Mavzu. Matematik statistikaning asosiy tushunchalari


Falsafiy, psixologik va pedagogik fanlarda miqdor va sifat darajalari


Download 19.25 Kb.
bet2/4
Sana10.11.2023
Hajmi19.25 Kb.
#1761751
1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu. Matematik statistikaning asosiy tushunchalari-fayllar.org

Falsafiy, psixologik va pedagogik fanlarda miqdor va sifat darajalari.
Psixologlarning matematik metodlarga yondoshuvi va matematik mutaxassislarning psixologik bilimlarga bo‘lgan qiziqishlari psixologik muammolarning yechimini matematik yullar bilan topish ancha yillar oldin ishlatilgan. Bir necha marotaba psixologiyani normal eksperimental fan sifatida talkin kilish xolati bulgan. Psixologiya fani olimlari psixologiya fanida xam fizika fanida mavjud ulchovlarni bulishini xoxlashgan. 1882 yilda I.F.Gerbart Londondagi kirollik akademiyasida «Psixologiya fanida matematik metodlarni kullashning zarurati» mavzusida ma'ruza bilan chikdi. Bu ma'ruzada umumiy metodologik xolatlardan tashqari, matematik metodlarni psixologiyadagi zarurati xaqida xam suz yuritilgan, muallif tomonidan “Men” konsepsiyasiyasining matematik modellarini tavsiya kilingan. Gerbartning shogird M.F.Drobish 1850 yilda «Matematik psixologiyaning urganish asoslari» nomli kitobini nashr kildirdi.
Birinchi matematik statistika psixologiyaning psixofizika sohasida ishlatilgan (G.Fexner,V.Vund, F.Gal'ton) bu materiallarda o‘lchovlar orasidagi ko‘zg‘atuvchilar o‘rtasidagi farqlar (ob'ektiv stimullar), uzgaruvchan reaksiyalarning farqdarini o‘rgangan (sub'ektiv sezgilar), psixometrikada xam matemak statistika kullanilgan (F.Gal'ton, K.Pirson, L.Terstoun), bunda psixodiagnostik ko‘rsatkichlarni tahlil usuli orkali urganilgan, testlarni fakgorli taxlil orkali tuzishni urganishgan.
Psixologiyada birinchi tadqiqotchi sifatida F.Gal'tonni sanab o‘tishimiz mumkin(1914). U birinchi bo‘lib biologiya va psixologiya statistik tahlilni ishlatgan. Psixologiyaga test savolnomalarini tahlilini kiritgan (test so‘zini xam), tadqiqotni egizak usulini yaratgan. U tomonidan sensor reaksiyalarni o‘lchash asbobi yaratilgan. 1888 yilda Gal'ton tomonidan London akademiyasi “Korrelyasiya va uni o‘lchash, antrometrik ko‘rsatgichning afzalliklari” mavzusida ma'ruza qilindi.
Gal'tonning g‘oyasini uning shogirdi K Pirson davom ettirdi. U o‘rganuvchanlik o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni formula yordamida ko‘rsatib berdi(korrelyasiya qoeffisienti). Pirsonning diqqat etibori diskret va to‘xtamaydigan muammolar tahliliga qaratildi, bular psixologlar uchun dolzarb muammolardan biri xisoblanilgan. Pirson o‘zining g‘oyalari va yutuqlarini “Evolyusiya nazariyasiga matematik ta'sir” nomli psixologiyaning hamma sohalarida ko‘llanila boshlandi. XIX asrning oxirida V.Vund sezgilarni uch o‘lchamli modeli ustida ish olib bordi.
Statistik tahlil tushunchlarining tushuntirishdan oldin psixologiya va matematika fanlari o‘rtasidagi bo\liqlik qonuniyatni tushuntirish zarurdir. +anday qilib gumanitar fanni aniq fan bilan aloqadorligini aniqlash mumkin.
Zamonaviy psixologiya psixologik ko‘rinishlarning ikki turini o‘rganadi,
1) o‘lchansa bo‘ladigan psixologik ko‘rsatkichlar.
2) o‘lchansa bo‘lmaydigan psixologik ko‘rsatkichlar.
Demak psixologik ko‘rinishlarning ikki turi mavjud o‘lchanadigan va o‘lchanmaydigan.
1 O‘lchansa bo‘lmaydigan holatlar psixikaning mazmuniy qismi hisoblanadi.
2 O‘lchansa bo‘ladigan holatlar esa psixikaning formal-dinamik miqdori hisoblanadi.
Umuman olganda psixika miqdoriy holat hisoblanadi. Biroq K.Marksning fikriga ko‘ra «O‘lchov bo‘lmagan joyda fan yo‘qdir». Ehtimol bu holat umumfalsafiy tasdiqlar bilan bo\liqdir, miqdoriy o‘zgarishlar sifat o‘zgarishlariga o‘tish ehtiyoji mavjuddir. SHaxsning shaxsiy o‘ziga xos holatlarining yaqqol namoyon bo‘lishi, xarakter aksentuatsiyasini keltirib chiqarishi mumkin, keyinchalik bu xislatlarning o‘sishi patologik ko‘rinishlarni keltirib chiqarishi mumkin. namoyishkorlik ma’lum bir ma’noda xarakter xususiyati hisoblanadi, agar bu maksimal darajada bo‘lsa xarakter aksentuatsiyasi hisoblanadi, bu hislatning patologik darajasi psixopatiya va isterik tipni keltirib chiqarishi mumkin.
Psixologiyada sifat va miqdor bir biriga bog‘liq ravishda shakllanadi. Psixikaning sifatida uning miqdorida ko‘rinadi. Har qanday sifat miqdorda aks etadi. Sifatni miqdor orqali bilish mumkin.

Download 19.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling