargacha – 2,5 shtat birligida;

3000 nafar va undan ortiq – 3 shtat birligida.

Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida oliy ma’lumotli psixologlar uchun bazaviy tarif stavkalar 2018 yil 1 sentyabrdan ushbu muassasa mutaxassis o‘qituvchilar bazaviy tarif stavkalarining 90 foiziga tenglashtirilsin, 2019 yil 1 yanvardan esa 1,1 baravarga oshirilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2018 yil 1 noyabrga qadar muddatda o‘quvchilarni psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlash ishlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha hukumat qarorini qabul qilsin.

5. Umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchilarining dars va to‘garak mashg‘ulotlarini tashkil etish hamda sinf jurnalini yuritishdan tashqari boshqa pedagogik yuklamalar bo‘yicha hisobotlar va qo‘shimcha ma’lumotlarni talab qilish qat’iyan taqiqlansin.


Yuksak ma’naviyatning yetakchi, asosiy tarkibiy qismlaridan biri bu – vatanparvarlikdir. Shu bois vatanparvarlik tushunchasiga turli tomondan yondashadilar va talqin qiladilar. Bizningcha, vatanparvarlik deganda, insonning o’z ona yurtini qadrlab shu ona yurt uchun, uning qanday sohasi bo’lmasin o’z kuchi va g’ayratini ayamasdan sarflashidir. Bu ta’rifda vatanparvarlikning barcha qirralari qamrab olinmasa ham, ammo vatanni qadrlash so’zining o’ziga keng ma’noda yondashilsa ta’rif to’g’ri tushuniladi.

Vatanparvarlik tushunchasini yanada kengroq tushunish uchun Furqat, Fitrat, Abdulla Qodiriy, Cho’lpon, Abdulla Avloniy, Usmon Nosir, Hamid Olimjon, G’afur G’ulom, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov asarlarini mukammal o’rganish lozimdir.

Vatanparvarlik insonning qon-qoniga singgan bo’lishi lozim. Shu o’rinda I.A.Karimovning: “Yurtga, Vatanga muhabbat, insonparvarlik tuyg’ulari xalqimizning qon-qoniga singib ketgan azaliy xususiyatdir. Ana shu noyob azaliy fazilatlarni asrab-avaylash va yanada takomillashtirish farzandlarimizni ozod va demokratik O’zbekistonning munosib o’g’il-qizlari etib tarbiyalash masalasi ma’naviyat sohasidagi ishlarimizning asosiy yo’nalishini tashkil etmog’i kerak”, -degan so’zlari o’rinlidir. Har bir insonning o’z vatani bo’lgandagina u haqiqiy vatanparvar bo’la oladi. Vatanparvarlik, o’zi tug’ilib o’sgan yurtini, yerini, elinie’zozlash, uning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy, ma’naviy taraqqiyoti haqida qayg’urish, g’amxo’rlik qilish, taraqqiyotga o’zining munosib hissasini qo’shish, o’z davlati, mamlakatining mustaqilligini saqlash uchun jon kuydirishi va kerak bo’lganda unga o’z hayotini bag’ishlashidir.

Vatanparvarlik Vatan so’zi bilan chambarchas bog’langan bo’lib, Vatan, ana shu vatanparvarlikni paydo qiladi. Vatan so’zi arabcha so’z bo’lib, “ona yurt” ma’nosini bildiradi. Bu tushunchani ikki-keng va tor ma’nolarda tushunish mumkin. Kishi tug’ilib o’sgan uy, mahalla, qishloq nazarda tutilsa, bu tor ma’noda tushunishdir. Agar, bir xalq vakillari doimiy holda yashagan, ularning ajdodlari azal-azaldan istiqomat qilgan hudud nazarda tutilsa, uni keng ma’noda tushuniladi.

Vatanparvar bo’lish bu – vatanni sevish, xalqiga munosib ish qilish, o’z vatanituprog’ini e’zozlash, qadriga yetish demakdir. Sababi, Vatan har bir shaxsning o’tmishi va buguni, kelajagidir.

O’z Vatani va millati oldidagi burchini anglab yetish har bir shaxsning oliy maqsadi bo’lishi zarur. Avvalo, shu shaxs o’z Vatanining bir bo’lagi ekanini his etishi, bu bilan faxrlanishi lozim. Vatanda kamol topganligini unutmasligi, o’z o’rnida aynan Vatan undan mehr va oqibat kutajagini esda saqlashi tabiiy holda bo’lishi kerak. Shunday qilingandagina shaxs baxt-saodatga erishishi mumkin.


Xulosa
Mustaqillikka erishilgandan so’ng Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda barcha sohalarni qamrab olgan holda keng islohotlar amalga oshirildi hamda bu ishlar hozirgi davrda yangi bosqich va keng ko’lamda yanada izchil davom ettirilmoqda. U hoh davlat boshqaruv tuzilmasi bo’lsin, hoh sog’liqni saqlash, sport, ta’lim — qo’yingki, barcha jabhalarda ijobiy natijasini bermoqda. Ta’kidlash joiz, bugungi globallashuv davrida, dunyoda mafkuraviy kurash avj olgan sharoitda doimo ogoh, sezgir va ma’naviy uyg’oq bo’lib yashashimiz, eng katta boyligimiz bo’lmish yurtimizdagi millatlararo ahillik, o’zaro mehr-oqibat hamda hamjihatlik muhitini ko’z qorachig’idek asrash va mustahkamlash yo’lida olib borilayotgan ishlarimizning ma’no-mazmunini tushunib etishimiz lozim.O’sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik va millatparvarlik ruhida tarbiyalash dolzarb vazifadir. Bu esa oilada va o’quv dargohlarida ta’lim hamda tarbiyaga e’tiborni kuchaytirishni taqozo etadi.Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan mazkur soha echimiga qaratilgan qator qonun hujjatlari imzolanib, farmon, qaror va farmoyishlar qabul qilinmoqda. Bular yurtimizda ma’nan etuk, dunyoqa¬rashi teran, mustaqil fikrlovchi, e’tiqodi mustahkam, siyosiy-ma’naviy saviyasi hozirgi davr talablariga to’la javob beradigan barkamol avlodni kamol toptirishga hizmat qilmoqda.Inson mohiyati moddiyat va ma’naviyatning tutashuvida namoyon bo’ladi. Har bir shahs, har bir ijtimoiy guruh yoki toifa, har bir elat, millat va mintaqa halqlari o’z tabiati bilan yaratilgan. Zero, ma’naviyat va uni anglash masalalariga oqilona, konkret sharoitni hisobga olib yondashish — komil insonni tarbiyalashning yangi yo’llarini ochishda muhim ahamiyatga ega. Bedil aytganidek, me’mor dastlabki g’ishtni to’g’ri qo’ymasa, binoning boshi yulduzlarga etsa ham, u qiyshiq bo’lib qolaveradi. Shunday ekan, jamiyatda inson o’rni uning moddiy boyliklari bilan emas, balki yuksak ma’naviy qiyofasi bilan belgilanadi. Binobarin, ma’naviyat — ajdodlarni avlodlarga, tarihni bugunga, bugunni kelajakka bog’lovchi ko’prik. U ota-bobolarimizdan meros jamiki noyob fazilatlar, qadriyatlar va an’analarning majmui, qolaversa, ular to’plagan tarihiy-ijtimoiy tajriba va barcha qarashlarni o’zida mujassam etadi."O’zbekiston yoshlar ittifoqi,—deb ta’kidladi davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev "Kamolot" YoIH IV qurultoyidagi nutqida,—jahon madaniyati rivojiga beqiyos hissa qo’shgan buyuk ajdodlarimiz merosiga hurmat, unga munosib bo’lish tuyg’usini shakllantirish, bu bebaho boylikni chuqur o’rganish va keng targ’ib etishga qaratilgan mazmundor, ta’sirchan loyihalarni amalga oshirishda tashabbus ko’rsatishi nur ustiga nur bo’lur edi".Darhaqiqat, jahonga mashhur ajdodlarimiz — buyuk davlat arboblari, sarkarda Amir Temur, Bobur Mirzo, Mirzo Ulug’bek, Jaloliddin Manguberdi nafaqat mardlik, adolatparvarlik, insonparvarlik, ilm-fan bobida o’rnak bo’lganlar, balki o’z askarlari, bo’lajak el-yurt himoyachilari tarbiyasiga ham alohida e’tibor qaratganlar. Horazmiy, Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Forobiy, Alisher Navoiy, Furqat singari bashariyat sivilizasiyasi va uning porloq kelajagiga beqiyos, katta hissa qo’shgan buyuk mutafakkir ajdodlarimiz hamda din ilmida olamga dong taratgan Imom Buhoriy, Bahouddin Naqshband, Yassaviy kabi ulamolarimiz yoshlarga ma’naviy va jismoniy kamolot bo’yicha saboq berganlar.Yaqin o’tmishimizda yashab o’tgan mutafakkir ma’rifatchilardan Abdulla Qodiriy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Cho’lpon, Mahmud Behbudiy, Usmon Nosir va boshqa ko’pgina buyuk adiblarimizning asarlari yoshlar hayoti va tarbiyasi bilan chambarchas bog’liqdir.

Download 37.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling