Mavzu: Matematik boshqotirmalar yordamida ijodiy mashg’ulotlarni tashkil etish metodikasi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida son-sanoqqa oid tasavvurlarni shakillantirishga doir ijodiy mashg’ulot ishlanmalar yaratish. Reja


Download 171.35 Kb.
bet1/3
Sana08.01.2022
Hajmi171.35 Kb.
#242000
  1   2   3
Bog'liq
2 5316663913192884891




MAVZU:Matematik boshqotirmalar yordamida ijodiy mashg’ulotlarni tashkil etish metodikasi.Maktabgacha ta’lim muassasalarida son-sanoqqa oid tasavvurlarni shakillantirishga doir ijodiy mashg’ulot ishlanmalar yaratish.

REJA:

1. Matematik boshqotirmalar yordamida ijodiy mashg’ulotlarni tashkil etish metodikasi

2. Maktabgacha yoshdagi yoshdagi bolalarda miqdor va son sanoq haqidagi bilimlarni shakllantirish . Sanashni o’rgatish.

3 Maktabgacha ta’lim muassasalarida son-sanoqqa oid tasavvurlarni shakillantirishga doir ijodiy mashg’ulot ishlanmalar yaratish.

Kichik guruhda bolalarga sonlargacha bo‘lgan davr o‘rgatiladi. Bunda ularga miqdoriy munosabatlar tushuntiriladi. Bolalarga turli buyumlar to‘plami bilan ishlash, ya’ni ularning har xil belgi-alomatlariga ko‘ra birlashtirish, tenglik va tengsizlikni taqqoslash natijalarini ko‘p, kam, teng so‘zlari bilan belgilashni o‘rgatish ko‘zda tutiladi.

Bolalar buyumlarning uzunliklari, kengliklari, balandliklarini taqqoslashga o‘rgatiladi; geometrik shakllar: - doira, kvadrat bilan tanishtiriladi; fazoviy yo‘nalishlar bilan tanishtiriladi: «o‘zidan» oldinga, orqaga (orqasidan), o‘ngga (o‘ngdan), chapga (chapdan) so‘zlarini to‘g‘ri qo‘llashga o‘rgatiladi.



Mashg‘ulotlar o‘quv yili boshidan boshlab haftasiga 1 martadan (1 yilda 36 marta) o‘tkaziladi. Sentabr oyida bir mashg‘ulotning davomiyligi 10 minutdan oshmasligi kerak. Oktabr oyidan boshlab mashg‘ulot davomiyligi sekinasta 15minutga yetkaziladi.


Kichik guruhda elementar matematik tasavvurlarga bag‘ishlangan mashg‘ulotlarda o‘qitish ayoniy ta’sir xarakterida bo‘lishi kerak. Bolalar bilimlarni tarbiyachining harakatlarini, uning tushuntirish va ko‘rsatmalarini idrok qilish asosida, shuningdek, didaktik materiallar bilan mustaqil ishlash vositasida o‘zlashtiradilar.

Download 171.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling