Mavzu: «Matematik modellashtirish» Bajardi
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Baltabayeva makrodan (3)
FARG'ONA DAVLAT UNIVERSITETI SIRTQI BO’LIM “IJTIMOIY-GUMANITAR FANLAR” KAFEDRASI Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) “МАКРОИҚТИСОДИЙ ТАҲЛИЛ ВА ПРОГНОЗЛАШ” FANIDAN MUSTAQIL ISHI Mavzu: « Matematik modellashtirish » Bajardi: 20.116guruh talabasi Mirzaakbarov Sanjarbek Qabul qildi: Baltabayeva M. Farg’ona – 2023 Mavzu: Matematik modellashtirish Reja: Kirish 1. Milliy iqtisod sohalarida matematik usullar va modellarni qo„llashning zarurligi. 2. Optimal dasturlash usulining asosiy masalalari. 3. Ikkilangan masalalarning iqtisodiy ma‟nosi . Foydalanilgan adabiyotlar Xulosa Kirish Hozirgi kunda iqtisodiyotning barcha soha va tarmoqlarida olib borilayotgan tub iqtisodiy islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda, iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilishda, matematik apparatdan har tomonlama keng foydalanish ijobiy natijalar beradi. Bozor iqtisodiyoti murakkab, o„zaro bir-birini taqozo etuvchi jarayonlardan iborat bo„lib, unga noaniqlik va tavakkalchilik elementlari xosdir. Bunday sharoitda iqtisodiy jarayonlarni o„rganishda iqtisodiy-matematik usullar va modellardan foydalanish kutilishi mumkin bo„lgan salbiy hodisalarning oldini olish imkonini beradi. «Matematik modellashtirish» fani ilmiy asoslangan qonuniyatlar asosida u yoki bu iqtisodiy jarayonlarning hozirgi holati asosida uning istiqboldagi o„zgarishlarini oldindan ko„rsatib berishga imkoniyat yaratadi. Chunki, bozor kon‟yunkturasini oldindan bashoratlamasdan turib, korxonalar mahsulotlar ishlab chiqarish va sotish strategiyasini belgilay olmaydilar. Bozordagi raqobat kurashi korxonalarga kelajakda o„z mahsulotlarini raqobatbardosh, sifatli va arzon narxlarda ishlab chiqarishni taqozo etadi. «Matematik modellashtirish» fanining asosiy maqsadi talabalarga murakkab iqtisodiy tizimlarni matematik modellashtirishning nazariy va uslubiy asoslarini o„rgatishdan, aniq iqtisodiy ob‟ektlar misolida modellarni yaratilishi, ularning iqtisodiy mazmuni, qo„yilgan masalalarni kompyuter dasturlarida yechish va olingan natijalarni iqtisodiy talqin qilish kabi bosqichlarni o„rgatishdan iboratdir. «Matematik modellashtirish» fani o„quv rejasidagi «Iqtisodiy-matematik usullar va modellar», «Ekonometrikaga kirish», «Iqtisodiyotda miqdoriy usullar», «Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika» kabi fanlar bilan aloqada bo„ladi. Fanning birinchi bo„limida korxonalar darajasida optimallashtiruvchi modellar keltirilgan. Keyingi bo„limlarda diskret modellashtirish, stoxastik modellashtirish, milliy iqtisodiyot bo„yicha iqtisodiy- matematik modellarni (ishlab chiqarish funksiyaci, tarmoqlararo balans modellari, ekonometrik modellar) tuzilishi va ulardan amalda foydalanish asoslari keltirilgan. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling