Mavzu: Maqomlar haqida umumiy tushuncha.Maqom tushunchasi.
Darsning ta’limiy maqsadi:Maqom atamasi, o‘zbek xalq maqom yo‘llari va shashmaqom xaqida tushuncha beriladi. O‘quvchilarni mustaqil va ijodiy fikrlashga o‘rgatadi.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: O‘quvchilarda milliy qadriyatlarimizga, milliy musiqa durdonalariga bo‘lgan mehrlarini uyg‘otish va estetik his tuyg‘ularini shakllantirish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O‘quvchilarda milliy musiqaga bo‘lgan qiziqishlarini va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish. Musiqa asarlarining ma’naviy-estetik mazmunini his qilish qobiliyatlarini shakllantirish.
Dars metodi: Kichik ma’ruza. Aralash. .Blis.
Dars jihozi: 7-sinf musiqa darsligi, yillik ish reja, reja konspekt, fortepiano musiqa cholg‘u asbobi, texnik vositalar (Audio, SD disk yozuvlari), rag‘barlantiruvchi kartochkalar, tarqatma materiallar.
Darsning blok chizmasi:
1
|
Tashkiliy qism:
a) salomlashish;
b) davomat aniqlanadi;
v) o‘quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi.
|
2
|
2
|
O‘tilgan mavzuni takrorlab mustahkamlash:
O‘tilgan mavzular test sinovlari, musiqa savodxonligi yuzasidan tuzilgan savollar orqali takrorlanib, mustahkamlanadi.
|
8
|
4
|
Yangi mavzu:
1. Jamoa bo‘lib kuylash: Dilnur she’ri, X.Xasanova musiqasi , “Go‘zal xayot” qo‘shig‘ining 1-misrasini va naqoratini jumlalarga bo‘lib o‘rgatiladi. Sof intonatsiyada kuylashga erishiladi.
2. O‘qituvchining tushuntirishi.
O‘quvchilarga “Shashmaqom “ haqida tushuncha berish.
|
18
|
5
|
Tinglash: Nota yozuvlaridan yoki audio, CD disk yozuvlaridan foydalanib, “Shashmaqom”lar musiqalaridan namunalar eshittirib, suhbat-munozara o‘tkaziladi.
|
10
|
6
|
Musiqa savodi: 2/4 o‘lchovidagi tasnif doira usullarini o‘rganib, nota daftarga mashq bajarish.
|
|
7
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |