Mavzu: "Mashrab" ning ma'naviy merosi reja: Mashrab hayoti haqida ma’lumot beruvchi manbalar. «Qissayi Mashrab»
Download 73.5 Kb.
|
Mashrab ning ma\'naviy merosi
Mavzu: "Mashrab" ning ma'naviy merosi REJA: Mashrab hayoti haqida ma’lumot beruvchi manbalar. «Qissayi Mashrab»da shoir hayotiga doir voqealarning aks etganligi. Mashrabga oid ma’lumotlar aks etgan tazkiralar (Muxammad Bade’ Maleho Samarqandiy «Muzakkiral-as’hob», Abdulmutallib Xojai Fahmiy «Majmuai Fahmiy», Is’hoq Bog’istoniy «Tazkirayi qalandaron» va boshqalar). Mashrab tarjimayi holini tiklashga bo’lgan urunihlar va bu yo’lda erichilgan natijalar. Mashrab she’riyati: timsollar olami, janrlar xilma-xilligi, san’atkorligi. Shoir Boborahim Mashrab hayotiga doir chunshalar ko’p va bir-biriga zid ma’lumotlar ko’pligidan ularning aslini soxta ma’lumotlardan ajratish qiyin. Buning boisi xalq o’zi sevgan shoir haqida turli xil rivoyat va afsonalar to’qigani, turli xil manqaba va xalq kitoblaridagi ma’lumotlarni tarixiy deb qabul qilinganligidandir. Shoir Mashrab hayoti va ijodini o’rganih va uning tarjimayi holini to’la tiklash uchun dastlab o’z davrida yaratilgan manqaba va tazkiralarni o’rganib chiqih lozim bo’ladi. Dastlab «Devonayi Mashrab» (ayrim manbalarda «Shoh Mashrab») nomi bilan mahhar bo’lgan manqabani o’rganih lozim bo’ladi. Bu manbaning muallifi garchi aniq bo’lmasa-da, unda bayon qilingan voqealar asosan, Mashrabning yaqin zamondohlari va muchiblari tomonidan bayon qilingani va tasdiqlangani uchun shoir tarjimayi holini tiklashda bu birlamchi manba bo’lishi shubhasizdir. Bundan tahqari bevosita shoirning hayotligida yaratilgan tazkiralar borki, bulardan birinchisi Muhammad Bade’ maleho Samarqandiyning «Muzakkir al-as’hob» asaridir. Asar muallifi Mashrab bilan ikki marta ushrahganini va dastlabki ushrashuv shoirning «navras»lik davrida ekanini yozadi. Ushbu tazkiradagi voqealarni «qissayi Mashrab» voqealari bilan solihtirilsa, shoir hayotining noma’lum qirralari ochilihi mumkin. Yana bir e’tiborli manbalardan biri Abdumutallib Xojayi Fahmiyning «Majmuayi Fahmiy» tazkirasi bo’lib, bu e’tiborli manba bo’lgani uchun ham Fitrat shoir tarjimayi holi voqealarini tiklashda unga bir nesha bor murojaat qilgan. Tazkiralar orasida Mashrabning bevosita hogirdlaridan biri Is’hoq Ziyovuddin Bog’istoniyning «Tazkirayi qalandaron» asari bo’lib, bunda manqaba yo’li bilan shoir Mashrabga xos bir nesha sifatlar ko’rsatilgan yana shu manbadan ma’lum bo’lishisha, «qissayi Mashrab»ning bizgasha yetib kelihida ham ushbu muallifning hissasi bor. Shu ihoradan kelib chiqib «qissayi Mashrab»ni ayrim olimlar Is’hoq Bog’istoniyga, ayrimlari esa Pirmat Setoriyga nisbat berishadi. Keyinroq yaratilgan yana bir muhim manba Majzub Namangoniyning «Tazkiratu-l-avliyo» asari bo’lib, bunda Mashrabning keyingi davrlarda yashagan hogirdlarining shohidlariga tayangan holda muallif yangi ma’lumotlar beradi. Bundan tahqari ayrim olimlar Mashrab haqidagi tarixiy manba sifatida Abdushukur Ziyoning «Musavvadayi Abdushukur» asarini ham ko’rsatadilar. Mashrabning bevosita hayot voqealari aks etmagan bo’lsa ham u yashagan davr voqealari mana shu davr tarixchilari Sayyid Hakimxon to’raning «Muntahabu-t-tavorix», Mirza Olim munhiyning «Ansobu-s-salotin» nomli asarlarida ham aks etgandir. Bu tarixiy manbalarni ham «qissayi Mashrab» bilan solihtirish natijasida ko’p zarur ilmiy haqiqatlarni anglash mumkin. Shoirning tavallud vaqti haqida turli xil fikrlar mavjud: Ko’plab sho’ro davrida tarqalgan manbalarda, jumladan, g’afur g’ulom, A.Hayitmetov va A.Abdug’afurov 1640 yilda tug’ilgan deb yozganlar. Bir nesha olimlar Fitrat, V. Abdullayev, M. Zokirov 1657 yilda tug’ilganini manbalar asosida isbot qiladilar. Tadqiqotchi Jaloliddin Yusupov esa, 1653 yilda tug’ilgan degan xulosani beradi. Mashrabning tavallud o’rni haqida ham shunday bahsli fikrlar mavjud bo’lsa-da, prof. Fitrat birlamchi manbalar asosida Andijonda tug’ilganini va 14-15 yohlarida Namanganga tahsil uchun ketganini yozadi. Fitrat boshlagan birlamchi manbalar asosida shoir hayoti va ijodini o’rganih davom etmoqda. Holbuki, Maleshonning «Muzakkira-l-as’hob», Majzubning «Tazkirai qalandaron» asarlari ham shu fikrni tasdiqlaydi. Namanganli olim I.Abdullaev so’nggi maqolalarida Mashrab Namanganda tug’ilgan, degan da’voni takrorlab turibdi. Hozirga qadar Mashrab hayotiga oid shunday ma’lumotlar bor: Boborahim Mulla Vali o’g’li Andijonda qahhoq bir oilada 1657 yilda tug’ilgan, 15 yasharlikda Namanganga o’tib, Mulla Bozor Oxundning tarbiyasiga kirdi. 20-25 yohlarida Samarqandga keldi, so’ngra yana Namanganga qaytdi. Namangandan Mulla Bozor Oxund dalolati bilan qahg’arga borgan. Ofoq Xo’jaga murid bo’lgan. Umuman, Xitoy Turkistonida 8-10 yil o’lkalarni aylanib, 1691 yilda Samarqandga jo’nagan va yana Buxoroga qaytib, so’ngra Hindiston safariga chiqqan. Hindistondan yana O’rta Osiyoga qaytgan va qarchi hahrida to’rt yil turgan. qarchidan yana safarga chiqqan, bu safarning 3-4 yillarida Balxda Mahmudbiy qatag’on tomonidan 1711 yilda o’ldirilgan. Mashrabning asarlari ham asosan bizgasha manqabaga ko’ra bizga kelgan. Bundan tahqari «Boqirg’on kitobi» kitobi nomli majmuada shoir she’rlaridan namunalar keltirilgan. Shu bilan birga quyidagi tazkira va bayozlarda ham shoir she’rlaridan namunalar bor: Ziyovuddin Is’hoq Bog’istoniy «Tazkirayi qalandaron» (Pirmat Setoriy iltimosi bilan yozilgan), «Kitobi Sadoiy», «Majmuayi Xojam Poshsho» va boshqalar. Yuqorida tilga olingan manbalarda mualliflik masalasi degan muammo ham bor. Chunki «qissayi Mashrab», tabiiyki, Mashrab tomonidan yozilmagan. Shunday ekan, muallif o’z nomidan ayrim baytlar aytib asarni to’ldirgani bo’lishi ehtimoli ayrim manbalarda tilga olinadi. Shuningdek, manqabaning turli nusxalaridagi she’rlar turlisha ko’chirilgani ham bu fikrni isbyuotlab turibdi. Hatto manqabada Mashrabdan boshqa taxalluslar ham ushraydi, ba’zi o’rinlarda esa, boshqa shoirlarning, jumladan, Turdining quyidagi she’rlari: Jism qolibdin nafas tori uzulmasdan burun, Bochingga davri qazo bazmi qurilmasdan burun, Xasta joning (Turdida «javon xon»ning tark rahmatidin) so’kilmasdan burun, Ey ko’ngul, kasi asosi tan buzulmasdan burun, Oqi abaru kursiyu dindin to’kulmasdan burun - deb boshlangan 5 bandli muxammas to’la holda Turdi majmusida 9 band holida bor. «Qissayi Mashrab» tarkibida Ranjiy, Ahmad qori, Mahvash, Zayrak, Mansur kabi shoirlarning asarlari ham borligi ma’lum bo’lmoqda. Nechun aylay ayo do’stlarim janonimdin ayrildim Tiriklik boyasi ul munisi jonimdin ayrildim. Mahvash bibining she’rlari ekani haqidagi ma’lumot Majzubning «Tazkiratush-avliyo»sida ma’lumot bor. Tabiiyki, Mashrab taxallusli she’rlarning hammasi hali uniki emas, ayrim misralari ham shubhali. Ayniqsa, vazn buzilganlari Mashrabniki emas. «qissa»dagi eng ihonshli she’rlarnigina o’rganganimizda Mashrabning chindan-da o’ta nozik iste’dod sohibi bo’lganini anglaymiz. Mashrab she’rlarida «yig’i» timsoliga alohida ma’no berilgan. Anlachimizsha, Mashrab hammani ham yig’lashga loyiq deb hisoblamaydi: Matlabim bor - narovo men yig’lamay kim yig’lasin, Dard beribdur bedavo men yig’lamay kim yig’lasin - yoki onasi haqida yozganda: E safo baxhi bahoru bo’stonim qaydasan, Nuri diydam, mushfiqim oromi jonim qaydasan, Volidam Makkam, Madinam mehribonim qaydasan kabi dardli misralarni tizgan. Mashrab she’rlarida Navoiy va Fuzuliydan ta’sirlanish hollarini ham kuzatish mumkin: Mashrab benavoduman, vasling uchun gadoduman, Hajr o’tig’a kuyadiman, yor jafosini ko’rung. Hay, hay, na go’zalsan, na ajoyib qiyomat Mani mavjudlig’im bazmi xarobat erdi san bilmong, Gunah qondir sarupoyim, karomat erdi san bilmong yoki Mani Majnunni bekor onglama, ey ahli g’aflat san, Ki kunda bochima yuz mingga ofat erdi, san bilmong Albatta, xalqqa dardkah ravishda aytilgan bu misralar Mashrabning o’tli iste’dodidan darak beradi: Dili tig’i sitamdin pora bo’lgan xalqni ko’rdim, Tani dardu alamdin yora bo’lgan xalqni ko’rdim Kuzi vaqti sahar sayyora bo’lg’an xalqni ko’rdim Mashhur Lutfiyning: Sensen sevarim, xoh inon, xoh inonma deb boshlanadigan g’azaliga chiroyli nazira bog’laganini yoki Navoiyning Ohkim ul oshno begona bo’ldi oqibat deb boshlanuvchi g’azali ruchida Naylayin dil dardin, begona bo’ldim oqibat, Yuz g’amu hasrat bilan hamxona bo’ldim oqibat, Qildi bu sharxi falak rasvoi davron oqibat, Boru yo’qim bo’ldi oxir yerga yakson oqibat kabi she’rlarini ko’rish mumkin. Mashrab yurubon olam aro topmadim maqsud, Yuz shukurki, oning bilan ulfat bo’la qoldi kabi she’rlarni aytgan otahnafas shoir haqli ravishda Lufiy, naviy va fuzuliylar qatoridan o’rin olgusidir. Shunday qilib, Fitrat 20-yillarning oxirlarida Mashrab mavzusiga qo’l urarkan, bu adabiy davrining barcha siyosiy ham madaniy xususiyatlarini puxta o’rgangandan keyingina bu mas’uliyatni vazifaga o’zini bag’ihladi. Fitrat maqolasida Mashrabning qalandarligi munosabati bilan tasavvuf ta’limotining qalandarlik tariqati haqida ilmda birinchilardan bo’lib izchil ma’lumot berishga erishgan. Olimning yozihisha, «juda oz material bilan qalandarlik masalasining sinfiy mohiyatini oshmoq va shu yo’l bilan Mashrabning sinfiy tusini ko’ra olmoq mumikn bo’lmaydir. Shunday bo’lsa ham bundan so’ngragi tekhirishlarga balki yordami bo’lur umidi bilan qalandarlik haqida bilganim narsalarni qayd etib o’tmakni munosib ko’raman». Ma’lumki, qalandarlik haqida ozmi-ko’pmi ma’lumotlar «Haft qulzum», «Bahori ajam» kabi lug’at va tasavvuf kitoblarida ushraydi. Bundan tahqari Abdurahmon Jomiyning «Nafahot ul - uns» asarida ham bu haqda qisman xabarlar berilgan. Mana shu manbalarga asoslangan olim O’rta Osiyoda qalandarlik «qadimdan mavjud ekani»ni qayd etgan. Turk olimi Fuod Ko’pruli esa, qalandarlik tarixini XIII-XIV asrlarda Onado’lidagi mashhur tasavvuf oqimlari bobiylik, abdollik, bektohiylik, xurufiylik, qizilboshlilik, haydariylik qatorida qalandariylik ham mavjud bo’lib, bu oqimlardan nisbatan keng tarqalgan bektohiylik ta’limoti o’zining asosini qalandariylikdan olgani, ayrim horilarda xurufiylik bilan qalandariylik qorichiq holda mavjud bo’lganini qayd etgan. Shu bilan birga Kichik Osiyoda mashhur mutasavvuf, abdollik ta’limotining asoschisi Pir Abdol, asosan, qalandar Abdol ismi bilan mashhur bo’lganini ham e’tiborga olsak, bu tariqat Onado’lida Yunus Emroga qadar mavjud bo’lgan degan xulosaga kelihga yordam beradi. O’rta Osiyoda esa qalandariylik ayrim hollarda yassaviylik tariqatidan oziqlanganini va undan so’ngra mavjud bo’lganini tasdiqlovchi asoslar bor. «Boqirg’on kitobi»da esa yassaviy shoirlarining asarlari keltirilgani holda unda Mashrabning ham she’rlari ushrahi bu ikki tariqat o’rtasida bir-birini tutahturuvchi vositalar bo’lgani ko’rsatadi. Fitrat «Yassaviy maktabi shoirlari to’g’risida tekhirishlar» maqolasida mana shu muhim nuqtani qayd etib o’tgan, «Shoh Mashrab» qissasida esa: «Kechib dunyoi foniydin talabda bir qalandarman», yoki «Solib har yerda bir gulxan talabda bir qalandarman» degan Mashrab Xo’tan hahriga kelgash, u yerning fozillari bilan bo’lgan sushbatda «Mushkoti harifdan ikki masala oraga solgash, bu qalandar ilmi holdan xabardor ekan» deb unga tavozi’ qiladilar. Bu holat, ya’ni qalandariylikning ilmi hol (tasavvuf bilan) munosabatini ko’rsatuvchi muhim nuqtalaridan biri. Demak, O’rta Osiyoda Fitrat keltirgan ma’lumotlarga ko’ra, qalandariylik Onado’lidagiga nisbatan ham qadimiyroq bo’lib chiqadi. Shunday ekan, uning vujudga kelih tarixini yassaviyya tariqatidan so’ng, taxminan X11-X111 asrlar deb belgilash mumkin. Yuqorida tilga olingan manba «Haft quluzum»da qalandariylik sifatlaridan so’z ochilgan: «qalandar butun rasmiy taqliflardan, butun qaydlardan ozod bo’lgan, har turli diniy amal va odatlardan ayrilgan, butun moddiy, hayotiy aloqalarni tark qilgan, ibodat va odatlarning hammasini buzg’uvchi kichining ismidir». Jomiyning «Nafahot ul-uns» asarida esa, «qalandarlar diniy ibodatlarning farz bo’lgan qismlarinigina ado qiladilar» degan izoh bilan uning ma’lomatiylikdan farqli tomonlari ko’rsatilgan: «Malomatiylar diniy ibodatlarni ijro qiladilar, biroq ijro qilganlarini xalqdan yachiradilar. qalandarlar esa, to’g’ridan-to’g’ri diniy ibodatlarni va odatlarni buzadilar. Jomiyning bu ma’lumotida qalandarlik sifatining ayrim jihatlari ko’rsatilgan bo’lsa-da, ular «Shoh Mashrab» manqabasidagi qalandar Rahimboboning ayrim xususiyatlarini harhlashda yordam berichi mumkin. «Bahori ajam» asarida qalandarlik yo’lining ayrim odoblari bayon qilingash, mashhur tasavvuf shoiri Urfiy SHeroziyning ushbu bayti keltirilgan: Sanamorai qalandar sardor ba man namon, Ki basi daroz didam rashu rasmi porson (Tarjimasi: Taqvo yo’li juda ham uzoq ekan, menga qalandarlik yo’lini ko’rsating) Mana bu bayt yuqoridagi ma’lumotlar bilan birgalikda qalandarlar zushdu taqvo yo’lidan boshqasharoq yo’l tanlaganini ko’rsatadi. Bu boshqa yo’lning asosiy yo’nalihlarini esa, Fitrat Hoji Abdurahim Buxoriyning 1672 yilda yozilgan «Risolayi odobi tariq» kitobi vositasida tuchuntirgan. Bu kitobda qalandarlik ismigagina emas, uning har bir ahyosiga, narsasiga ham tasavvufiy ma’no yuklatilib, ularning quyidagisha harhi berilgan: «qalandar kulohi to’rt turli bo’lgan: kulohi amr, kulohi raviyat, kulohi subhoniy, kulohi ato. Bu to’rt turli kulohdan har birining to’rt burshagi bo’ladir. Kulohning burshagiga forsi(y)sha «tark» derlar. qalandarlar so’z o’yini qilib, bu forsi(y)sha «tark»ni arabsha «tahlamoq, qoldirmoq, qo’ymoq» ma’nolaridagi «tark» so’ziga aylantiradilar va kulohlarning «tark» (burshak) laridan har biriga arabsha «tark» so’zidan foydalanib, bir turli tasavvufiy ma’nolar beradirlar». Shu kabi kulohiy amrning to’rt tarkibi: tarki musharamot (haromni tark etish), tarki donih, tarki sufoti bahariy (ayrim insoniy sifatlarning tarki), tarki ahyovu satoti mulki (butun narsalar va mulkni tark qilmoq). Shuningdek, kulohi raviyatning to’rt tarki: tarki xalq, tarki tamoq, tarki dolq, tarki xirqa. Kulohi subhoniyning tarklari esa: baxillik, minnat, ikkiyuzlamachilik va takabburlikni tark etishdan iborat. Kulohi atoning tarklari: tarki dunyo, tarki nafs, tarki jannat va tarki vujudga ihoradan iboratdir. Bulardan tahqari risola muallifi qalandarlarning kamarlari yetti band bo’lib, har biri tasavvufdagi bir martaga ihorat ekanini, ularning kiyim liboslari dolq atalib, ular o’z navbatida ush turli: xirqa, kafani va jandadan iborat bo’lganini qayd etadi. Bular bilan birgalikda qalandarlarning kashkul, kadu, matbah va asolari haqida ham turli tasavvufiy ihoratlarni ma’lum qilgan. «Yana qalandarlarga maxsus hartlardan biri sosh kuydirish. Ayniqsa, birinchi davrlarda sosh kuyihni juda lozim deb biladilar. O’z oralarida so’ylashga maxsus sun’iy bir tillari ham bor. Unga «abdal tili» deylar». Mana shu kabi katta-kichik tafsilotlarni «risolayi odobi toriqdan keltirgandan so’ng Fitrat bularni umumlashtirib, shu kabi bizga muhim ma’lumotni yetkazgan: qalandarlik musulmon tasavvufining ho’’basidir. Bu maslak bizning o’lkamizda so’ng kunlargasha davom qildi. O’zbekiston shaharlaridan har birining tahqarisida «qalandarxona» ismli go’zal bog’sha holiga keltirilgan bir joy bor edi. qalandarlar shunda turar edilar. Bular qisman mahalliy, qisman musofir, yersiz, xususiy mulklari bo’lmagan kichilardan iborat bo’lib, asosiy kasblari tilanchilik edi. Haftada ikki daf’a tilanchilikka chiqib, shahar va bozorlarni aylanar edilar. O’zlariga maxsus qalandariy kuylari bor edi. Oralarda eng yaxchi tovushlisi shu kuylarda Yassaviy, Mashrab kabi shoirlarning she’rlarini o’qur va boshqalari uning naqoratini qaytarib turar edilar. Oralarida bir boshliqlari bo’lub, munga «bobo» derlar. Tilanchilik shog’ida to’plangan pulni shu bobolari terar va shundan ularni ta’min qilib turar edi». Bu kabi hayotiy kuzatishlarni yuqoridagi risolada bayon qilingan mulohazalar bilan bog’lash natijasida Mashrabning qator she’rlarini mana shu qalandariylik tariqatidan kelib chiqib harhlagan. Mashrabxonlik xususidagi xabarlar o’z-o’zidan qalandarlik bilan bog’langanini ayni shu o’rinda qayd etmoq kerak. «Xalq bir shoyxonada yo birining mehmonxonasida yig’ilihar, eng yaxchi va baland tovushli bir hofiz (Mashrabxon) Mashrabning g’azallarini «Savt», «talqin», «Munojot» kabi kuylarda o’qur edi. Uning atrofida o’tirgan kichilar qimirlamay, nafas chiqarmay, buyuk bir diniy hayajon bilan tinglar edilar... Mundaqa Mashrabxonlik majlislari erkaqlar orasida bo’lgani kabi xotunlar orasida ham bor edi. Xitoy Turkistonida klassik musiqamizning mashhur «Hahmaqom»dan boshqa «Mashrab» ismli yetti kuydan iborat yana bir maqom paydo bo’lganini musiqamizning tekhiruvchi g’ulom Zafariy xabar beradi. Bu esa Xitoy Turkistonidagi haligi Mashrabxonlik majlislarining judayam teranlashganini bizga oshiq bildirarlik dalildir». Demak, xalq buyuk bir diniy hayajon bilan tinglagan, o’z uylarida, mehmonxona va shoyxonalarda uyushtirilgan Mashrabxonlik anjumanlarining boisi Mashrab she’rlarining xalqchil, tasavvufiy va san’atkorlik nuqtaiy nazaridan yuksaqligidan kelib chiqqan holatdir. Uyg’urlar orasida «Mashrab» ismli «ikkinchi hahmaqom»ning yaratilihi bevosita Mashrab she’riyatining klassik musiqamiz va madaniyatimizning boshqa jabhalariga ta’siri masalasi bilan bog’liq. Mashrabning bunday poetik xulosaga kelihida Xojam podshoh (Ofoq xo’ja) bilan keshgan bir sushbatni «Shoh Mashrab» manqabasi muallifi asos sifatida keltirgan. Mashrab Ofoq xoja bilan ushrashuvdan mutassir bo’lib: Ilohi mag’firat daryosidan Mashrabni hodob et, Hamisha «SHay’anilloh» deb qalandarvor yig’larman,- maqta’si bilan tugallanadigan va Kecha kunduz bu Mashrabni xayoli ostonbusi, Visoling davlatini topmoqg’a itlarni salohimdur,- maqta’si bilan yakunlangan hamda Kel ey Mashrabi umid etgil Xudoying loyazol etmih, Muhammad Mustafo haqqi mani vaslingga yetkurgil, bayti bilan tajassum etilgan g’azallarini o’qigandan so’ng (manqabada ular munojot deb berilgan) Ofoq Xo’ja aytgani ekanki, «Ey Mashrab, sani iching torlik qildi, ma’nini ohkor qilding» deb og’izlariga tuflagan ekanlar. Shundan Mashrab she’riyatida yangi bir tasavvufiy shuqurlik, ya’ni zohiriy ma’nini oshmoq emas, balki ma’nining botiniy dunyosiga rag’bat kuchaygan. Natijada «ming ma’nini bir nuqta ila muxtasar etgan» san’atkorlik yo’lida izlanihlar keshganini uning she’rlarining ishki poetikasidan anglash mumkin. Fitrat Mashrab she’riyatining tasavvufiy botiniy jihatlarini va she’rda zushur bo’lgan poetik xususiyatlarini o’rganar ekan, uning she’riyatidagi eng e’tiborli jihatlarni kuzatgan: «Mashrab o’zidan burung’i va muosir bo’lgan bir ko’b mutasavvif shoirlarimiz kabi hayajonsiz shoirlardan emas. Uning she’rlarida har vaqt bir kuchli hayajonni ko’rish mumkin. U ko’brak Jaloliddin Rumiydagi so’fiyona hayajonni o’z she’rlarida aks ettirishga tirishardir» izohi bilan eng ehtirosli so’fiyona baytlarini ajralib turadi: Gulshani bog’i dahr aro bulbuli nag’magar o’zim, Bir buti xush hirom uchun ohiqi darbadar o’zim, yoki Naqh davlat mushrini nafsimga bosdi chun ajal, SHams Tabriziy manam, gohi Jaloliddin manam,- talqinlaridagi «Jaloliddin Rumiy kabi shoirlardagi so’fiyona hayajonni o’z she’rlarida» anglatish bilan cheklanmay, nafaqat fors tilli she’riyatning, balki o’z ona tilidagi turk she’riyatining o’ziga qadar o’tgan daho san’atkorlaridan ham oziqlanganini uning mustazodlari orqali ko’rish mumkin: Mashrab bu sifat toza sushan aylasa izhor, Sen qilma taajjub, g’oyibdin ani ko’ngluga ilhomi xudodur, Bo’lgil anga munqod. Mashrab tasavvufiy talqinida ko’zga tahlanib turadigan jihatlardan biri yig’idir. Bu faqatgina ayriliq yoki dunyoning boshqa bir ko’rnamaqliklari tufayli yuzaga chiqqan zohiriy ruchiy holat emas, balki shoir o’z qalandarlik tariqati va ehtimol, haxsiy hayotida zushur bo’lgan ihqi ilohiyning surati sifatida o’zini yig’lashga haqli ko’rsatadi: Matlabim bor - noravo, men yig’lamay kim yig’lasin, Dard beribdir bedavo men yig’lamay kim yig’lasin. Bunday «yig’i»ga giriftor bo’lgan birgina shoir emas, uning nazarida «bazmning ham’i parvonasi», «may hihalari» hamma-hammasi yig’laydi. O’z bolasini yo’qotgan ota Ya’qub zor bo’libgina yig’lamaydi, balki bolaning ham otasi uchun, uning shu ahvolga tuchihiga sababkor bo’lgan osiy otaning gunohi uchun Yusuf yig’lachini, bu holga Ibn Kan’on va boshqalar ham yig’lachi lozim foje’ deb qaraydi: Sog’inib Yusufni yolg’iz yig’lamas Ya’qub zor, To musofir bo’ldi Yusuf Ibn Kan’on yig’ladi. «Yig’i» ramzi bilan bog’liq Mashrabda o’ndan ortiq g’azal va muxammaslar ushraydi. Albatta, ularning hammasaini ham Allohning ihqi deb, ko’kragini shok qilgan qalandar yig’isi deb qabul qilib bo’lmaydi. Ayniqsa, bevosita shoirning haxsiy hayoti, fojeasi bilan bog’liq manzaralarda uning oddiy kichilar singari samimiy ko’z yohi to’kib yig’lashga majbur qilgan holatdir. Shuningdek, Mashrab onasining o’limi ham juda qattiq ta’sir ko’rsatgan: «Ey safo baxh-bahoru bo’stonim qaydasan... Volidam, Makkam Madinam, mehribonim qaydasan». Mashrabning forsiy she’rlariga Rumiyning ta’siri borligini ham kuzatib mukin. Yana manqaba tarkibida Turdi, Ranjiy, Ahmad qori, Mahfah, Ziyrak, Mansur kabi bizga aniq ma’luum bo’lmagan shoirlarning she’rlari ham bo’lishi mumkin. Mashrabga nisbat berilgan asarlar «Mabdai nur», «Kimiyo» asarlarini ham matn jihatidan va tasavvufiy talqinda o’rganib chiqib shunday xulosaga kelih mumkin. «Kimiyo» asari «Mabdai nur» bilan bir muqova ostida e’lon qilingani uchungina uni Mashrabga nisbat berishgani va bu asar Imom g’azzoliy asari ekani bugungi kunda ma’lum bo’lgan haqiqatdir. Faqatgina «Mabdai nur» asarining matnini o’rganib shunday xulosaga kelih mumkinki, bu Jaloliddin Rumiyning mashhur «Masnaviyi ma’naviyya» asariga she’riy harh sifatida yaratilgan asar bo’lib, uning har bandida Mashrab va «Mabdai nur» so’zlari ushraydi. Uslub jihatidan bu asar Mashrabning Rumiyga o’xhatma tarzida yozgan forsiy asarlaridagi uslubga yaqin. Shuningdek, «Mabdai nur» Mashrabniki ekanini tasdiqlovchi bir qator manbalar ham hozirgi kunda ma’lum bo’ldi. Bulardan biri, Ziyovuddin Is’hoq Bog’istoniyning «Tazkirayi qalandaron» va Majzub Namangoniyning «Tazkirat ul-avliyo» tazkiralaridir. Bu har ikki manba ham, ayniqsa, Mashrabning hogirdlaridan biri Is’hoq Bog’istoniyning dalolat berichisha, unga Pirmat Setoriy ikki asar bergan. Ulardan biri bizga ma’lum «qissayi Mashrab» asari bo’lsa, ikkinchisi «Mabdayi nur» asaridir. Shu bilan birga Fitrat yuqorida ko’rsatilgan maqolada bu asarning Mashrabga tegihli ekanligini ham isbotlab ko’rsatgan. Shuning uchun ham bu tasavvufiy asar Mashrabniki ekanini inkor qiluvchi keskin bir isbotga ushramaganimiz uchun Mashrab asari ekanini qabul qilihga majburmiz. O’z vaqtida aytilgan g’afur g’ulomning «Ikki Mashrab» haqidagi qarashlari hozirgi kunda Milliy Istiqlol sharoitida o’z ta’sirini yo’qotgan. ADABIYOTLAR: Abdullayev V. O’zbek adabiyoti tarixi. Mashrab. Mehribonim, qaydasan? Qissayi mashrab. www.ziyonet.uz Download 73.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling