Mavzu: “Ma’naviyat qo’rg’oni”


Download 43 Kb.
Sana13.12.2022
Hajmi43 Kb.
#1000802
Bog'liq
dars ishlanma


Mavzu: “Ma’naviyat qo’rg’oni”.
Sinf: 9
Fan: Milliy istiqlol g’oyasi va ma’naviyat asoslari.
Darsning maqsadi: Ta’limiy maqsad: O’quvchilar ongiga millatga, san’atga va eng asosiy tarixiy xotira tushunchalarini chuqur singdirish.
Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarda tinchlik, millatlararo hamkorlik, hamjihatlik, teng huquqlilik haqidagi tushunchalarni shakllantirish.
Rivojlantiruvchi maqsad: Fikrlash doirasi, o’z fikrini himoya va bayon qila olish qobiliyatini o’stirish.
Das turi: aralash
Dars metodi: Interfaol
Dars jihozi: Darslik, slayd darslari, “Yuksak ma’naviyat –yengilmas kuch”.
Dasrning rejasi.

1

Tashkiliy qism

3

2

O’tgan mavzuni mustahkamlash

7

3

Yangi mavzu

20

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

10

5

O’quvchilarni baholash

2

6

Uyga vazifa

3



Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism

    1. Salomlashish

    2. Navbatchi bayoni

    3. Yangiliklar

    4. Guruhlarga bo’lish

II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash.
Milliy va umumbashariy qadriyatlar uyg’unligi.
1-guruh. Dunyoda o’ziga xos qadriyatlari bo’lmagan xalq yo’q. Milliy qadriyatlar ular maxsus bo’lgan xalqning tarixi yashash tarzi, tili urf-odatlar, ma’naviyati hamda madaniyati bilan uzviy bog’liq holda nomoyon bo’ladi.
2-guruh. Bizning milliy g’oyamiz an’ana va qadriyatlarimizni o’zida aks ettiradi, rivojlanib takomillashib brogan tizim sifatida, hayot taqazosiga ko’ra, ularni boyitish va rivojlantirishga xizmat qiladi.
3-guruh. Buyuk ajdodlarimizning hayoti va ijodiy faoliyati ana shunday insonparvarlik ruhi bilan yog’rilgani uchun ularning nomi, yozgan asarlari tomonidan o’rganib kelinmoqda. Shuning uchun xalqimiz o’zining noyob madaniy merosi, milliy an’ana va qadriyatlarni bilan umum-bashariy qadriyatlar rivojiga ulkan hissa qo’shgan, deb faxr bilan aytishga har tomonlama halqimiz.
Masalan Belgiyada 26n sino, Litvada Mirzo Ulug’bek, Rossiya poytaxti Moskva, Yaponiya poytaxti Tokio, Ozorboyjon poytaxtii Boku shaharlarida A.Navoiy, Misr poytaxti Qohirada esa Ahmad Farg’oniyning haykallari o’rnatilgani bunga yaqqol misol bo’la oladi.

  1. Yangi mavzu:

1-guruh. Yurtboshimizning “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” asaridagi “oiladagi ma’naviy iqlim” degan iboraga alohida diqqatingizni tortmoqchimiz chunki bu, ibora inson ruhiyatining qalbining to’g’ri shakllanishida o’ta muhim rol o’ynaydigan muhitda anglatadi barkamol avlod tarbiyasida oila muhiti nihoyatda katta o’rin tutishini inobatga olib mazkur masalaga yurtdoshlarimiz diqqatini alohida jalb etadi: “Oilaviy tarbiya masalasida xatoga yo’l qo’ymaslik uchun avvalo har qaysi xonadondagi ma’naviy iqlimni o’zaro hurmat, axloq odob, insoniy munosabatlar asosida qurish ayni muddao bo’lar edi”.
2-guruh. Yuqorida 1-guruh takidlaganidek oiladagi sog’lom ma’naviy iqlim xuddi shu tarbiyani o’zida mujassam etadi.
O’zbek oilalarida farzand ko’rish bilan bog’liq qator marosimlar, rasm-rusumlar mavjud bo’lib, ularning har biri yaxshi niyatlar bilan ado etiladi. Jumladan chaqaloqqa munosib ism qo’yish, uni bir necha marta cho’miltirish , beshikka belash, soch, tirnoq olish, tish chiqishi, yoshga to’lishi, o’g’il bolalarni xatna qilish, birinchi muchal munosabati bilan bog’liq oilaviy tantanalarning o’tkazilishida ramziy ma’nolar bor. Bunday marosim rasm-rusumlar bola va unuing atrofidagilar quvonchiga quvonch qo’shadi, farzandning ma’naviy kamolotiga o’zining qanday millatga tegishli ekanini anglashiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Alla o’zbek xalqining qadimiy muhim tarbiyaviy va ruhiy ta’sir ko’rsatuvchi qo’shig’I hisoblanadi.
3-guruh Bola oilada oladigan tarbiyaning keyinchalik uning xarakteriga, hatto taqdiriga ko’rsatadigan ta’siri to’g’risida mulohaza yuritar ekan. Yurtboshimiz quyidagilarni ta’kidlaydi. “Taasufki, ba’zi ota-onalar o’z farzandining qiziqishi va intilishlariga, uning ong-u tafakkurida har kuni yangi –yangi savollar paydo bo’layotganiga ahamiyat bermaydi. Boz ustiga, agar ota oilaga o’zini tutishini bilmasa ahloq odob bobida farzandlariga o’rnak bo’lish o’rniga qo’pol muomila qiladigan bo’lsa bu holat, tabiyki bola ma’naviy olamning shakllanishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi, vaqti-soati kelib, uning xarakterida inson degan nomiga noloyiq, xunuk bir odat sifatida nomoyon bo’ladi”.
O’qituvchi – Yurt boshimiz, ma’naviy sog’lom oila muhitida tarbiyalangan farzandlarimizni el-u yurtning umid-ishonchi, suyanadigan tog’I deb hisoblaydi: “Baxt-u saodat faqat boylik mol-u mulk bilan belgilanmaydi. Odobli, bilimdon va aqilli, mehnatsevar, iymon e’tiqodli farzand nafaqat ota-onaning balki butun jamiyatning eng katta boyligidir” demak, shaxsning kelajagi oiladagi muhitga, unda tarbiyaning ahamiyati katta.
IV Mustahkamlash



  1. Ta’lim tarbiyaning uyg’unligiga yurtboshimiz qanday ta’rif bergan?

Javob: “Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo’lmaydi. Bun sharqona qarash, Sharqona hayot falsafasi” deb ta’kidlagan yurtboshimiz.

  1. Ma’naviy va moddiy hayot uyg’unligi?

Javob: Prizidentimiz ma’naviy va moddiy hayotning o’zaro chambar-chars bog’liq jihatlarini izohlar ekan quyidagi muhim mulohazalarni bildiradi.
“Bu ko’hna dunyo, biz yashayotgan hayot yagona yaxlit bir voqealikdir shunday ekan, moddiy ehtiyojlarni insonning ruhiy olamiga qarama qarshi quyish ularning birini ustun deb bilgan holda tiriklikning asosiy maqsadi sifatida qabul qilish qandaydir bir yoqlama qarash ifodasi, deb aytsak xato bo’lmaydi, ”
Download 43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling