Mavzu: Markaziy (Davlat) bank faoliyatining huquqiy asoslari, kredit tashkilotlari faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish


Bank tashkil etishga oid ta’sis xujjatlari orasida bank Ustavi alohida o‘rin tutadi. «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonunga ko‘ra bank Ustavida quyidagilar o‘z aksini topmog‘i lozim


Download 317.39 Kb.
bet5/8
Sana18.06.2023
Hajmi317.39 Kb.
#1561455
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Bank huquqi 1-mavzu 2-OT

Bank tashkil etishga oid ta’sis xujjatlari orasida bank Ustavi alohida o‘rin tutadi. «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonunga ko‘ra bank Ustavida quyidagilar o‘z aksini topmog‘i lozim:

Bank tashkil etishga oid ta’sis xujjatlari orasida bank Ustavi alohida o‘rin tutadi. «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonunga ko‘ra bank Ustavida quyidagilar o‘z aksini topmog‘i lozim:

  • a) bankning nomi (to‘liq va qisqartirilgan atamasi);
  • b) bankning joylashgan manzili (pochta revizitlari);
  • v) bank tomonidan amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan bank operatsiyalarining ro‘yxati;
  • g) ustav kapitali, uning miqdori;
  • d) muassislarning ro‘yxati va ularning har biriga ustav kapitalida tegishli bo‘lgan hissa miqdori;
  • e) bankning boshqaruv organlari, ularni tashkil etilishi tartibi, vakolatlari doirasi va vazifalari;
  • j) bank auditi tartibi;

Aksiyadorlik tijorat banklarida ularning boshqaruv organi bo‘lib aksiyadorlarning Umumiy yig‘ilishi Bank Kengashi Bank Boshqaruvi hisoblanadi.

Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi – aksiyadorlik tijorat banklarining yuqori organi bo‘lib sanaladi va uning vakolatlari «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar xuquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonun, bank Ustavi, boshqa qonun xujjatlari bilan tartibga solinadi.

Bank Kengashi. Aksiyadorlar Umumiy yig‘ilishlari o‘rtasidagi davrda bank faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish bank Kengashi tomonidan amalga oshiriladi.

  • Bank Kengashi. Aksiyadorlar Umumiy yig‘ilishlari o‘rtasidagi davrda bank faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish bank Kengashi tomonidan amalga oshiriladi.
  • «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonunga ko‘ra bank Kengashi vakolatlariga quyidagilar kiradi:
  • bank faoliyati ustidan nazorat olib borish;
  • bank rahbarlarini ishga tayinlash va vazifasidan ozod qilish;
  • bank kapitalining muntazam o‘sishini ta’minlash;
  • bank siyosatini ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarilishini kuzatib borish;
  • bank faoliyatini amalga oshirish chog‘ida qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlash va bank Ustavida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
  • Bank Kengashi kamida besh kishidan iborat bo‘ladi. Uning tarkibiga bank aksiyadorlaridan tashqari bank sohasi olimlari va mutahassislari a’zo sifatida kiritilishlari mumkin.

Download 317.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling