Мавзу: Математика дарсларида геометрия элементларини ўргатишда компьютер технологияларидан фойдаланиш


Boshlang’ich sinflarda geometriya elementlarini o’qitishning hozirgi holati


Download 0.65 Mb.
bet6/13
Sana13.05.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1455645
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
1.3 Boshlang’ich sinflarda geometriya elementlarini o’qitishning hozirgi holati.
Ta’lim jarayonining hozirgi holatini o’rganish- pedagogik faoliyatni doimiy kuzatish, u haqida axborot to`plash, saqlash, qayta ishlash va tarqatish orqali uning ahvoli va taraqqiyotiga ta'sir etishdan iborat.
Masalan, o`quv jarayonida o`qituvchi va o’quvchi faoliyatini, o’qitishning amaldagi metodlarini hamda natijalarini o`rganish bo`yicha doimiy kuzatuvlar olib borib, axborot to`plash, saqlash, qayta ishlash orqali uning ahvoli, taraqqiyoti, istiqbolini belgilash mumkin. Natijada olingan axborotlar tahlili asosida pedagogik jarayondagi kamchiliklarni bartaraf qilish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini ilmiy asoslangan holda belgilash imkoniyati hosil bo`ladi.
Axborotlar tahlili va xulosalar asosida maktab, o`qituvchi faoliyatiga tuzatish va o`zgarishlar kiritib boriladi.
Boshlang’ich sinflarda geometriya elementlarini o’qitishning hozirgi holati bitiruv malakaviy amliyot o’talayotgan Qarshi shahar 29-umumta’lim maktabi 4-sinf o’quvchilari misolida o’rganildi. Dastlab, kuzatish orqali matematika o’qitish jarayonining umumiy holati o’rganildi. O’qituvchilar bilan ularning ilg’or pedagogik tajribalari yuzasidan suhbatlar olib borildi. Darslarni kuzatish jarayonida o’quvchilarning geometrik materiallarni o’rganganlik darajasi, ularning mazkur darslarga qiziqishi hamda faollik darajasi, o’qituvchining didaktik jarayonda turli metod va vositalardan foydalanishi, erishgan yutuqlari hamda e’tibordan chetda qoldirilgan jihatlar o’rganildi. Bu jarayonda o’qituvchi faoliyatining akademik yangiliklarga yo’nalganligi, o’qituvchi va o’quvchi faoliyatining real natijalari aniqlandi hamda o’quvchilarning bilim darajasi nazorat qilinishi o’rganib chiqildi.
Geometriya elementlarini o’qitishning hozirgi holatini o’rganishda o’quvchilar bilimi quyidagi yo’nalishlarda baholandi:

  • O’quvchilarning o’zlashtira olish imkoniyatlarini o’rganish;

  • Geometrik bilimlar sistemasining o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilganligi sifatini o’rganish;

  • O’quvchilarning o’zlashtirishdan orqada qolishlarining tipik, didaktik sabablarini aniqlash;

  • O’qituvchilar tomonidan qo’llanilayotgan didaktik yondoshuvlar o’quvchilar o’zlashtirishi jarayoniga ta’siri darajasini o’rganish.

Geometriya elementlarini o’qitishning mavjud holati o’rganilib quyidagilar aniqlandi:

  • 4-sinf o’quvchilarining geometrik materiallarni o’rganish darajasi juda yaxshi;

  • O’qituvchilarning dars samaradorligini oshirishga qaratilgan ish uslubi o’quvchilar bilim va tasavvurini kengaytirishga xizmat qiladi;

  • Ta’lim jarayonida qo’llanilayotgan vositalar turli-tumanligi ta’minlanmagan, asosan, darslik bilan chegaralanib qolish hollari mavjud;

  • Geometrik materiallarni o’rganish jarayonida an’anaviy ,,bilim, ko’nikma va malaka” me’zoniga amal qilinib, geometriya elementlarini o’rgatishda aaliy hayot bilan bog’liqlikka kam e’tibor qaratilgan;

  • O’zlashtirishdan orqada qolgan o’quvchilarga tengdoshlariga yetib olish imkoniyati yetarli darajada yaratilmagan;

  • O’quvchilarning bajargan amaliy grafik ishlari estetik talab jihatidan yuqori darajada emas.

O’rganilgan ushbu natijalarni hisobga olgan holda tajriba-sinov ishlarida o’quvchilar qiziqishlarini oshirishga qaratilgan metodlarni qo’llashga, o’zlashtirishdan orqada qolgan o’quvchilarni inobatga olib, differensial ta’lim usullaridan foydalanishga, o’quvchilarning o’rgangan bilimlarini amaliy faoliyatda qo’llay olishlarini ta’minlashga va boshqa qator omillarni hisobga olishga a’lohida ahamiyat berish lozim.
Boshlang’ich sinflarda matematika o’quv materialini, uni o’rganish metod va vositalarini uzluksiz ravishda o’rganib, tahlil qilib hamda takomillashtirib borish orqali matematika ta’limi jarayonini rivojlantirib borish mumkin. Buning samarasi o’laroq o’quvchi-yoshlarning ilmiy salohiyati ham yuksalib boraveradi. Ushbu omillarni inobatga olgan holda har birimiz pedagog sifatida o’z faoliyatimizni chuqur tahlil qilishga odatlanishimiz, o’z ijodiy qobiliyatlarimiz ustida tinimsiz ishlashimiz lozim.



Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling