Mavzu: markaziy osiyo uchun ob-havo ma’lumotlari reja
Yer yuzida harorat ko’tarilib borayotgani ekologik, iqtisodiy va siyosiy muammo deb tan olinmoqda
Download 23.32 Kb.
|
Markaziy Osiyo uchun ob-havo ma\'lumotlari
Yer yuzida harorat ko’tarilib borayotgani ekologik, iqtisodiy va siyosiy muammo deb tan olinmoqda.
Shu bois taraqqiyot masalalari bilan shug’ullanuvchi Jahon Banki (World Bank) davlatlarni bu muammodan ogoh bo'lishga, ayniqsa ob-havoni kuzatish va iqlimni o’rganish uchun ko’proq mablag’ ajratishga chaqirmoqda. Tabiiy sharoit o’zgargani sari har bir jamiyat hayotning yangicha shartlariga moslashishi kerak, deydi ekolog olimlar. Global isish men uchun nima ahamiyatga ega deya hayron bo’layotgan bo’lsangiz, yana bir bor o’ylab ko’ring. Gap muayyan bir davlat, xalq yoki mintaqa emas, butun insoniyat kelajagi haqida ketmoqda. Oddiy qilib aytganda, ona tabiat muvozanatini yo’qotgan. Ko’pchilik olimlar nazarida atmosfera zaharlanib ketgan. Boshqalar nazarida esa tabiat hamisha o’zgaradi va bugunga kelib bu jarayon o’ta jadallashib, hayotga ko’proq tahdid solmoqda. Jahonning boshqa qismlari kabi Markaziy Osiyodek qishloq xo’jaligiga asoslangan mintaqada ham bu qurg’oqchilik, hosildorlikning pasayishi va oziq-ovqat mahsulotlarining qimmatlashishi deganidir. Masalani uzoq yillardan beri o'rganib kelayotgan Vladimir Tsirkunov, Jahon Banki mutaxassisining ogohlantirishicha, gidrometeorologiyaga e'tibor berilmasa, serquyosh mintaqaning dalalaridan baraka ketishi mumkin. “Ob-havo haqida yaxshi bilgan dehqonlar boshqalarga qaraganda ko’proq hosil olayotganini bilamiz. Ular muz yoki sho’rlanishga qarab, qanday chora ko’rishni, bu yil bahorda nima eksa mo’l hosil olishini biladi”, - deydi tadqiqotchi "Amerika Ovozi" bilan suhbatda. O’zbekistonda, masalan, yerga egalik, dehqon huquqi, korrupsiya va qonunbuzarlik dolzarb masalalar ekani sir emas. Lekin tabiatni kuzatish va metereologik tadqiqotlarda ojizlik qilinsa, hayot bundan-da qiyinlashadi. “Ob-havo dehqonning har bir harakatini belgilaydi. Urug’ balki endi ertaroq ekilishi kerak. O’g’it va dorilarni berish vaqti o’zgarishi mumkin”. Dehqonlar "albatta, buni yaxshi bilamiz" deya ajablansa-da, ahvolni yetarlicha o’rgansangiz, suv toshqini, sho’rlanish yoki qurg’oqchilikning oldini olish mumkin. Bunga erishishda esa hukumat sizga yordam berishi kerak. Download 23.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling