Sistemani ishga tushirish
Dasturni ishga tushirish uchun sichqoncha koʻrsatkichini Пуск tugmachasi
ustiga joylashtiramiz. Hosil boʻlgan masalalar panelidan Программы boʻlimi va
undan keyin esa Maple yorli gʻi tanlanadi:
Пуск → Программы → Maple → Maple .
Bundan tashqari ishchi stolida joylashgan Maple yorligi orkali ham uni
ishga tushirish mumkin.
Ekranda sistema oynasi hosil boʻladi:
Windows ning barcha ilovalari kabi u quyidagi elementlardan iborat:
- Sarlavhalar satri
- bosh menyu satri
- instrumentlarning bosh paneli
- vositalarning xos paneli, uning koʻrinishi Maple 7 bilan ishlash rejimiga bo gʻliq
- hujjatlarni kiritish va muharrirlash oynasi: holat satri.
Maple muhiti menyusi
Maple 7 muhitining bosh menyusi boshqarishning toʻla imkoniyatini yaratadi.
U sarlavhalar satridan keyin gorizontal holatda joylashgan. Menyu sistemaning
foydalanuvchi interfeysi bilan asosiy amallarni bajarish imkonini beradi. Dastur ishga tushirilgandan keyin quyidagi menyu hosil boʻladi:
File – fayllar bilan ishlash va hujjatni chop etish
Edit – hujjatni tahrirlash buyruqlari va almashtirishlar buferi bilan ishlash.
View – foydalanuvchi interfeysi koʻrinishini boshqarish.
Insert – oʻrnatish amallari.
Format – formatlarni berish operasiyalari.
Spreadsheet - jadvallarni berish amallari.
Options – parametrlarni berish.
Help – ma’lumotlar muhiti bilan ishlash.
Window – oynalarni boshqarish.
Matematik belgilarni kiritish palitrasi
Matematik belgilarni kiritish uchun
Palettes palitrasi roʻyxatidan foydalaniladi. Bu roʻyxat
View menyusida joylashgan. Roʻyxatda quyidagilar mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |