Mavzu. Marketing muhiti. Marketingni tarkibiy tuzilishi va uni boshqarishni tashkil etish


 Marketing tizimi va uning tarkibiy tuzilishi


Download 144.87 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana09.01.2022
Hajmi144.87 Kb.
#256817
1   2   3   4
Bog'liq
6-mavzu.Marketing muhiti

2. Marketing tizimi va uning tarkibiy tuzilishi 

Marketing  tizimi  -  bu  qo’yilgan  maqsadlarga  erishish  va  maqsadli  bozor 

talabini  qondirish  uchun  marketing  qismlarining  aniq  birikuvidir.  Tarkib  o’zida 

to’rtta  asosiy  qism  –  mahsulot  yoki  xizmat,  narx,  taqsimot  va  siljitishlarni 

birlashtiradi. 

Tovar  va  xizmatlarni  olganda  bozorga  nima  tavsiya  yetilishi  sifat  darajasi, 

sotish  hajmi,  kompaniyaning  innovatsion  darajasi,  ulchovning  holati,  alohida 

shartlar tadqiqotlarning hajmi va muddatlari mavjud mahsulotni sotishni to’xtatish 

paytini aniqlab olish kerak. 

Marketing  tizimi  ijtimoiy-iqtisodiy  elementlar,  sub’ektlar  yig’indisidan 

iboratdir. Marketing tizimi o’z tarkibiga turli elementlarni qamrab oladi: 

➢  ta’minotchilar; 

➢  raqobatchilar; 

➢  vositachilar; 

➢  iste’molchilar (bozor); 

➢  firma (kompaniya). 

Marketing  tizimini  shakllantirish  va  amal  qilishi  aniq  urab  to’rgan  muhit 

ta’sirida olib boriladi. Bu muhitga ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy, demografik 

va ekologik omillar kiradi. 

Ta’minotchilar  –  alohida  olingan  tashkilot,  uyushma,  shaxslar  yig’indisidan 

tarkib topib, firmani moddiy, moliyaviy va mahsulot resurslari bilan ta’minlaydi. 

Raqobatchilar  –  istak  bo’yicha,  safdosh  tovar  bo’yicha,  tovar  turi  bo’yicha, 

tovar markasi bo’yicha turkumlanadi. 

Marketing bo’yicha vositachilar – tashkilot uchun uning tovarlarini mijozlarga 

yetkazish, sotish, aloqa o’rnatish bo’yicha yordam ko’rsatuvchilardir. 

Vositachilar – savdo, logistik, marketing va moliyaviy vositachilarga bo’linadi. 

Savdo vositachilari - ulgurji va chakana savdogarlardir. 



Logistika  vositachilari  –  ombor  tizimi  xizmatlarida  tovar  va  oqim  holatlarini 

transportirovka qilish bilan shug’ullanish. 

Moliyaviy  vositachilar  –  bank,  kredit,  sug’urta  va  boshqa  moliyaviy 

xizmatlarni amalga oshiradi. 

Iste’molchilar  – firmalar, alohida fizik shaxslar yoki ularni potentsial guruhi 

bo’lib, ular bozorda mavjud bo’lgan tovar va xizmatlarni olishga tayyor. 

Iste’molchi  –  bozor  kiroli,  marketing  vazifasi  doimo  iste’molchini  xulq-

atvorini o’rganish, uni ehtiyojini firma mahsulotiga bo’lgan munosabatini o’rganish, 

tahlil qilishdan iborat. 

Firma,  marketing  va  bozor  munosabatlari  bir-biriga  o’zaro  ta’sir  o’tkazib, 

dialektik  bog’liqlikda  harakatlanib  boradi.  Firma  yangi  texnologik  jarayonlarni 

egallashga,  yangi  mahsulotlar  ishlab  chiqarishga  faqat  bozordagi  munosabatlar 

sabab bo’ladi. 

Marketing tarkibini ishlab chiqishda bosh masala uning bir butunligi, maqsadga 

erishishda muvaffaqiyatni ta’minlovchi barcha omillarning o’zaro aloqasidir. 

Marketing iqtisodiy kategoriya sifatida g’oyasi serqirradir. Uning tarkibi yoki 

faoliyat sohalarida quyidagicha: 

- ishlab chiqarish vositalari marketingi; 

- iste’mol tovarlari marketingi; 

- xizmat ko’rsatish marketingi; 

singari turlarini ko’rsatish mumkin. 

Buning har birining faoliyatida umumiy tamoyillar va vazifalar saqlanib qoladi, 

ammo bu yo’nalishlarning har biri o’ziga xos tomonlari bilan ajralib turadi. 

Ishlab  chiqarish  vositalari  marketingi  birinchi  navbatda  ishlab  chiqarish 

talablarini hisobga olishga asoslanadi. SHu sababli maqsadga muvofiqlik maqbullik 

kat’iy uyg’unlik eng birinchi o’rinda turadi. 

Iste’mol  tovarlari  marketingi  xilma  xil  talab  va  didga  ega  bo’lgan 

iste’molchilarning keng doiralari bilan bog’liq. 

Bu sohada iste’molchi fe’l atvorining tub mohiyatini o’rganishga katta e’tibor 

beriladi.  Xususan  iste’molchilarni  guruhlash,  reklama,  mahsulot  sotishni 




uyushtirish, bularning barchasi iste’mol tovarlari bozorida marketing faoliyatining 

asosiy  masalalari  hisoblanadi.  Masalan,  do’konlarda  o’z-o’ziga  xizmat  ko’rsatish 

tamoyillari iste’mol tovarlari marketingi samarasi. 

Iste’mol  tovarlari  xizmati  marketingi  ishlab  chiqaruvchi  bilan  iste’mol 

o’rtasida  bevosita  aloqaning  mavjudligi  bilan  ajralib  turadi.  Xizmatlarning 

ko’pchilik qismi kompleks xarakterga ega. Masalan, mehmonxonalar, jamoat ovqat 

joylari,  yekskursion  xizmat,  yedgorlik  mollari  sotish  va  xaqozolar  paydo  bo’lishi 

yalpi turistik mahsulot tushunchasi bilan bevosita bog’liqdir. SHu sababli ko’rsatish 

sohasida marketing juda katta yo’nalishga ega. 

Marketingni  tashkil  etish  -  marketing  xizmatini  boshqaradigan  idoralarning 

tashkililiy  kurilishi  bo’lib,  u  yoki  bu  topshiriqni  bajarish  uchun  buysunish  va 

javobgarlikni belgilaydi. 

Marketingni  tashkil  qilish  -  korxonada  bir  necha  yo’nalishda  amalga 

oshiririlishi mumkin: 

1. Funktsional-bunda javobgarlik taqsimot, sotish, ta’minot va tovar harakatini 

tashkil qilish doiralariga to’shadi. 

2.  Tovarlar  tamoyili  bo’yicha  tashkil  etish.  Unda  funktsional  tamoyillarga, 

yana bir tovar markasi uchun boshqaruvchilar qo’shiladi. 

3.  Bozor tamoyili bo’yicha tashkil etish. Unda funktsional tamoyillariga, yana 

bir hudud bozorlari va iste’molchilar turi bo’yicha boshqaruvchilar qo’shiladi. 

Funktsional tashkil etishning yutuqlari, bo’limalarning boshqarishdagi soddali, 

bajariladigan funktsiyalarga yuqori javobgarlikdan iboratdir. Lekin bu tuzilishning 

qator kamchiliklari ham mavjud:  

• tovarlar bo’yicha maxsus bo’limlarning yo’qligi;  

• bozorning hududiy segmentlari bo’yicha maxsus bo’limlarning yo’qligi; 

• bozor  talablarining  o’zgarishi  va  iste’molchilar  talabiga  operativ 

reaktsiyaning sustligi; 

• marketing  tashkilotlari  tadbirlarning  moliyalashtirish  masalalarini  hal 

etishning qiyinlashganligi. 



Tovar  tamoyili  bo’yicha  tashkil  etish  tovarlar  va  ular  guruhlari  bo’yicha 

bo’limlar tashkil etishni talab etadi. Unda tovar bo’limlari bo’yicha mustaqil qaror 

qabul qiladi. Marketing xizmatining tashkiliy tuzilishi bu kabi bo’lgan shakl, avvalo 

ishlab chiqaradigan tovarlar assortimenti katta bo’lgan firmalarga to’g’ri keladi. 

Tovar tamoyili bo’yicha tashkil etish shakli ham, shuningdek kamchiliklarga 

ega. Boshqarishning bu kabi tizimi marketing faoliyatining o’ziga xos tamonlarini 

doim  ham  e’tiborga  olmaydi.  Tovarlar  bo’yicha  guruhlar  ishchilari  o’z 

majburiyatlarini samarali bajarish uchun etarlicha huquqlarga ega emas, boshqaruv 

apparatida katta sonli guruh va guruhchalar paydo bo’lishi bilan ularni ushlab turish 

katta xarajatlar talab qiladi. 

Bozor tamoyili bo’yicha tashkil etishda deyarli barcha korxonalar o’z tovarini 

xarakteri jihatidan turlicha bo’lgan bozorlarda sotadi. Turli bozorlarning sotib olish 

xususiyatlar yoki turli tovar afzalliklariga ega bo’lgan hollardagina bozor tamoyiliga 

ko’ra  tashkil  etish  maqsadga  muvofiqdir.  SHuning  uchun  marketing  xizmati 

bo’limlari asosiy bozorlarga qarab tuziladi. 


Download 144.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling