Mavzu: Markaziy bankning rasmiy oltin valyuta zaxiralarini boshqarish funksiyasi reja
Markaziy bankning “davlatning banki” funktsiyasi; rasmiy oltin-valyuta zaxiralarini boshqarish funktsiyasi
Download 213.53 Kb.
|
Referat mavzu Markaziy Bank va uning funksiyalari Bajardi
4. Markaziy bankning “davlatning banki” funktsiyasi; rasmiy oltin-valyuta zaxiralarini boshqarish funktsiyasi.
Markaziy bank, davlat banki sifatida, Davlat byudjetining kassali bajarilishini amalga oshiradi, davlat organlarining naqd pulsiz operatsiyalarini ma’lum qismini amalga oshiradi, xukumatning tashqi qarzlarini to’lashga xizmat qiladi, byudjet defitsitining ma’lum qismini qoplashga va boshqa davlat muassasalarining xarajatlarini moliyalashtirish maqsadlariga qisqa muddatli kreditlar beradi. Hamda xukumatga pul-kredit va valyuta masalalari bo’yicha maslahatlar beradi. Masalan, Bundesbank davlat banki sifatida Federatsiyaga, ma’muriy-hududiy bo’linmalarga hamda Federatsiyaning parabyudjet fondlariga kreditlar berish huquqiga ega. Bu kreditlar hajmi cheklangan bo’lib, qisqa muddatli xarakterga egadir. Davlat banki sifatida Bundesbank, xukumat nomidan uning obligatsiyalarini, moliyaviy veksellarini sotadi va ularni sotish uchun e’lon qiladi. U federal zayomlar kursini barqaror darajada saqlanishi uchun javobgar hisoblanadi. Markaziy bank davlatning asosiy bankiri va xukumatning moliyaviy maslahatchisi bo’lib hisoblanadi. Bu borada: xukumat miqyosidagi tashkilotlarning hisob raqamlarini yuritadi; davlat zayomlarini chiqarish, saqlash va ular bilan tegishli operatsiyalarni amalga oshiradi; xukumatga kredit beradi; davlatning oltin-valyuta va qimmatbaho toshlardan iborat rezervini o’zida saqlaydi va boshqaradi; mamlakat miqyosida valyuta kursini o’rnatadi, foiz siyosatini yurgizadi va davlatning boshqa davlatlar oldidagi majburiyatlariga javob beradi. Ular bilan korrespondentlik munosabatlarini o’rnatadi va olib boradi.12 Markaziy bankning davlat banki sifatidagi funktsiyasining muhim kqrinishlaridan biri xukumatning tashqi qarzlarini to’lash jarayonida namoyon bo’ladi. Oltin-valyuta zaxiralarini boshqarish funktsiyasi. Rivojlangan davlatlarda xukumatning odatda, chet el valyutalarida hisob-raqamlari bo’lmaydi. Mamlakatning oltin-valyuta zaxiralarini boshqarish Markaziy bank zimmasida bo’lib, ularning summasi Markaziy bank balansida aks etadi. Xukumatning esa, chet el valyutalarida tashqi qarzlari mavjud bo’ladi. qarzni tqlash muddati kelishi bilan xukumat Markaziy bankka tqlov topshiriqnomasi yozadi. Bank qzining valyuta zaxiralari hisobidan xukumatning tashqi qarzini to’laydi va to’langan summaning milliy valyutadagi ekvivalentini xukumatning hisob raqamlaridan chegirib oladi. Rivojlangan industrial davlatlarda Markaziy bank bajaradigan an’anaviy funktsiyalardan biri - valyuta zaxiralarini boshqarishda Markaziy bankning monopol mavqeiga ega ekanligidir. Xususan, Avstriya, Buyuk Britaniya, Germaniya, AQSh kabi davlatlarning markaziy banklari mamlakat valyuta zaxiralarini boshqarishda ana shunday huquqqa egadirlar. Markaziy banklarning maslahatlar berish va ma’lumotlar bilan ta’minlash funktsiyasini uning davlat banki sifatidagi funktsiyasiga kiritish mumkin. Markaziy bankning ma’lumotlar talab qilish huquqi to’g’risida tijorat banklari uchun hisobotlar shaklini va topshirish muddatini belgilab berishligini Markaziy bankning ma’lumot - tadqiqot funktsiyasining bir ko’rinishi sifatida ko’rsatadi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, Markaziy bankning funktsiyalari qo’yilgan maqsadlarga erishishni ta’minlash uchun xizmat qiladi. Shu sababli asosiy maqsadga erishish yqlida belgilangan u yoki bu vazifani hal etish Markaziy bank funktsiyalarining ayrimlarini boshqalariga nisbatan faolroq jalb qilinishini talab etadi. Yuqorida qayd etib qtilgan Markaziy bankning asosiy an’anaviy funktsiyalari xalqaro bank tizimida an’anaviy ko’rinish sifatida keng tarqalgan, ya’ni har bir rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar Markaziy banklarining funktsiyalari bir-biriga o’xshab ketadi. Xorij tajribasida ko’riladigan bo’lsa AQSH Federal Zaxira Tizimining funksiylarini ko’rib o’tamiz.: FZB 12tasi quyidagi funksiyalarni bajaradi: Cheklarning kliringi; Yangi nakd pul emissiyasi; Eskirgan pullarni muomaladan chikarish; Uz viloyati banklariga diskont ssudalarni berilishi va ularni boshkarmasi; Banklarning uyushmasi va ularning faoliyatini kengaytirish borasidagi takliflar baxosi; Biznes vakolatchilari va FZT urtasidagi vositachilik; Bank xolding kompaniyalari va ma’muriyat vakolati bilan shtat bank-ishtirokchilarining nazorati Biznes olib borilishi ma’lumoti xakidagi shartlarni yigilishi; Monetar siyosatni olib borish uchun ilmiy asoslangan tavsiyalarni ishlab chikilishi uchun professional iqtisodchilarni ishlatilishi;13 12ta FZBlari monetar tizimni bir nechta yo'llar bilan olib borishadi. Boshqarma kengashi xar bir viloyatni teshirib nazorat kilishidan tashkari yakin atrofidagi bank direktorlari diskont stavkasini belgilaydilar, Direktorlar kaysi banklar (FZT ishtirokchisi bulishi shart emas) viloyat FZBdan diskont stavkasini olishi mumkunligini xal qiladi. Federal konsultativ kengash ishida ishtirok etish uchun direktorlar xar bir viloyatdan 1tadan tijorat banki vakilini tanlashi va shu vakil boshqarma Kegashiniga maslaxat va ma’lumot beradigan, monetar siyosatni olib borishga yordam beruvchi vakil. 12 viloyat banki prezidentidan 5tasi FOMCda ovoz berish xukukiga ega, va ular davlat qimmatli qogozlarini savdo-sotigi boshqaruvini foiz stavkalarini oshishiga va bank tizimi zaxira xajmini o’sishiga ta’sir qiladi. Nyu-York FZB prezidenti FOMCda doimiy ovozga ega. Bu barcha banklar orasida eng e’tiborliligini ko’rsatadi. Qolgan 4ta ovoz 11ta prezident viloyat banklari orasida ketma ketlikda taqsimlab chiqiladi. 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 Download 213.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling