Taraqqiyotning o‘zbek modeli - 1. Iqtisodiyot siyosatdan ustun va mafkuradan xoli bo‘lishi.
- 2. Davlat asosiy islohotchi bo‘lishi.
- 3. Qonun ustuvorligi, ya’ni qonun va qonunlarga rioya qilishning har narsadan ustunligi.
- 4. Kuchli ijtimoiy siyosat.
- 5. Bozor munosabatlariga o‘tish bosqichma-bosqich amalga oshirilishi.
Iqtisodiyot siyosatdan ustun va mafkuradan xoli bo‘lishi. - Garchi iqtisodiyot siyosat va mafkura bilan bog‘liq bo‘lsa-da, siyosiy manfaatlarga mutlaq bo‘ysundirilganda, u barbod bo‘ladi. Buni sho‘rolar misolida ko‘rsatishimiz mumkin. Na siyosat, na mafkura iqtisodiyotni mutlaq nazorat qilishi, unga tazyiq o‘tkazish darajasiga ko‘tarilmasligi kerak. Ham ichki, ham tashqi iqtisodiy munosabatlar har qanday mafkuradan xoli bo‘lishi lozim. Bozorning qoidasi shunday: kimning mahsuloti yaxshiroq va arzonroq bo‘lsa, o‘sha mahsulotga hammadan ko‘ra ko‘proq talab bo‘ladi. Bu yerda hech qanday siyosat yoki mafkura o‘z ta’sirini o‘tkazmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |