Mavzu: Mashinasozlik texnologiyasida Mexatronikaning o`rni. Reja: Mexatronika haqida tushunchalar
Download 1.61 Mb.
|
Mexatronika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar.
- Mexatronikaning bosh metodologik g‘oyasi
Mavzu: Mashinasozlik texnologiyasida Mexatronikaning o`rni. Reja: Mexatronika haqida tushunchalar. Mashinasozlik texnologiyasida Mexatronika tizimlarining ko`rinishi. Mashinasozlik texnologiyasi Mexatronikaga qo`ylidigan talablar. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. (Mexanika (yunon tilida mashinalarni qurish san’atini bildiradi) – bu jismlarni fazoda kо‘chirishlari va bunda sodir bо‘layotgan о‘zaro ta’sirlar haqidagi fan) Keng ma’noda mexatronika harakatlarni kompyuter boshqarishiga asoslangan har xil maqsaddagi texnik tizimlar, agregatlar, mashinalar va mashinalar majmualarni о‘rganadi. Mexatronikaning bosh metodologik g‘oyasi avval ajralgan va xolis bо‘lgan mexanika, mikroelektronika, elektrotexnika, kompyuter boshqarish hamda axborot texnologiyalari kabi ilmiy-texnikaviy soxalarni tizimiy birlashtirishdan iborat. Yoki boshqa sо‘zlar bilan aytganda, mexatronikani fan sifatidagi vazifasi avval ajralgan va aloxida bо‘lgan mexanika va kompyuter boshqarish, axborot texnologiyalari va mikroelektronika kabi texnika soxalardagi bilimlarni birlashtirish (integratsiya qilish)dan iborat. Mexatron tizimlarda uchta tashkil etuvchi qismlarni, ya’ni mexanika, elektron va kompyuter qismlarni, yiriklashgan holda ajratish qabul etilgan, mazkur qismlarning birlashtirishi butun tizimni tashkil etadi (rasm 1.) Yangi avloddagi mashinalarni yaratish borasida mexatronikaviy yondashish – bu funksional (vazifaviy) yuklamani mexanikaviy qismlardan intellektual qismlarga kо‘chirilishini bildiradi. Misol tariqasida ishlab chiqarish mashinalarning taxlili shuni kо‘rsatadi-ki, 1990-yilar boshidan xozirgi kungacha mashinalarda mexanikaviy qismlarning ulushi 70% dan 25-30% gacha qisqargan. Ishlab chiqarish mashinalardagi 1970-yillardan boshlab 30 yil davomidagi ushbu jarayonning dinamikasini aks ettiradigan xarakterli ma’lumotlar jadval 1 da keltirilgan. 1990-yillar boshida mashinalar vazifalarining mutloq kо‘pchilik qismi (70% dan ziyod) mexanikaviy yо‘l bilan bajarilayotganini jadval taxlilidan kо‘rish mumkin. Keyingi о‘n yilliklarda mexanikaviy qismlarni avval elektron, keyinchalik esa kompyuter qismlar bilan asta-sekin almashtirish sodir bо‘ldi. Xozirga vaqtda mexatron tizimlarida mexanikaviy, elektron va kompyuter komponentlari о‘rtasida vazifalar xajmi deyarli barobar taqsimlangan. Shunda sо‘nggi о‘n yil ichida kompyuter qismining ulushi ikki martaga о‘sgan va ushbu tendensiyani kelajak texnikasida saqlanishiga barcha asoslar mavjudligini bashorat qilish joiz bо‘ladi. Rasm 1. Mexatron tizimlarning k omponentlari Jadval 1. Mexatron tizimlar komponentlarining funksional yuklamalarini о‘zgarishi
Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling