Mavzu: Markaziy Osiyo insoniyat tsivilizatsiyasining qadimiy o`choqlaridan biri Avstralopitek


Download 15.63 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi15.63 Kb.
#1018196
Bog'liq
3-glossariy


Mavzu: Markaziy Osiyo insoniyat tsivilizatsiyasining qadimiy o`choqlaridan biri


Avstralopitek (lotincha “australis” janub, “pithekos” maymun) bundan 3-2 million yil oldin yashagan odamning ilk ajdodlaridan biri bo`lib, uning qoldiqlari 1924 yilda Janubiy Afrikada topilgan. Olimlarning xulosasiga ko`ra avstralopitek odamzodning hayvonlar (maymunlar) olamidan odamlar dunyosiga o`tishdagi birinchi vakilidir.
Animizm (lotincha “anima”-ruh, jon)-insonni o`rab turgan muhitda jonlar va ruhlarning mavjudligiga ishonish, go`yo ular kishilar, hayvonlarning hayotiga, tevarak atrofdagi olam, buyumlar va hodisalarga, ularning o`zgarishlariga ta`sir etib, ularni boshqaradi deb hisoblash. Animistik tasavvurlar ibtidoiy davr odamlarida bundan taxminan 40-35 ming yil avval paydo bo`la boshlagan. Ibtidoiy kishilar narsalar, o`simliklarning joni bor deb tushunishgan. Ya`ni jon odamlardan boshqa mavjudotlarda ham bordir. Rux esa egalaridan ajralgan holda ham mavjud bo`lib, u har qanday narsalarga ta`sir ko`rsatadi.
Animizm tushunchasini birinchi bo`lib fanga nemis olimi Shtal` (1708 y.) kiritgan.
Antropogenez (yunoncha “antropos”-odam, “genezis”-rivojlanish)-odamning kelib chiqishi va rivojlanishi jarayoni. Bu jarayon to`g`risida turli fikrlar mavjud. Darvin, Geksli va Gegel` inson oliy darajada taraqqiy etgan odamsimon maymunlardan kelib chiqqan deydilar. Zamonaviy fan antropogenez jarayonining ijtimoiy mehnat nazariyasini tasdiqlamoqda. Insonning paydo bo`lishi va rivojlanishi jarayoni (antropogenez) bir necha bosqichlarga bo`linadi. Antropogenez jarayonining birinchi bosqichi Avtralopitek va Zinjantrop odamlar yashagan davr hisoblanib, bu ibtidoiy odam turlari taxminan 3-2 mln. yil ilgari yashagan. Odam taraqqiyotining ikkinchi bosqichi Pitekantrop va Sinantroplardir. Ular bundan 1 mln.-800 ming yil ilgari yashaganlar.
Avstralopitek, Zinjantrop, Pitekantrop, Sinantrop odamlari fanda arxantroplar (eng qadimgi odamlar) deb yuritiladi. Arxantroplarga mansub odam izlari O`zbekiston (Sulungur g`ori)dan ham topilgan bo`lib, fanda u Fergantrop (Farg`ona odami) deb aytiladi. Antropogenez jarayonining uchinchi bosqichi Neandertal odamlariga to`g`ri kelib, ular bundan 100-40 ming yil muqaddam yashashgan. Fanda bu odam turi paleoanroplar (qadimgi odamlar) deb nomlanadi. Neandertallar ibtidoiy odam shakllanishi jarayonining so`nggi bosqichi bo`lib ulardan keyin 40-35 ming yillikka kelib zamonaviy qiyofadagi Kroman`on odamlari (Neontroplar) shakllangan.
Antropologiya (yunoncha “antropos”-odam, “logiya”-fan)-qadimgi odamlarning kelib chiqishi, tashqi ko`rinishi va rivojlanish bosqichlarini o`rganuvchi fan.
Arxantroplar (yunoncha “arxeos”-qadimgi, “antropos”-odam)-ibtidoiy odamning dastlabki vakillari. Arxantroplar ilk paleolit davrida yashaganlar. (Asvtralopitek, Zinjantrop, Pitekantrop, Sinantrop, Fergantrop).
Birinchi yirik mehnat taqsimoti-dehqonchilikning chorvachilikdan ajralib chiqishi. Mezolit-Neolit davridan boshlab insoniyat ishlab chiqaruvchi xo`jalik shakliga o`ta boshlaydi. Eneolit va bronza davriga kelib mehnat qurollarining takomillashuvi va erga ishlov berish usullarining mukammallashuvi natijasida ortiqcha maxsulot paydo bo`ladi. Bu hol birinchi ijtimoiy mehnat taqsimotini yuzaga keltirdi.
Bronza davri-jez davri. Mehnat qurollari asosan mis bilan qalayning aralashmasi-bronzadan yasalgani uchun shunday nom berilgan. Miloddan avvalgi 3-2 ming yilliklarni o`z ichiga oladi.
Bronza davriga kelib hozirgi O`zbekiston hududlarida sun`iy sug`orishga asoslangan sug`orma dehqonchilik madaniyati shakllandi. Bu davrgi oid moddiy madaniyat yodgorliklari Zomonbobo (Buxoro viloyatining Qorako`l tumanida), Sarazm (Tojikistonning Panjikent viloyati), Sopollitepa, Jarqo`ton (Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida) va Tozabog`yop, Qavat-3, Amirobod (Xorazm-Qoraqalpog`iston) manzilgohlaridan topib o`rganilgan.
Zinjantrop- “ishbilarmon odam”, u odamzodning ilk ajdodlaridan bo`lib, uning suyak qoldiqlari Sharqiy Afrikaning Zinj qishlog`i yonidagi Olduvoy darasidan topilgan. Odamzodning kelib chiqishi shajarasida zinjantroplar avstralopiteklar bilan pitekantroplar orasini to`ldiruvchi bo`g`in deb xisoblanadi.
Download 15.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling