Мавзу: Математика дарсларида геометрия элементларини ўргатишда компьютер технологияларидан фойдаланиш
Download 0.62 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- UMUMIY XULOSALAR
1) 2) 3)
4) 5) 6) Geometrik figuralar xususiyatlarini umumlashtirish, matematik til haqidagi tasavvurlarni hosil qilish, geometrik mazmunli amaliy masalalarni yechish zarurati geometrik figuralarni belgilashda lotin alifbosining bosh harflaridan foydalanishni talab qiladi. Bolalarni lotin alifbosining bosh harflari bilan tanishtirish ishini taxminan bunday kirish suhbati bilan boshlash tavsiya qilinadi: “Bolalar, yer yuzida har bir jonli va jonsiz narsa о‘z ismiga ega. Har bir geometrik figuraga ham ism berishimiz kerak. Nuqtalarning bir-biridan farq qilishi uchun ularning har biriga ism beramiz. Geometrik figuralarni belgilash uchun harfiy belgilar kiritish metodini A.M.Tishkala ishlab chiqqan. UMUMIY XULOSALAR Boshlang’ich maktabda matematika ta’limi o’quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirishga, o’z fikrlarini mustaqil bayon qila olish, egallagan bilimlarini amaliy faoliyatga tadbiq qilish hamda ta’limning ikkinchi bosqichida o’qishni davom ettirish uchun matematik tayyorgarlikni ta’minlashga xizmat qiladi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining geometrik tasavvurlarini tarkib toptirish, ularda grafik ko’nikma va malakalarni hosil qilish, geometriyaga oid bilimlarni mustahkamlash va ularni amaliy hayot bilan bog’liqlikda o’zlashtirishni ta’minlash geometriya elementlarini o’qitishda o’ziga xos metodlarni tanlay bilish orqali amalga oshiriladi. Metodlarni maqsadga muvofiq tanlash va undan ta’lim jarayonida o’rinli foydalana olish o’qitishning samaradorligini oshirishda asosiy rol o’ynaydi. To’rtinchi sinfda geometriya elementlarini o’qitishda muhim metodlar: amaliy analiz va sintez, kuzatish, taqqoslash, umumlashtirish hamda evristik suhbatlardir. Boshlang’ich ta’lim jarayonida o’quvchilarning geometrik bilim va tasavvurlarini kengaytirishda esa ko’rgazmali didaktik vositalar, turli geometrik shakllar va jismlar modellari, AKT vositalari, o’qituvchi izlanishlari mahsuli bo’lgan geometrik shakllardan yasalgan turli ko’rgazmali qurollar asosiy vosita bo’lib xizmat qiladi, Bundan tashqari, o’quvchilar bilimining ongli va mustahkam bo’lishi, nazariy bilimlarning amaliy hayot bilan bog’liqligini ta’minlashda geometriya elementlarini real predmetlar vositasida o’qitish samarali natijani kafolatlaydi. Darsda o’quvchining individual xususiyatlarini hisobga olish o’qituvchi uchun eng qiyin, shu bilan birga muhim ahamiyat kasb etadigan jihat hisoblanadi. Geometriya elementlarini o’qitishda grafik chizish va yasash darslari o’qitishning jami ish ritmini buzmasdan differensiallab olib boorish imkoniyatini beradi. O’quvchilarga geometriya elementlarini o’rgatish fanlararo aloqalarning eng yaxshi vositalaridan biri bo’lib, o’quvchining o’z-o’zini nazorat qilish ko’nikmasini shakllantiradi va takomillashtiradi, qiziquvchanligi va topqirligini o’stiradi. Umuman olganda, nafaqat geometriya elementlari, balki matematik bilimlarning butun bir sistemasini o’rgatishni takomillashtirib borish maqsadga muvofiqdir. Bu jarayonni amalga oshirishda pedagog sifatida har birimiz faol ishtirok etishimiz lozim. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling