Mavzu: markaziy osiyo uchun ob-havo ma’lumotlari reja


Havo massalari va ularning harakati


Download 23.32 Kb.
bet2/4
Sana28.01.2023
Hajmi23.32 Kb.
#1136418
1   2   3   4
Bog'liq
Markaziy Osiyo uchun ob-havo ma\'lumotlari

Havo massalari va ularning harakati. Markaziy Osiyo iqlimining shakllanishida tropik, m o‘tadil va arktika havo massalari juda faol ishtirok etadi. Yilning iliq davrida Markaziy Osiyoning tekislik qismi janubida havo harorati yuqori boMgan muhitda past atmosfera bosimli hudud vujudga keladi. Chetdan bu yerga kirib kelayotgan havo massalari juda ham qizib ketgan yer yuzasi ta ’sirida o ‘z xususiyatlarini o ‘zgartiradi, bu hoi esa yuqori haroratli, quruq turon kontinental tropik havzasining yujudga kelishiga olib keladi. Natijada siklon jarayonlari Markaziy Osiyoning shimoliy yarmida kuzatiladi, janubida esa issiq, quruq, yog‘insiz, asosan, tinch ob-havo vujudga keladi. Siklon jarayonlari Markaziy Osiyo shimolida tez rivojlanib, kech bahor va yoz oylarida ko‘p yog‘in yog‘ishiga sabab bo‘ladi, yoz nisbatan qisqa, m o‘tadil kengliklar havosi hukmronligida o ‘tadi. Vaqti-vaqti bilan janubdan kirib keladigan tropik havo qisqa muddatli bo‘lib, ta’siri uncha sezilarli emas.
Qish oylarida Markaziy Osiyo ob-havosiga Arktika havo massalari ta’sir etadi. U Shimoliy Muz okeanidan G‘arbiy Sibir va O'rol orqali, shuningdek, shimoli-sharq tomonidan Sharqiy Sibir orqali kirib keladi. Bu havo sovuq, quruq va tiniq bo‘ladi. Sibir antisiklonining g‘arb tomonga cho‘zilgan markaziy o‘qi Markaziy Osiyoning shimoliy qismidan o4adi, uning ta’siri o‘lka shimolida ancha kuchli bo‘lib, janubda -Ustyurtning janubi -quyi Amudaryo -Qoratov chizig‘igacha bo'lgan hududlar iqlimida ta’siri sezilib turadi. Shuning uchun Markaziy Osiyoning shimolida qish uzoq davom etadi, sovuq qattiq bo'ladi, qor qoplami uzoq turadi. O'lkaning janubida esa sovuq faslda siklon harakatlarning rivojlanishi xos bo‘lib, qishi yog‘in-sochinli, o'zgaruvchan ob-havoli, qor qoplami yupqa va qisqa muddatli bo‘ladi. Ayrim yiI lari Sibir antisikloni Markaziy Osiyo janubiga ham kirib borib, havoni sovitib yuboradi. Shuning uchun o‘lkada havo haroratining yillik farqi juda katta. Markaziy Osiyo iqlimining juda kontinentalligi uning o‘zga xos xosusiyatidir. Bu ko‘rsatkichga ko‘ra Markaziy Osiyo faqat Sharqiy Sibirdan keyin turadi.
Markaziy Osiyo iqlimining yana bir xususiyati yozda haroratning yuqoriligi va uning juda ham qurg‘oqchilligidir. Bunga sabab, o ‘lkaning juda katta Yevrosiyo materigi markazida joylashganligidir. Ma’lumki, Markaziy Osiyoga g'arbdan va shimoli-g‘arbdan ancha salqin, ko‘pincha yog‘ingarchilik keltiradigan mo‘tadil havo massalari keladi. Lekin Markaziy Osiyoning nam beruvchi Atlantika okeanidan ancha uzoq joylashganligi (4000 km), yozgi haroratning juda ham yuqori va yog‘insiz davrning uzoq cho‘zilganligi o ‘lkada juda katta maydonga ega bo‘lgan cho‘llarning vujudga kelishiga sabab bo‘ladi.
Markaziy Osiyoda ob-havo xizmatlarini yaxshilash kerak

Download 23.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling