Mavzu; Markaziy Osiyo falsafiy tafakkurida manaviyat va marifat masalalari Reja Qadimgi xalq og‘zaki ijodiyoti va yozma yodgorliklarda ma’naviyat masalalari


Download 310.41 Kb.
bet3/4
Sana01.03.2023
Hajmi310.41 Kb.
#1241172
1   2   3   4
Bog'liq
Markaziy Osiyo falsafiy tafakkurida manaviyat va marifat masalalari

Zardushtiylik va uning muqaddas kitobi «Avesto» haqida qisqa ma’lumot berdik. Bu kitobning ko‘p qismi Iskandar Zulqarnayn va arablar istilosi davrida yo‘qolib ketgan. Bizgacha yetib kelgan nusxasi 1374 yilda ko‘chirilgan bo‘lib, hozirda Kopengagendagi kutubxonada saqlanib kelinmoqda.

Zardushtning o‘zi tarixiy shaxs ekanligi ham munozarali, bahsli masala. Biz ayrim mualliflar fikriga qo‘shilib, unga tarixiy shaxs sifatida yondashdik.

Zardusht sariq tuya mingan, degan ma’noni anglatadi. «Avesto ta’limotiga ko‘ra olam qarama-qarshiliklar kurashi asosiga qurilgan: jismoniy narsalarda yorug‘lik va zulmat, tirik tabiatda hayot va o‘lim, ma’naviy olamda ezgulik va yovuzlik, ijtimoiy hayotda adolatli qonunlar bilan qonunsizliklar o‘rtasidagi kurashlarda o‘z ifodasini topadi. Yorug‘lik, ezgulik kuchlariga Axura Mazda boshchilik qilib, ezgulikni vujudga keltiraveradi, yovuzlik ruhi bo‘lgan Axrimon unga qarshi kurashib, odamlarni yomon ish va yo‘llarga boshlayveradi. Imon-e’tiqodli odam albatta, ezgulik tarafida turadi. Bu kurashda yorug‘likning zulmat, ezgulikning yomonlik ustidan g‘alabasiga ishonch bildiriladi.

. Markaziy Osiyoda quldorlik jamiyati eramizning II-III asrlarga kelib inqirozga yuz tutdi va o‘z o‘rnini feodal munosabatlariga bo‘shatib bera boshladi. Bu holat zardushtiylik ichida yangi oqim Moniylik ta’limotining yuzaga kelishi va kuchayishiga olib keladi. Ushbu oqimning asoschisi Moniy (216-276 y.) bo‘lib, u tarixiy shaxsdir. Uning ta’limoti hukmron tabaqalar manfaatiga zid bo‘lgani uchun 276 yilda vahshiylarcha o‘ldirildi. Moniy boy adabiy meros yaratgan bo‘lsa ham, lekin uning ba’zi asarlaridan parchalargina bizgacha yetib kelgan, xolos. Uning ma’naviy-axloqiy qarashlari «Sir ul asror» (Siru asror kitobi), «Kitob-ul-xudo-vost-tadbir» (Rahbarlik va boshqaruv kitobi), «Shaburkan» va boshqalarda bayon etilgan

Moniy ta’limoti zardushtiylikning yaxshilik va yomonlik ta’limotiga asoslangan bo‘lib, keng xalq ommasining manfaatiga mos kelar edi. Moniylik ta’limotida dunyo — ziyo (yorug‘lik) va zulmat (qorong‘ulik)ning abadiy kurash maydonidan iborat, mana shu kurash maydonida insonning asosiy vazifasi yovuzlikni yo‘q qilish uchun yaxshilik, ezgulikka ko‘maklashishdan iborat degan ma’naviy-axloqiy ta’limot ilgari suriladi.

  • Moniy ta’limoti zardushtiylikning yaxshilik va yomonlik ta’limotiga asoslangan bo‘lib, keng xalq ommasining manfaatiga mos kelar edi. Moniylik ta’limotida dunyo — ziyo (yorug‘lik) va zulmat (qorong‘ulik)ning abadiy kurash maydonidan iborat, mana shu kurash maydonida insonning asosiy vazifasi yovuzlikni yo‘q qilish uchun yaxshilik, ezgulikka ko‘maklashishdan iborat degan ma’naviy-axloqiy ta’limot ilgari suriladi.
  • Moniy ta’limotiga ko‘ra, inson sof musaffolikka, o‘z gunohlaridan forig‘ bo‘lishga faqat tarkidunyo qilib hayot kechirishi orqaligina erishishi mumkin, deb qaraladi. Moniylik axloqi dindorlardan imkoni boricha kam ovqat yeyishni, ro‘za tutishni (demak, ro‘za tutish odati islomdan avval ham bo‘lgan), o‘z turmushi, hayoti uchun kerakligidan ortiqcha mol-mulkka, boylikka yo‘l qo‘ymaslikni, mo‘tadil, o‘rtacha, dabdabasiz hayot kechirishni targ‘ib etadi. Moniy o‘z muridlari, izdoshlarini dunyoviy ishlarda «surbet» bo‘lmaslikka va dunyoda ko‘p narsalarga intilmaslikka da’vat qiladi. «Zero o‘limdan keyin hech kimsada ro‘zg‘or asboblari bilan hovli xam, uy ham qolmaydi». Boshqacha aytganda, inson hayoti davomida orttirgan boyliklarini o‘zi bilan olib keta olmaydi, ularning hammasi undan keyin qolib ketadi. Moniy aytadi: «Men o‘z umrimda ko‘p hokimlarni ko‘rdim, ular dunyoda axloqsizlik qilib, manmanlikka berilib yurdilar, ammo, oxirida g‘am-alamlarga, tu6anlikka duchor bo‘ldilar». Demak, Moniyning bu so‘zlaridan biz ham ibrat olishimiz foydadan holi emas.

Download 310.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling