Мавзу: Математика дарсларида геометрия элементларини ўргатишда компьютер технологияларидан фойдаланиш
Geometriya elementlarini o’qitishda ko’rgazmalilikdan foydalanish
Download 0.62 Mb.
|
2.2. Geometriya elementlarini o’qitishda ko’rgazmalilikdan foydalanish.
Tо‘g‘ri burchak modelini hosil qilish uchun har bir о‘quvchi ixtiyoriy shakldagi qog‘oz varag‘ini tо‘g‘ri chiziq bо‘yicha buklashi, sо‘ngra oldin hosil qilingan bukish chizig‘ining qismlari ustma-ust tushadigan qilib yana bir marta buklash kerak. Buklangan qog‘oz ochiladi, tekislanadi va buklash chiziqlari bо‘yicha tо‘rtga bо‘linadi. Hosil bо‘lgan qismlarning har biri tо‘g‘ri burchakning modeli bо‘ladi. Bu modellarni ustma-ust qо‘yib, о‘quvchilar hamma tо‘g‘ri burchaklar ustma-ust tushishiga, ular о‘zaro teng ekaniga ishonch hosil qiladilar. Har qaysi о‘quvchidan bittadan burchak olib ular qog‘oz varaqlarining shakli har xil bо‘lishiga qaramay teng ekanligini kо‘rsatish kerak. О‘quvchilar tо‘g‘ri burchakni har xil vaziyatda taniy olishlari uchun shu yerning о‘zida burchaklarning yig‘ilgan pachkasidan bir nechta burchakni tanlab olish va ularni doskaga yoki flanegrafga har xil vaziyatda mahkamlab qо‘yish kerak. О‘quvchilar tо‘g‘ri burchak modeli yordamida atrofdagi predmetlardan tо‘g‘ri va notо‘g‘ri burchaklarni, daftardan, stoldan, doskadan va boshqa predmetlar – kо‘pburchaklarning qog‘oz modellaridan topadilar. Darslikda о‘quvchilarning burchaklar haqidagi tasavvurlarini birmuncha sistemasiga soluvchi va aniqlovchi mashqlar beriladi. Bunday ishga bо‘lgan zarurat о‘quvchilarni amaliy ishlashga bо‘lgan qobiliyatini oshiradi. Maktab sharoitida (rasm darslari, qо‘l mehnati darslari va shu singarilardan) burchak, burchakning uchi, burchakning tomonlari kabi atamalar tez-tez ishlatib turiladi. Burchak haqidagi tasavvurlar burchakning modeli yordamida va tevarak-atrofdagi narsalarni kuzatishda aniqlanadi. Burchakning katta-kichikligi nurning burchak tomonlarining bukilishiga bog‘liq ekanligi aniqlanadi. Shu yerning о‘zida burchaklarni taqqoslashga doir mashqlar bajariladi. Burchaklarni tо‘g‘ri burchak bilan taqqoslash ustiga qо‘yish yо‘li bilan amalga oshiriladi. Tajriba shuni kо‘rsatmoqdaki, bolalar kо‘p hollarda tо‘g‘ri burchak modelini predmetning yoki kо‘pburchakning u yoki bu burchagiga qanday, qay tarzda qо‘yishni bilmay qiynaladilar. Shu sababli о‘quvchi tо‘g‘ri burchak ustiga ularning uchlari va bir tomonlari ustma-ust tushadigan qilib qо‘yishi kerakligini tushuntirish va kо‘rsatish kerak. Agar bunda qolgan ikkitadan tomonlari ham ustma-ust tushsa, berilgan burchak tо‘g‘ri burchak bо‘ladi. Tо‘g‘ri burchak tushunchasi bu yerda tо‘g‘ri tо‘rtburchakning burchaklaridan biri sifatida beriladi. Burchaklarni taqqoslash bо‘yicha о‘tkaziladigan kuzatishlar va amaliy ishlar kvadratning burchaklari ham tо‘g‘ri burchak ekanligini aniqlashga imkon beradi; chizmachilik burchagining ham bitta burchagi tо‘g‘ri burchak. Burchakni belgilash uchun bitta harf yoki raqam ishlatiladi, bu esa burchakning uchiga qо‘yiladi. О‘tkir burchak, о‘tmas burchak atamalari ishlatiladi. Burchaklarning tо‘g‘ri burchakka qaraganda katta-kichikligini amaliy tarzda aniqlashda katta о‘rin ajratadi. Bu ish chizmachilik burchagi yordamida qilinadi. Ammo bu yerda burchak tushunchasining yuqori darajada umumlashtirilishiga intilish shart emas. Sо‘z asosan amaliy malakalarning takomillashishi, tasavvurlarning tо‘planishi, tegishli kо‘nikmani egallash ustida borishi kerak. Aytilgan mulohazalar bir tomondan bu ishlarni о‘tkazish zarurati о‘quvchilarning bu tushunchalarni о‘zlashtirishiga maktab tajribasiga juda oz ehtiyoj tushgani bilan ikkinchi tomondan о‘quvchilarda kо‘pgina tasavvurlarni yо‘qligi va bu tasavvurlarsiz burchak tо‘g‘risidagi ilmiy tushuncha paydo qilish mumkin emasligi bilan qisman asoslanish mumkin. Tо‘g‘ri burchakning modeli kо‘pburchaklar haqidagi, jumladan tо‘g‘ri tо‘rtburchak, kvadrat haqidagi va ularning xususiyatlari haqidagi bundan keyingi tasavvurlarni rivojlantirishda muhim vosita bо‘ladi. Har xil kattalikdagi va har xil rangdagi, tomonlarining nisbati har xil bо‘lgan tо‘g‘ri tо‘rtburchaklarning modellari daftar varaqlari, rangli qog‘oz varaqlaridan ham hosil qilinishi mumkin, buning uchun tо‘g‘ri tо‘rtburchak shaklidagi qog‘ozni uning qirralaridan biriga parallel chiziq bо‘yicha buklash kerak. Ravshanki, bunday qog‘oz varag‘ining о‘zi ham tо‘g‘ri tо‘rtburchakning modeli bо‘lib xizmat qiladi. Varaqlarni buklash chiziqlari bо‘yicha qirqib, tо‘g‘ri tо‘rtburchakning har xil modellarini hosil qilamiz. Shunday tо‘rtburchaklardan bir nechtasini doskaga mahkamlab qо‘yib, bolalarni tо‘g‘ri tо‘rtburchakning uncha muhim bо‘lmagan xususiyatini farq qilishga о‘rgatamiz. Tо‘g‘ri tо‘rtburchakning asosiy xususiyatlarini bolalar ongli tushunishlari uchun tо‘g‘ri burchak modelidan va tо‘g‘ri tо‘rtburchak tekisligini buklash usulidan foydalanish mumkin. Tо‘g‘ri burchak modeli bilan bolalar tо‘g‘ri tо‘rtburchaklarning hamma burchagi tо‘g‘ri ekaniga ishonch hosil qilishlari, tо‘g‘ri burchakning qarama-qarshi tomonlarini buklash bilan ustma-ust tushirishga erishish kerak. О‘quvchilarning tо‘rtburchak haqidagi tasavvurlarini aniqlashtirish ustida ish olib boriladi. Jumladan, tо‘rtburchaklar elementlarini о‘lchash ishlarini keng qо‘llash, shuningdek, ularni sirkul yordami bilan taqqoslashiga asoslangan bо‘lib, tо‘rtburchak, kvadratning ba’zi xususiyatlari aniqlanadi. Tо‘g‘ri tо‘rtburchakning qarama-qarshi tomonlari juft-jufti bilan tengligi aniqlanadi, lekin qarama-qarshi tomonlari atamasi hali aytilmaydi. Kvadrat modelini tо‘g‘ri tо‘rtburchak tekisligini birinchi va ikkinchi raqamli chiziqlari hosil qilishi mumkin. Buklash chiziqlari uziq chiziq bilan kо‘rsatiladi. О‘qituvchi bolalarning e’tiborlarini tо‘g‘ri tо‘rtburchakni birinchi raqamli chiziq bо‘yicha buklaganda uning quyi tomonlarini ustma-ust tushirishimiz kerak. Ikkinchi raqamli chiziq bо‘yicha buklab, sо‘ngra shu chiziq bо‘yicha shtrixlangan tо‘g‘ri tо‘rtburchakni kesib, qо‘shni tomonlarining tengligiga erishishimiz kerak. Bajarilgan ish natijasida tomonlari teng tо‘g‘ri tо‘rtburchakka ega bо‘lamiz. Bunga bolalar hosil b о‘lgan tо‘rtburchak tekisligini yana bir marta buklash bilan ishonch hosil qilishlari mumkin. О‘qituvchi bunday tо‘rtburchakning kvadrat deb atalishini aytadi. Tо‘g‘ri tо‘rtburchak va kvadratning modellari yordamida boshqa kо‘pburchakning modellari bilan birgalikda ularni bir-birlaridan farq qilishiga doir, о‘rganilgan figuralarni klassifikatsiyalashga doir mashqlarni bajarishlari mumkin. a) Figuralarning qaysilari tо‘g‘ri tо‘rtburchaklar? Nega ikkinchi raqamli figura tо‘rtburchak emas? Tо‘rtinchi raqamli figura nima deb ataladi? b) Tо‘rtburchakning qaysilari kvadratlar? Geometrik figuralarni belgilashda harflardan foydalaning. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling