Mavzu. Marketing muhiti. Marketingni tarkibiy tuzilishi va uni boshqarishni tashkil etish
Download 144.87 Kb. Pdf ko'rish
|
6-mavzu.Marketing muhiti
6-MAVZU. MARKETING MUHITI. MARKETINGNI TARKIBIY TUZILISHI VA UNI BOSHQARISHNI TASHKIL ETISH Reja
1.Marketing muhiti. 2.Marketing tizimi va uning tarkibiy tuzilishi. 3.Marketingni boshqarish. Marketing muhiti deganda firma korxona yoki uning yuqori ashqilotlar faoliyatiga ta’sir ko’rsatuvchi ijtimoiy iqtisodiy siesiy va huquqiy omillar majmui tushuniladi, Marketing ichki va tashqi muhitlar farqlanadi. Ichki muhitni shakllantiruvchi omillar, firma rahbariyati tomonidan nazorat qilinadigan - texnologik jarayon, moliya ahvoli, tashkiliy tuzilishi, bozorni tanlash va boshqalar bilan bog’liqdir. Nazorat qilinadigan omillarni tashkilot va uning marketing xizmati boshqaradi. Ana shu omillardan marketing xizmati tomonidan nazorat qilinmaydigan ayrimlarini oliy rahbariyat boshqaradi. Uncha katta bo’lmagan yoki o’rtacha tashkilotlarda umumiy siyosat masalalarini ham marketing qarorlarini ham, bir shaxs odatda mulk egasi yoki oliy rahbar qabul qiladi, lekin bunday hollarda dastavval umumiy maqsadlarni belgilash, so’ngra ularga marketing rejalarini moslashtirish kerak. Nazorat qilinmaydigan omillar tashkilot va uning marketing xizmatlari tomonidan boshqarila olmaydigan faoliyatiga ta’sir ko’rsatuvchi tarkibiy qismlardir. Nazorat qilinmaydigan omillarning salbiy ta’siri natijasida qanchalik jozibali bo’lmasin har qanday reja barbod bo’lishi mumkin. SHuning uchun tashqi muhitni muntazam kuzatish, uning ta’sirini hisobga olish lozim bo’ladi, kutilmagan vaziyatlar sodir bo’lganda qilinadigan ishlar rejada ko’zda tutilishi kerak. Quyidagi nazorat qilinmaydigan omillarni hamisha hisobga olish va oldindan ko’ra bilish talab etiladi: iste’molchilar, raqobat, hukumat, iqtisodiyot, texnologiya, mustaqil ommaviy axborot vositalari. Demak, yuqoridagilardan xulosa qilsak, firma yoki korxonaning butun faoliyati to’la-to’kis bozor munosabatlarini mujassamlashtiradi. Firma va bozor tushunchalari, bozor iqtisodiyoti sharoitida bir-biridan ajratib bo’lmaydigan
iqtisodiy kategoriyalar hisoblanadi. Chunki firmalar faoliyatisiz bozor bo’lishi mumkin emas. Download 144.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling