Mavzu; Markaziy Osiyo falsafiy tafakkurida manaviyat va marifat masalalari Reja Qadimgi xalq og‘zaki ijodiyoti va yozma yodgorliklarda ma’naviyat masalalari


Download 310.41 Kb.
bet1/4
Sana01.03.2023
Hajmi310.41 Kb.
#1241172
  1   2   3   4
Bog'liq
Markaziy Osiyo falsafiy tafakkurida manaviyat va marifat masalalari

Mavzu; Markaziy Osiyo falsafiy tafakkurida manaviyat va marifat masalalari

Reja

1. Qadimgi xalq og‘zaki ijodiyoti va yozma yodgorliklarda ma’naviyat masalalari.

2.«Avesto»da inson va uning ma’naviyati masalalari.

3.Moniylik va mazdakizm ta’limotlarida ma’naviyat masalalari

 

Tayanch so’z va iboralar: Qadimgi xalq og‘zaki ijodiyoti, yozma yodgorliklar, zardushtiylik, “Avesto”, Axuramazda, Axriman, moniylik, mazdakiylik...

1. O‘rta Osiyo xalqlari milliy ma’naviyati takomil bosqichlari bu o‘lka xalqlari madaniy taraqqiyot jarayoni bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, ushbu sahnda yuz beruvchi hodisa sanaladi. Xalqimiz madaniy taraqqiyoti o‘ta murakkab tarixiy hodisalar majmuini tashkil ztib, o‘z ichiga bir necha ming yilliklarni qamrab oladi. Ana shu murakkab va ko‘p ming yillik ma’naviy takomilimiz jarayonidan asosiy bo‘g‘inlarni ajratib olishimiz lozim. Busiz milliy ma’naviyatimiz rivojlanish bosqichlari haqida fikr yuritib bo‘lmaydi. Ko‘pgina tadqiqotchilarning, bu boradagi fikrini o‘rganib milliy ma’naviyatimizning necha ming yillik tarixini uch yirik davrga (balkim to‘rt davrga) ajratib ko‘zdan kechirishni ko‘p jihatdan maqbul bildik:

1. Islomgacha milliy ma’naviyatimiz taraqqiyoti.

2. Islom mintaqa madaniyati takomilida milliy ma’naviyatimizning o‘rni va mavqei.

Z. Yangi davr jahon madaniyati va milliy ma’naviyatimiz takomili masalalari. (Biz nazarda tutgan to‘rtinchi davrga balkim Temur va Temuriylar davri ma’naviyatini alohida davr sifatida izohlash maqsadga muvofiqroq bo‘larmikin).

Bu davrlar o‘z ichiga olgan tarixiy davrlar muddatiga ko‘ra aslo teng emas. Birinchi davr bir necha ming yillarni qamrab olsa, ikkinchi davr X1-XI asrni o‘z ichiga oladi. Uchinchi davr esa bizning o‘lkamiz — Turkiston uchun deyarli 100-150 yilni tashkil etadi.

  • Bu davrlar o‘z ichiga olgan tarixiy davrlar muddatiga ko‘ra aslo teng emas. Birinchi davr bir necha ming yillarni qamrab olsa, ikkinchi davr X1-XI asrni o‘z ichiga oladi. Uchinchi davr esa bizning o‘lkamiz — Turkiston uchun deyarli 100-150 yilni tashkil etadi.
  • Mazkur mavzuda Islomgacha ma’naviyatimiz takomili, mazmuni va mohiyati haqida fikr yuritamiz. Islomgacha bo‘lgan milliy ma’naviyatimiz va uning takomillashishi haqidagi eng muhim manbalar guruhini to‘rtga bo‘lish mumkin: 1. Zardushtiylikning «Avesto» kitobi va turkiy bitiklar (yozuvlar). 2. Qadim Shumer, Bobil, Ashshur, qadim Misr, Yunon, Hind, Xitoy manbalari va Eron shahanshohlaridan qolgan toshbitiklar. 3. Arxeologik yodorliklar — moddiy ashyolar va turli inshootlar. 4. Xalq og‘zaki va yozma adabiyot namunalari, urf-odat va marosimlar, o‘yinlar, bayramlar va boshqalar.

Download 310.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling