Mavzu: marketing tushunchasi va uning mohiyati


Download 1.41 Mb.
bet1/4
Sana07.10.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1694516
  1   2   3   4
Bog'liq
Baxtiyor Abdumajitov

Mavzu: MARKETING TUSHUNCHASI VA UNING MOHIYATI

Reja:

  • Marketing tushunchasi va uning vujudga kelishi.
  • Marketing va sotish o’rtasidagi farq
  • Marketing maqsadi
  • Marketing jarayoni

Marketing - ayirboshlash munosabatlarini o‘rnatish va boshqarishdir. Marketing - mijozlar bilan munosabatlarni o‘rnatish va ularning ehtiyojini qondirishning biznes jarayoni. Xaridorga e’tiborni qaratgan holda, marketing biznes boshqaruvining dastlabki tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi.Marketing Amerika Marketing Assotsiatsiyasi tomonidan mijozlar, sheriklar va umuman jamiyat uchun qimmatga ega bo‘lgan takliflami yaratish, yetkazib berish va almashtirish jarayonlari majmuasi sifatida
izohlanadi.
1. MARKETING TUSHUNCHASI VA UNING VUJUDGA KELISHI

Marketing amaliyoti ming yillardan beri ma’lum boigan bo'lsa-da,

Marketing amaliyoti ming yillardan beri ma’lum boigan bo'lsa-da,

‘"marketing” atamasi mahsulot va xizmatlami sotib olish va sotish bilan

bog‘liq tijorat faoliyatlarini tasvirlashda XIX asr oxirlarida keng

qo'llanila boshlagan. Marketingning tarixini ilmiy soha sifatida

o‘rgatish XX asming boshlarida paydo bo‘lgan.


Tovar-pul munosabatlari paydo bo’lishi, ayirboshlash jarayoni
sotish va sotish siyosatini rivojlantirish hamda iste’molchilarni tovar va xizmatlar bilan ehtiyojlarini to‘la qondirishda marketing mazmuni va terminologiyasi yangilanib boradi. Marketing elementlarining paydo bo’lishi XVII asrning o'rtalariga borib taqaladi. Bu davrgacha tovarlami natural ayirboshlashning turli shakllari paydo bo’lgan, keyinchalik, marketing faoliyatini birinchi elementlari, ya’ni, reklama, narx, sotish kabilar rivojlanishi kuzatilgan. 0‘rta asrlarda Angliya va Yevropada bozor shaharlari paydo bo‘Idi. Ba’zi tahlilchilar "marketing" atamasi, avval, bozor sharoitida ishlatilgan bo'lishi mumkin, degan xulosaga kelganki, unda "marketing" atamasi ishlab chiqaruvchilar tomonidan o’z mahsulotlarini yetkazib berish va bozorda sotish jarayonini tasvirlash uchun ishlatilgan.
  • Miloddan avvalgi 200 yillardan boshlab, Xitoy qadoqlashi va tovar belgilari, joy nomlarini va mahsulot sifatini belgilash uchun ishlatilgan va davlat tomonidan qo'llaniladigan mahsulotlami brendlash miloddan avvalgi 600 - 900-yillar orasida ishlatilgan. 1600-yilda Italiyada pulli reklama paydo bo’lgan, 1605-yilda dunyoning birinchi gazetasi Gennaniyada nashr etilgan, 1600 - 1700-yillarda Angliyada targ‘ib qilish uchun plakatlar va qog‘ozlar ishlatila boshlagan. G‘arbda marketing XIX asming o‘rtalarida paydo boigan. Birinchi kombayn ixtirochisi Sayrus Makkormik birinchilardan boiib, marketingni korxonaning markaziy yo‘nalishi va o'zining iste’molchilari doirasida ishlaydigan menejer deb ta’rif bergan.
  • Piter Druker nazariyasiga asosan, marketing 1690-yillarda Yaponiyada vujudga kelgan. Mitsui oilasi Tokioga ko‘chgan va u yerda do‘kon ochib, savdo-sotiq qilgan. Yillar davomida iste’molchilar ehtiyojini qondirish uchun do‘konga kerakli mahsulotlami xarid qilgan; mahsulotlami o‘zi ishlab chiqarish uchun manba va mablag'lar izlagan; qaytarilgan tovarlar uchun pulni, so‘zsiz, qaytarib berish prinsipini kiritgan; xaridorlar uchun mahsulotlar turlarini sezilarli darajada kengaytirgan.


Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling