Viloyati tumani
Download 361.24 Kb. Pdf ko'rish
|
1 - SHART UCHUN
- Bu sahifa navigatsiya:
- “___________”
____________ viloyati _________ tumani ___ – umumiy o’rta ta’lim maktabi “_________________” jamoasining “Eng namunali sardorlar kengashi” tanlovi 1 – “Bu bizning faoliyat” sharti uchun tayyorlagan badiiy chiqishlari Marhamat, ____ – maktab “___________” jamoasini kutib oling!!! ( Sahna o’rtasida jamoa a’zolaridan biri ushbu so’zlar bilan jamoa a’zolarini sahnaga chorlaydi. Sahnaning ikki tarafidan jamoaning qolgan a’zolari chiqib kelishadi. Maktab sardorlari va jamoaning xoohishiga, kreativliguga qarab chiqish qismini istalgancha o’zgartirish mumkin) 1 – SHART LOYIHASI “_______________________” jamoasi ( Sahnaga barcha chiqib bo’lgach, dastlab davra qatnashchilari bilan salomlashish maqsadga muvofiq bo’ladi ) Salomlashish: Keldik salomlar bilan, Baxt – u kalomlar bilan. Tilagimiz yagona, Sizni xursand aylaymiz. Eng avval so’zimizni, Assalomdan boshlaymiz!!! (Shundan so’ng barcha jo’r ovozda guruhning nomi, shiori, maqsadini birgalikda aytishadi ) Bizning guruh: ___________________ Bizning shior: Ittifoq yoshlari, Olg’a tashlaydi qadam. Undagi 14 sardor, Doim yuradi bardam! Bizning maqsad: Maqsadimiz yagona, Olg’a yurmoq istaymiz. Maktabimiz ishonchin, Biz albatta oqlaymiz!!! ( Salomlashishdan so’ng jamoa a’zolari yo’nalishlari nomini she’riy usulda, ish rejasida berilgan loyihalarni qo’shgan holatda o’zlarini tanishtirishadi ) (Barcha birgalikda:) Kamalakda yetti xil rang, Bir - biridan rang – barang. Kengashda yetti sardor, Har biriga bir qarang!!! ( Har bir yo’nalish sardori shu kungacha amalga oshirgan loyihalari, faoliyatlari haqida she’rlar yod aytishadi. Bunda yoshlar ittifoqi va Kamalak tashkilotidagi yo’nalishlar bir xil bo’lgani uchun tegishli yo’nalishlar bitta she’rni hamkorlikda aytishlari mumkin. Loyihalari va she’riy chiqishlari ko’p bo’lsa alohida – alohida aytishsa ham maqsadga muvofiq bo’ladi ) 1. Ittifoq va Kamalak sardorlari Kengashga bizmiz sardor, Olg’a intilish shior. “Happy English” loyihasi, “Sardorlarning davrasi”. Barchani birgalikda, Boshlaymiz faollika! 2. “Ta’lim” yo’nalishi sardorlari Kreativlik bizga xos, Loyihalarimiz beqiyos. Biz tuzgan loyihalar, Barchaga TA’LIM berar. 3. “Madaniyat” yo’nalishi sardorlari Ma’naviyat ma’rifatga, Yoshlarga bu da’vat. “Kamalakdan ertaklar” “Madaniyatli avlodlar’’ Madaniy – ma’naviy ishlarda, Eng yaxshi loyihalar. 4. “Imkon” yo’nalishi sardorlari Davramiz keng mehribon yoshlar, “Hech kim e’tibordan chetda qolmaydi”. “Mehrli maktublar”, “Mehr qutisi”, Qalbim ezgulikdan hech ham tolmaydi. 5. “Ekologiya” yo’nalishi sardorlari “San’at, sport, salomatlik”, Bugungi kun talabi. Yangi loyiha ekologik, “Healthy life” berar yoshlik. 6. “Sport” yo’nalishi sardorlari “Eng bilimdon sportchi”, “Vatanparvar o’quvchi”. Biz tuzgan loyihalar, Barchaga sog’lik berar. 7. “Matbuot va media” yo’nalishi sardorlari Klubimiz “Yosh jurnalistlar”, “Eng yaxshi bloggerlar”. Eng sara loyihalar, “Yetakchimga takliflar” ( Shundan so’ng barcha jamoa a’zolari bittadan so’zni quyidagi tartibda aytib, shun kungacha amalga oshirgan ishlar va loyihalari nomini aytishadi ) Ittifoq va Kamalak sardori: Biz Sardorlar “Ta’lim” yo’nalishi: Shu Kungacha “Madaniyat” yo’nalishi : Amalga “Imkon” yo’nalishi: Oshirib “Ekologiya” yo’nalishi: Kelayotgan “Sport” yo’nalishi: Ishlarimiz va “Matbuot va media” yo’nalishi: Loyihalarimiz!!! Yoshlar ittifoqi sardori; “Direktor va yetakchimga takliflar” “Ta’lim” yo‘nalishi sardori ; “Besh kunda besh tashabbus” “Madaniyat” yo‘nalishi sardori; “Ma’naviyatli avlodlar” “Imkon” yo‘nalishi sardori; “Mehrli maktublar” “Ekologiya” yo‘nalishi sardori; “Salomatlik posbonlari” “Sport” yo‘nalishi sardori; “San’at, sport, salomatlik” “Matbuot va media” yo‘nalishi sardori; “Social Media” Va bularning barchasi “BU BIZNING FAOLIYAT!!!” Yakunida barcha bir ovozda: Qo’lni qo’lga beraylik, Vatan ravnaqi yo’lida biz birlashaylik!!! E’tiboringiz uchun tashakkur!!! Download 361.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling