Mavzu: Marketing Funksiyalari Kirish Marketing tamoyillari va funksiyalari
Download 32.49 Kb.
|
Marketing Funksiyalari
Marketing bo‘yicha qaror qabul qilish jarayoni ikki bosqichdan iborat.
1-qarorning tayyorlanishi (marketolog). 2-qarorning qabul qilinishi (menejer, tadbirkor). Marketing bo‘yicha qaror qabul qilish uzoq davom etadigan va murakkab jarayondir. Qarorlarda qo‘yiladigan masalalar tizimli tahlil, qaror qabul qilish nazariyasi, ehtimollar nazariyasi, operatsiyalar tadqiqoti kabi usullar bilan yechiladi. Yechimlar tahlil qilinib eng maqbul yechim varianti qabul qilinadi. Qaror qabul qilish nazariyasining ikki yo‘nalishi mavjud: − ratsional qaror qabul qilish nazariyasi; − qaror qabul qilishning psixologik nazariyasi. Marketing qarorini ishlab chiqish jarayonida quyidagi tamoyillarni nazarda tutish zarur: proporsionallik, uzluksizlik, parallellik, to‘g‘rilik, egiluvchanlik. Marketing qarori sifatiga bevosita ta’sir etuvchi omillarga modellashtirish, avtomatlashtirish va kompyuterlashtirish, motivlashtirish va rag‘batlantirish kiradi. Qaror qabul qilishda intuitsiyaga, fikr mulohazaga, ratsionallikka asoslanish mumkin. Marketing qarorlarining sifati va samaradorligiga erishish uchun quyidagi shartlarga rioya qilish kerak: − qaror qabul qilish nazariyasini qo‘llab ilmiy yondashish; − iqtisodiy qonunlarning marketing qaroriga ta’sirini o‘rganish; − qaror qabul qiluvchini sifatli axborot bilan ta’minlash; − funksional miqdoriy tahlil, iqtisodiy asoslash va istiqbolni belgilash usullarini qo‘llash; − sintez va tahlil, maqsadga yo‘naltirish, tarkiblashtirish usullarini qo‘llash; − qarorlar variantini solishtirish shartlarini ta’minlash; − qabul qilingan qarorni huquqiy muhofazalash; − qarorlarning ko‘p variantli yechimlarini topish; − yangi informatsion texnologiyalardan foydalanish; − qarorlar natijalariga javobgarlikni kuchaytirish va rag‘batlantirishni yo‘lga qo‘yish. Alternativ yechimlar mavjud bo‘lgan hollarda ularni solishtirish va eng maqbul yechimni qabul qilish kerak. Alternativ marketing qarorlarini solishtirishda quyidagi omillarga e’tibor berish lozim: − Vaqt. − Obyekt sifati. − Ishlab chiqarish va sotish hajmi. − Mahsulotning o‘zlashtirilganlik darajasi. − Qaror qabul qilish uchun ma’lumot va axborotlar olish usuli. − Qarorni qo‘llash shart — sharoitlariga. − Inflatsiya darajasiga. − Tavakkalchilik va noaniqlik. Marketing qarorlarining alternative variantlarini solishtirishda quyidagi qoidalarga albatta e’tibor berish kerak: − Alternativ variantlar 3 ta dan kam bo‘lmasligi kerak. − Yechimning bazaviy varianti sifatida vaqt bo‘yicha eng kech qabul qilingan yechim varianti qabul qilinishi kerak. Qolgan yechim variantlari koeffitsiyentlar yordamida bazaviyga yaqinlashtiriladi, ya’ni korrektirovka qilinadi. − Alternativ yechimlar marketing qarorlari samaradorligini ta’minlashi zarur. − Qaror qabul qilish jarayonining yuqori samaradorliligini ta’minlash uchun keng axborot ma’lumotlaridan foydalanish lozim. Xulosa Download 32.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling