Mavzu: Mashina detallarini yig‘ishga tayyorlash va yig‘ish texnologiyasi. Reja


Yig’ish chizmalarini bajarishga qo’yiladigan talablar


Download 169.34 Kb.
bet4/5
Sana06.04.2023
Hajmi169.34 Kb.
#1335211
1   2   3   4   5
Bog'liq
Omonov T. 4.4

Yig’ish chizmalarini bajarishga qo’yiladigan talablar
Yig’ish chizmalarida buyumlarni yig’ish va nazorat qilishda zarur bo’lgan quyidagi ma’lumotlar bo’lishi kerak.

  • Yig’ma birlikni tasviri bo’yicha uning tarkibiy qismlarining o’zaro bog’lanishi va undagi biriktiriladigan detallarning joylashuvi haqida ma’lumotlar.

  • Yig’ish chizmasida bajarilishi va nazorat qilinishi kerak bolgan
    o’lchamlar, chekli chetga chiqishlar hamda boshqa parametrlar va talablar.

-Detallarni qanday usullar (payvandlash, parchinlash va boshqalar) yordamida biriktirilishi xaqida ma’lumotlar.
-Bevosita buyumning tarkibiga kiruvchi qismlarining pozitsiya belgilari.
-Buyumning asosiy xarakteristikalari.
-Buyumning gabarit, o’rnatish va biriktirish hamda kerakli ma’lumot (spravka) o’lchamlari.
-Yig’ish chizmasining asosiy yozuvi va uning spetsifikatsiyasi (GOST 2104-96).
Har bir buyumning gabarit o’lchamlariga ko’ra yig’ish chizmasi alohida formatda bajariladi. Yig’ish chizmasida ko’rinishlar soni minimal darajada bo’lishi, lekin bu ko’rinishlar buyum haqida, uning detallarini yig’ish haqida to’la ma’lumot berishi lozim. Ko’pincha ko’rinishlar soni buyumning murakkabligiga bog’liq. Asosiy ko’- rinishlarni kamaytirish hisobiga, ustiga chizilgan proyeksiyalar, mahalliy ko’rinishlar kerakli qirqim va kesimlardan foydalanish juda muhim hisoblanadi.

Yig’ish chizmasining spetsifikatsiyasi




Yig’ish chizmasining asosiy yozuvi va spetsifikatsiyasi GOST 2104-96 da ko’rsatishgandek bajariladi (8.2-shakl). Spetsifikatsiya grafalari quyidagicha to’ldiriladi:
1. Format. Spetsifikatsiyada nomi ko’rsatilgan hujjatlarning formati belgisi yoziladi.
2. Zona. Agar chizmaning maydoni zonalarga GOST 2104-96 ga muvofiq bo’lingan bo’lsa, buyumning tarkibiy qismlari joylashtirilgan zonalar ko’rsatiladi.
3.Pozitsiya. Bunda spetsifikatsiyaga yozilayotgan buyum tarkibiga bevosita kiruvchi qismlarning tartib raqamlari spetsifikatsiyada yozilgan tartibda ko’rsatiladi. Hujjatlar, komplektlar bo’limlari uchun bu grafalar to’ldirilmaydi.
4. Belgisi. Bu yerda konstruktorlik hujjatlarining belgilari yoziladi. Yig’ish chizmasi va spetsifikatsiya bu grafada bir xil belgilanadi, lekin yig’ish chizmasi belgisiga ikki harf YCH (yig’ish chizmasi) qo’shib yoziladi.
5. Nomi. Bu grafada quyidagi ma’lumotlar beriladi. 1) Hujjatlar bo’limida. Bolimning konstruktorlik hujjatlari komplektiga kiruvchi hujjatlarning nomi, masalan, yig’ish chizmasi, gabarit chizmasi, montaj chizmasi, texnikaviy talablar va hokazolar yoziladi;
2) Komplekslar, yig’ish birliklari, detallar va komplektlar bo’limlarida buyumning nomi yoziladi; 3) standart buyumlar bo’limida standartlar tomonidan buyumga berilgan nomerlar ko’rsatiladi; 4) Ashyolar bo’limida standart tomonidan ashyoga berilgan belgilar yoziladi.
6. Soni. Bu grafada buyum tarkibiy qismlarining soni ko’rsatiladi.
7. Eslatma. Bu grafada buyumga tegishli qo’shimcha ma’lumotlar ko’rsatiladi.
Standart buyumlar spetsifikatsiyasiga alfavit tartibda, tegishli standartlarda berilgan nomlari va belgilari yozib qo’yiladi, masalan, Bolt M10x60, 58 GOST 7798-96.
Spetsifikatsiya grafalarini to’ldirishda har bir bo’limdan keyin bir yoki ikki qator bo’sh qoldiriladi. O’quv chizmalari uchun spetsifikatsiyani to’ldirish namunasi 8.2-shaklda ko’rsatilgan.



Download 169.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling