Mavzu: Markazdan qochma separatorlar va shlyuzlarda boyitish


Download 25.58 Kb.
Sana04.02.2023
Hajmi25.58 Kb.
#1161457
Bog'liq
qayta o\'zlashtirish.58


MAVZU: Markazdan qochma separatorlar va shlyuzlarda boyitish

Sochma kon oltinli rudalarini, volfram, qalay va kamyob metallar rudalarini boyitishda shlyuz deb ataluvchi moslamadan foydalaniladi. Shlyuz — to‘g‘ri burchak shaklidagi qiya tamovchadan iborat boiib, uning tubiga trafaret yoki juni o‘siq mato (kigiz, tuki o‘siq movut, g‘adir-budir rezina va hokazo) to'shaladi. Trafaret sifatida yog‘och g‘o‘lalar, to‘rtburchak yoki dumaloq g'oialardan ko'ndalang kesilgan yog‘ochlar ishlatilib, ma’lum oraliqda ko‘ndalang qatorlar bo‘ylab o‘rnatiladi. Shuningdek, metall trafaretlar ham ishlatiladi. Ular suvning uyurma (girdob) oqimini hosil qiladi, g'adir-budir materialdan tayyorlangan qoplamalar esa shlyuzning tubi bo‘ylab harakatlanayotgan zarralarning qarshiligini orttiradi va quyi qatlamlarda suv harakatini pasaytiradi. Trafaret va qoplamalar shlyuzlar ishining sifat ko‘rsatkichlarini belgilovchi muhim omil hisoblanadi. Trafaretlarning balandligi suv oqimi chuqurligidan katta boimasligi kerak, o‘z navbatida u boyitilayotgan mahsulot yirikligiga qarab tanlanadi. Odatda, oqim chuqurligi boyitilayotgan mahsulot eng katta zarrasi oichamidan 2—3 marta katta boiishi kerak. ВоЧапа shlyuz bo‘ylab harakatlanganda zarralar aralashmasining zichligi va yirikligiga qarab ajralishi sodir boiadi (31- rasm). Awal shlyuz tubiga ogir minerallar cho‘kadi; ular trafaretlar orasida yig'iladi va g'adir-budir yuzada ushlab qolinadi. Yirikroq valun va galkalar hamda yengil zarralar suv oqimi bilan shlyuzdan chiqib ketadi. Vaqt o'tishi bilan trafaretlar orasi va junli qoplama uyalari (ko‘zlari) da ogir mineral zarralari yigiladi. Yig‘ilib-yig‘ilib oxiri toiiq toiadi va shlyuzga mahsulot berish to‘xtatiladi.Cho‘kkan mahsulot shlix deyiladi. Shlix ajratib olinadi. Cho‘kmani ajratib olish jarayoni chayish deyiladi.


Vintli separatorlarda boyitish Vintli separatorlarda boyitish xuddi shlyuzlarda boyitishdagidek ketadi, lekin bu usulda boyitishda ogirlik kuchi bilan bir qatorda, kattaligi ogirlik kuchidan bir necha barobar katta boigan markazdan qochma kuch ham qoilaniladi. Shuning uchun mineral zarralarning zichligiga qarab ajralishi tezroq ketadi va apparatning oichamini sezilarli darajada kichraytirish mumkin. Vintli separator vertikal yukka ega qo‘zg‘almas vintsimon burama tarnovchadan iborat. Bunday apparatlar kamyob, nodir metallar tub konlari va sochma konlari rudalarini hamda fosforitli, xromitli rudalami boyitishda ishlatiladi (32- rasm). ВоЧапа tarnovchaning yuqori qismiga beriladi. Tarnovcha bo‘ylab harakatlanayotganda mineral zarralar suv oqimi, ishqalanish kuchi, ogirlik kuchi va markazdan qochma kuchlaming ta’siriga uchraydi. Bu kuchlaming birgalikdagi ta’siri natijasida mahsulot zichligiga qarab taqsimlanadi: yengil minerallar tashqi yon devor tomon siljib, spiralsimon trayektoriya bo‘ylab pastga siljiydi: og‘ ir zarralar esa shunday trayektoriya bo‘yicha tarnovchaning tubi bo‘ylab harakatlanadi.
Separatorning yuqori o‘ramlaridan ajratuvchilar yordamida boyitma, o‘rta o‘ramlardan oraliq mahsulot, chiqindi esa tamovchaning oxiridagi quyi o‘ramlaridan chiqarib olinadi. Vintli separatorlar ishiga quyidagi konstruktiv va texnologik parametrlar ta’sir qiladi: vintsimon tamovchaning diametri va qadami, o‘ramlar soni, tarnovcha ko‘ndalang kesimining yon tomonidan ko‘rinishi (profil), ajratkichlar soni, ulami o‘matish joyi, mineral zarralaming o'lchami va shakli, bo‘tanadagi qattiq zarralaming miqdori, sarflanadigan suv miqdori va hokazo. Separatorning diametri berilgan ishlab chiqarish unumdorligiga, ajratiladigan minerallaming yirikligi va zichligiga bog'liq. Sanoatda ishlatiladigan separatorlar tarnovchasining diametri 600 dan 1500 mm gacha bo'ladi. Vintsimon tamovchaning qadami uni gorizontal tekislikka nisbatan qiyalik burchagini belgilaydi. Boyitilayotgan mahsulot qancha mayda bo‘lsa, tamovchaning nisbiy qadami shuncha kichik bo‘lishi kerak. Odatda, u 0 ,4 -0 ,6 ga teng. 88 Tarnovchaning o‘ramlari soni boyitilayotgan mahsulotning fizik xossalariga bogiiq va yirikligidagi farq kamayishi bilan ortib boradi. Sanoat separatorlarida o‘ramlar soni 4—6 tani tashkil qiladi. Ajratkichlar soni va ularni o'rnatish joyi har qaysi aniq hoi uchun tajriba yoii bilan aniqlanadi. Odatda, tarnovchaning har qaysi o'rami ajratkich bilan ta’minlanadi. Oicham i 4 mm dan 0,25 mm gacha boigan mahsulot vintli separatorlarda samarali boyitiladi. Bundan mayda zarralar yomonroq boyitiladi. Dastlabki mahsulot tarkibida loy va mayin shlamlaming boiishi vintli separatorlarda ajralishning keskin buzilishiga olib keladi.
Download 25.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling