Mavzu: Marketing Funksiyalari Kirish Marketing tamoyillari va funksiyalari


Marketing menejment funksiyasi haqida


Download 32.49 Kb.
bet3/4
Sana06.04.2023
Hajmi32.49 Kb.
#1333859
1   2   3   4
Bog'liq
Marketing Funksiyalari

3. Marketing menejment funksiyasi haqida.
Marketing menejment funksiyasi - marketingni boshqarishni tashkil etish; nazorat qilish, marketing xizmatini tashkiliy tuzilishini ishlab chiqish, marketing faoliyati tizimida boshqaruv qarorlarini optimallashtirish, audit, marketing xizmati faoliyati samaradorligini baholash kabilarni o‘rganadi.
Marketing funksiyalari firmani boshqa funksiyalari, ya’ni ishlab chiqarish, kadrlar, moddiy texnika ta’minoti, moliyaviy, buxgalteriya hisobi funksiyalari bilan birga amalga oshiriladi.
Marketingning funksiyalari xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning boshqa funksiyalaridan farqi shundan iboratki, marketing funksiyalari xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar, uning iste’molchilari, mijozlari o‘rtasida ayirboshlash jarayonini amalga oshirish va tashkil etishga qaratilgandir. Shuning uchun ham marketing funksiyalari doimo o‘zgarib boradigan ehtiyoj hamda talabni shakllanishi, yaratilishi va rivojlanishiga ta’sir etadi.
Marketingni boshqarish jarayonidagi asosiy tadbirlar:
1. MT-marketing tadqiqoti;
2. S-segmentlash, MST-maqsadli segmentni tanlash;
3. TS-tovar siyosati;
4. NS-narx siyosati;
5. SS-sotish(savdo) siyosati;
6. KS- kommunikatsion siyosat;
7. Nazorat (N), ya’ni teskari aloqa vositasida natijalarni baholash;
8. Marketing strategiyasi va taktikasini qayta ko‘rib chiqish va yaxshilash.
Marketing faoliyati natijasida turli qarorlar qabul qilishga to‘g‘ri keladi. Alternativ yechimlar yoki qarorlar va ular yechimining ko‘pligi eng maqbul, optimal, ya’ni samarali yechimni qabul qilishni talab etadi. Marketing faoliyati jarayonida iste’molchi, ishlab chiqaruvchi, ta’minotchi, buyurtmachi va shunga o‘xshash marketingning muloqot auditoriyasidagi obyektlar bilan o‘zaro ta’sir va aks ta’sirda bo‘lgani sababli u yoki bu masala bo‘yicha qarorlar qabul qilish juda ko‘p tashqi omillarga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun marketingda qaror qabul qilish murakkab boshqaruv qarorlarini qabul qilish bilan tengdir.
Marketing qarorlarini qabul qilishning murakkabligi quyidagilar bilan izohlanadi.
• Tadbirkorlik sohasida qabul qilingan bir qarorning turli firmalar uchun turli natijalar berishi.
• Marketing tizimining ko‘p qirrali ekanligi uchun turli mezonlarni qabul qilish va optimallashtirish juda murakkab.
• Biror qaror qabul qilish uchun turli rahbarlarni, mas’ul xodimlarni, turli korxona va xizmat ko‘rsatish strukturalarini va boshqaruv organlarini jalb etish zarur.
• Qaror ishlab chiqish va uni qabul qilish qisqa vaqt ichida bajarilishi zarur.
• Qabul qilingan qarorlar natijalari albatta tez ko‘zga ko‘rinmaydi, buning uchun ma’lum vaqt kerak bo‘ladi.
Marketing funksiyalari evolyutsiyasi marketing bo‘yicha quyidagi mutaxassislarning zarurligini amaliyotda shakllantirdi. Taraqqiy etgan davlatlarda marketing sohasi bo‘yicha keng tarqalgan 10 ga yaqin mutaxassisliklar turli firma va kompaniyalarda yuqori ish haqi olib faoliyat ko‘rsatadilar. Bular reklama va omma bilan aloqalar bo‘yicha direktor – 500 - 4700 AQSh dollari, marketing bo‘yicha direktor -1000-5300, marketolog – 800-1500, brend – menejer – 800-3000, reklama bo‘yicha menejer – 800-2000, omma bilan aloqalar - PR – 800-3000, media-planer – 700-2000, kreativ direktor – 1600-4000, media – bayer – 800-2000, kopirayter – 700-1500AQSh dollarida maosh olishi mumkin.
Marketingni tashkil qilish tuzilmasi va shakllari korxona tushib qolgan vaziyatning turli xil omillari va sharoitlariga bog‘liq. Bunday omillarga quyidagilar kiradi:
1. Korxona maqsadlari, ya’ni texnik-iqtisodiy nuqtayi nazardan tashkil qilish vazifalarning bajarilishini ta’minlashi, korxonani boshqarishning yengillashtirilishi muvofiqlashtirish muammolarini kamaytirishi. Shu bilan birga tashkil qilishning uyushqoqligini, xodimlarni o‘z Marketing-Menejment, Strategik marketing-menejment, Taktik marketing-menejment
-Marketing muhiti tahlili
-Marketing –miks instrumentini strategik rejalashtirish
-Marketing tizimining rivojlanish strategiyasi
-O‘zaro ta’sir va muvofiqlashtirish strategiyasi
-Motivatsiya strategiyasi
-Strategik nazorat
-Bozorni o‘rganish
-Marketing –miks operativ tadbirlarni rivojlantirish
-Marketing faoliyatini tashkil qilish
-Bozordagi harakat taktikasi
-Motivatsiya taktikasi
-Nazorat
-Audit
Firmani boshqarishning marketing siyosati Marketing sohasida strategik qarorlarni boshqarish Marketing sohasida taktik qarorlarni boshqarish ijodiy salohiyatlarini amalga oshirishlariga qiziqishlarini ta’minlashi kerak.
2. Ichki va tashqi muhit sharoitlari. Tashqi sharoitlarga quyidagilar kiradi: raqobat, sotishning tashqi kanallari, bozorlar soni va sig‘imi, xarid qobiliyati, huquqiy me’yorlar, siyosiy va ijtimoiy munosabatlar. Ichki sharoitlarga quyidagilar kiradi: korxonaning kattaligi va uning yoshi; mahsulotlarning soni va turli - tumanligi; xodimlarning malakasi, moliyaviy salohiyati, mavjud sotish kanallari.
Marketingning tashkil etilishi quyidagi shakllarda bo‘lishi mumkin:
- marketing xizmatining maxsus vazifalari - bozorni o‘rganish, tovar harakati, baho, talabning shakllanishi, sotishni rag‘batlantirish va boshqalarning bajarilishini uyushtirish shaklida;
- marketing vazifalarini korxona (firma) tovarlari yoki ular guruhlari bo‘yicha bajarish tarzida;
- marketing vazifalarini bozorlar (ichki, regional, tashqi) bo‘yicha ijro etish shaklida.

Download 32.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling