Mavzu: Matematika darslarida o‘quvchilarning kompetensiyalarini baholash va natijalarni tahlil qilish usullari reja
Download 432.58 Kb. Pdf ko'rish
|
Og‘zaki nazorat ishi.
O„quvchilarga o„tilgan mavzu bo'yicha savollarni o„z ichiga olgan 5-6 xil kartochkalar beriladi. 6-8 daqiqa davomida o„quvchilar savollarga og„zaki javoblar ustida mulohaza yuritadilar. Keyin o„quvchilardan birini javob berish uchun chaqiriladi va bu o„quvchiga shu mavzudagi kartalari bo„lgan boshqa o„quvchilar javoblarni to„ldirishda yordam berishadi. Bu usul kichik mavzuni tez takrorlashga va uni ko„plab o„quvchilar tomonidan o„zlashtirilishini baholashga imkon beradi. Matematik diktant. Har bir o„quvchi daftar varag„ini to„rtga buklaydi. Varaqning yuqori va pastki qismlarida familiya va variant raqami yoziladi. Javoblar ikki qismga yoziladi. Diktant tugagandan so„ng, o„quvchilar varaqning bir qismini o„qituvchiga topshiradilar. Darhol tekshirish boshlanadi. O„qituvchi o„quvchilarning birini javobni o„qishini so„raydi va uni doskaga yozadi (javobni to„g„ri yoki noto„g„riligidan qat‟iy nazar). Qolgan o„quvchilar yashil yoki qizil signal bilan javobning to„g„ri yoki noto„g„riligi ko„rsatadilar. O„quvchilar tomonidan qo„yilgan baholar kundalikka yoziladi (ba‟zida siz qayta tekshirishingiz mumkin, chunki o„qituvchida ham javob varaqasining bir nusxa bor). Ishning bu shakli o„tilgan materialni nazorat qilishda ham, asosiy bilimlarni yangilashda ham ishlatilishi mumkin. Bunday holda, hali o„rganilmagan material bo„yicha savollardan birini kiritish yaxshidir. Bu savolga to„g„ri javob bergan o„quvchini rag„batlantirish lozim. Qolgan o„quvchilar ham shu tartibda baholanadilar. Differentsial nazorat ishi. Bu ishni o„tilgan mavzuni mustahkamlash va umumlashtirish vaqtida bajarish maqsadga muvofiqdir. Doskaga uch xil murakkablik darajasidagi topshiriqlarning uchta varianti rangli bo„r bilan yoziladi. "3" bahosi yashil rangda yozilgan topshiriqqa, "4" bahosi ko„k rangda yozilgan topshiriqqa va "5" baho qizil rangda yozilgan topshiriqqa mos keladi. Uning yonidagi devorda o„quvchilarning ismlari yozilgan ustun, o„ngda esa uchta variantda katakchalar joylashgan. Har bir ustunda katakar soni vazifalar soniga mos kelishi kerak. O„quvchilar har biri alohida qog„ozda o„zlari xohlagan vazifalarni bajaradilar. Misol yechib bo„linishi bilan o„quvchi o„qituvchiga uning to„g„ri yoki noto„g„riligini tekshirtiradi. Agar javob to„g„ri bo„lsa, o„qituvchi qog„oz varag„ini oladi o„quvchi esa o„z variantiga va topshiriq raqamiga mos keladigan ustundagi qatorni bo„yab qo„yadi. Agar javob noto„g„ri bo„lsa, o„quvchi xatosini tuzatishga yoki osonroq variant topshiriqni bajarishga yuboriladi. Dars oxirida o„qituvchi ustunning to„ldirilgan katakchalariga e‟tibor qaratib, butun sinfni va har bir o„quvchini alohida bilimlari haqida tasavvurga ega bo„ladi. Matematik krossvordlarni (boshqotirma) yechish. Krossvord yaratishda so„zlarni yozish uchun katakchalarni joylashtirishda simmetriyaga erishish shart emas. O„quvchilarni faol aqliy faoliyatga jalb qilish uchun ushbu o„yin g„oyasidan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Krossvordning shakli doskada tuzilishi mumkin, siz uni alohida varaqlarga guruh yoki individual o„quvchilar uchun joylashtirishingiz mumkin. O„quvchilar yordamida tuzilgan krossvordlardan turli mavzularda ya‟ni uy vazifasi sifatida yoki matematika haftaliklaridagi musobaqalarida foydalanishingiz mumkin. O„quvchilar bilimini nazorat qilishda sinov shakli ham mavjud. Sinov shakli ham individual va guruhli ish shakllarini birlashtiradi. Sinov shaklini qo„llashdan oldin nazariy bilimlarni qo„llashni talab qiladigan standart yoki murakkab shakldagi mustaqil ishni topshirishingiz mumkin. "Ha-Yo‘q" – usuli. Bu usul o„qituvchiga o„quvchilar o„rganilayotgan materialni qanchalik yaxshi o„zlashtirganligini tekshirishga imkon beribgina qolmay, balki o„quvchilarning fanga qiziqishini oshirishga yordam beradi. O„qituvchi o„quvchilarga shunday deydi: “Endi biz tajriba o„tkazamiz. Men har biringizdan bir varaq qog„ozni olib, ikkiga bo„lib olishingizni so„rayman. Har bir varaqqa familiyangizni va uning chap chetiga esa 1 dan 9 gacha raqamlarni yozib chiqing.” O„qituvchi har bir o„quvchiga o„rganilgan mavzu bo„yicha savollar yozilgan kartochka beradi. Bu savollarga bitta, "ha" yoki "yo„q" deb javob berishi kerak. Topshiriqlarning murakkabligiga qarab barcha savollarni o„rganishga 15-20 daqiqa vaqt beriladi. Har bir o„quvchi varaqlarining biriga javoblari mos keladigan raqam yoniga yozadi. Keyin o„quvchilar javoblarini tekshirib, birinchi varaqdan ikkinchisiga nusxa ko„chiradilar, o„qituvchi ikkinchi varaqlarni yig„ib oladi (birinchi varaqlar va savollari bo„lgan kartalar o„quvchilarda qoladi). To„qqizta yoki o„nta to„g„ri javob uchun - 5 ball, yetti yoki sakkizta to„g„ri javob uchun – 4 ball, besh yoki oltita to„g„ri javob uchun – 3 ball va boshqa hollarda – 2 ball bilan baholanadi. O„qituvchi barcha kartochkalar ikkita variantda ekanligini aytib, doskaga har bir variant javoblarini tezda yozib chiqadi. O„quvchilar o„z javoblarini doskadagi javoblar bilan taqqoslaydilar va to„g„ri javobning yoniga "+", noto„g„ri javobning yoniga "-" yozadilar. O„qituvchi dars yakunida o„quvchilarga qiyinchilik tug„dirgan savollarni muhokamasini o„tkazadi. Download 432.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling