Mavzu: marketing tushunchasi va uning mohiyati
Download 1.41 Mb.
|
Baxtiyor Abdumajitov
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. MARKETING VA SOTISH O’RTASIDAGI FARQ
- MARKETING SOTISH
Mitsui oilasi
Marketing korxonalaming bozorda ishlash uslubi, bozor metodologiyasi bo’lib, iste’molchilar va ulaming talab istaklarini o'rnatish, ularga mos tovarlar yaratish, narx belgilash, tovarlarni yetkazib berish, taqdim etish, sotish, xizmat ko‘rsatishni uyushtirish usullari, vositalari, tartib qoidalari majmuyi hisoblanadi. Bularning barchasi talab va taklifni o'zaro muvofiqlashtirishga xizmat qiladi. 1972-yilda F. Kotler mikromarketing va makromarketing tushunchalarini asoslab beradi. 1976-yilda Shelbi Xant marketing ayirboshlash jarayoni haqida ilm hisoblanishini ko‘rsatdi. XX asming 80-yillar oxiri 90-yillar boshlarida marketingni globallashtirish jarayoni kuzatildi. Shuningdek, 1990-yilda Kanberra shahrida (Avstraliya) ≪Marketing - bu hamma narsa≫, ≪Marketing biznesni anglatadi≫ shiori ostida global marketing bo'yicha Xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tgan. 2. MARKETING VA SOTISH O’RTASIDAGI FARQ "Marketing" va "sotish" tushunchalari bir-biri bilan bog‘liq boisada, sinonim tushunchalar yoki bir xil ma’noli so‘zlar emas. Avvalroq aytib o‘tganimizdek, "Marketing" mijozlar ehtiyojini qondirish orqali daromad olishga intiladi. Marketingda iste’molchining ehtiyojlari va ulaming qoniqishlariga e’tibor qaratiladi. Marketing turli xil reklama tadbirlari, marketing tadqiqotlari, savdo xizmati va hokazolar kabi savdo va boshqa faoliyatlarni o’z ichiga olad Marketing iste’molchilarning ehtiyojlari, istaklari, afzalliklari,xohishlari va boshqalar bo’yicha tadqiqotlar bilan boshlanadi va savdodan keyin ham davom etadi Asosiy maqsadi iste’molchilar qoniqishini maksimallashtirish orqali daromad olish Xaridorning ehtiyoji barcha marketing faoloiyatlari atrofida aylanadigan markaziy nuqtadir Mijozlarni jalb qilish ,yo’qotmaslik kabi uzoq muddatli maqsadlarga erishish uchun kompleks yondashuv MARKETING SOTISH Sotish bu iste’molchilar firma tovarlari va xizmatlarini sotib olishlariga ishontirish bilan cheklanadi Sotish ishlab chiqarish jarayoni tugallangach boshlanadi va xaridor tomonidan sotuvchiga pulning o’tishi bilan yakuniga yetadi Asosiy maqsadi savdoni maksimallashtirish orqali daromad olish Qisqa muddatli foyda olish uchun fragmentlarga ajratilgan yondashuv Barcha faoliyatlar ishlab chiqarilgan mahsulot atrofida aylanadi Boshqa tomondan, "mahsulot sotish" mahsulot bilan bog’liq va ishlab chiqarilgan mahsulotni sotishga urg‘u beradi. Darhaqiqat, u keng miqyosli marketing jarayonining kichik bir qismi bo‘lib, unda asosiy e’tibor mahsulot va xizmatlami qoilab-quvvatlash va oxir-oqibat savdo hajmini oshirishga qaratilgan. Marketing uzoq muddatli istiqbolga ega bo’lib, maksimal darajada ehtiyojni qondira oladigan mahsulot bilan ta’minlab iste’molchining mahsulotga sodiqligini qozonishdir. Biroq, sotish faqatgina sotuv hajmini oshirishning qisqa muddatli istiqboliga ega. "Marketing"da iste’molchi ehtiyojlari qoniqtirilishi lozim bolgan “podshoh”dir. "Sotish"da, mahsulot muhimdir va uning asosiy maqsadi uning sotilishi. "Marketing" ishlab chiqarishdan oldin boshlanadi va tovarlar va xizmatlar almashinuvidan keyin ham davom etadi. Aynan shuning uchun sotishdan keyingi xizmat ko‘rsatishni ta’minlash marketing jarayonining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. "Sotish" ishlab chiqarishdan keyin boshlansa, mahsulot va xizmat almashinuvi sodir bo’lgandan so‘ng tugaydi. Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling