Mavzu: Matematika darslarida o‘quvchilarning kompetensiyalarini baholash va natijalarni tahlil qilish usullari reja
Download 432.58 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- QVZ (quvnoqlar va zukkolar)
- Matematik estafeta poygasi – usuli.
Matematik labirint – usuli.
1-bosqich. O„qituvchi topshiriqlarning bir nechta variantini tayyorlaydi, bunda birining javobi ikkinchisining birinchi raqami bo„ladi. 2-bosqich. Kartani olgan o„quvchi unda berilgan topshiriqni bajaradi va topilgan sondan foydalangan holda keyingi kartani qidiradi. Jarayon, bitta son va "Yo„lning oxiri" yozuvi bor kartochkaga yetguncha davom etadi. QVZ (quvnoqlar va zukkolar) – usuli. QVZga tayyorlanish va uni o„tkazish jarayonida odatda o„quv va tarbiyaviy maqsadlarning butun bir majmuasi inobatga olinadi. O„quvchilar bu sinov turi orqali ijodiy fikrlashni, mustaqil bilim olishni, atrof-muhitga tez moslasha olishni, to„g„ri javobni topishni va uni talqin qilishni o„rganadilar. Jamoaning muvaffaqiyati nafaqat uning a‟zolarining ishidagi uyg„unlikka, balki ishtrokchilar bilan birgalikda yagona jamoani tashkil etadigan muxlislarga ham bog„liq. Matematik estafeta poygasi – usuli. Bu turdagi nazorat odatda formulalardan foydalanish, oddiy masalalarni yechish qobiliyatini tekshirishda samarali bo„ladi. Bu sinov usulini kartochkalar yoki doska yordamida amalga oshirish mumkin. Jadvaldagi topshiriqlar har bir qator uchun bir xil murakkablikda tuzilgan. O„qituvchining signali bilan birinchi partada o„tirgan o„quvchi jadvalning birinchi bo„sh katagini to„ldirishni boshlaydi. Berilgan jadvaldagi katakni to„ldirib bo„lib uni qo'shnisiga uzatadi va hokazo. Qatordagi oxirgi o„quvchi topshiriqni bajarib bo„lib, kartochkani o„qituvchining stoliga qo„yadi. O„qituvchi jadvalni to„g„ri to„ldirilganligini tekshiradi. Estafetani doskada yozib ham bajarish mumkin. Doskaga mazmuni bir-biriga yaqin lekin har xil uchta jadval chiziladi. O„qituvchining signali bilan qatordagi birinchi partada o„tirgan o„quvchi doskaga chiqib jadvalning bo„sh katagini to„ldirib o„z joyiga qaytadi va qatordagi qolgan o„quvchilar ham galma-galdan shu tariqa topshirishni davom ettirishadi. Jadvalni tez va to„g„ri to„ldirgan qator g„olib bo„ladi. Download 432.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling