- Ayniyat lotincha «Zex identitatis» so‘zidan olingan bo‘lib, aynan, o‘xshash ma’nolarni beradi. Ayniyat qonuni moddiy olamning muhim tomoni, xususiyatini ifodalaydi.
- Ayniyat qonuni narsa va hodisalardagi o‘xshashlik, umumiy tomonlarning fikrdagi ifodasiga tayanadi.
- Ayniyat narsa va hodisalarning ma’lum munosabatda o‘xshashligini, tengligini ifodalaydi. Masalan: (A)«Toshkent» «O‘zbekistonning poytaxti» (B) tushunchalarini olaylik. Bu har ikki (A) va (B) tushuncha bir ma’noni ifodalayapti, bu tushunchalar ayniyat qonuniga bo‘ysunadi.
Ziddiyatsizlik qonuni. - Ziddiyatsizlik qonuni haqidagi dastlabki ma’lumotni Platonning «Evtidem» nomli dialogida uchratamiz.
- Ziddiyatsizlik lotincha «Zex contradictions» so‘zidan olingan. Tafakkurning bu qonunini predmet va hodisalarga xos bo‘lgan tomonlarining o‘xshashligi, tafovuti va o‘zaro bog‘lanishlarining inson ongidagi in’ikosi sifatida baholamoq lozim.
Ziddiyatsizlik qonuni. - Bu qonunga muvofiq ayni bir narsa haqida, ayni bir vaqtning o‘zida, ayni bir nisbatda aytilgan ikki qarama-qarshi fikr birdaniga chin bo‘lishi mumkin emas: ulardan birining chinligi ikkinchisining hatoligini keltirib chiqaradi.
- Masalan: A-V dir va A-V emasdir degan ikki fikr bir vaqtning o‘zida chin bo‘lish mumkin emas. Muhokamada ziddiyatlar turli ko‘rinishlarda uchrashi mumkin. Masalan, agar yakka tasdiq ma’nosida «S-R dir» mushohadasi chin bo‘lsa, uning inkori «S-R emasdir» xato hisoblanadi.
Ziddiyatsizlik qonuni. - Bir vaqtning o‘zida, bir nisbatda chin bo‘lishi mumkin bo‘lmagan fikrlar mantiqda quyidagi formulalar yordamida ifodalanadi:
- S - R dir va S - R emasdir.
- Xech bir S - R emasdir va har bir S - R dir.
- Xamma S - R dir va ba’zi S - R emasdir.
- Xech bir S - R emasdir va ba’zi S - R dir.
Ziddiyatsizlik qonuni. - Ziddiyatsizlik tafakkurning barcha ko‘rinishlarida (tushuncha, muhokama, xulosa), fanlar mazmunida o‘z ifodasini topadi.
- Masalan: organik va noorganik olam, musbat va manfiy zaryad, o‘tkir, o‘tmas va to‘g‘ri burchak, unli va undosh tovush, to‘g‘ri va egri chiziq, unitar va federativ davlat, totalitarizm va demoktarizm kabilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |