Mavzu: Matematika darslarida o‘quvchilarning kompetensiyalarini baholash va natijalarni tahlil qilish usullari reja


Download 432.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana22.01.2023
Hajmi432.58 Kb.
#1108729
1   2   3   4   5   6   7
Matematik labirint – usuli. 
1-bosqich. O„qituvchi topshiriqlarning bir nechta variantini tayyorlaydi, bunda 
birining javobi ikkinchisining birinchi raqami bo„ladi. 


2-bosqich. Kartani olgan o„quvchi unda berilgan topshiriqni bajaradi va 
topilgan sondan foydalangan holda keyingi kartani qidiradi. Jarayon, bitta son va 
"Yo„lning oxiri" yozuvi bor kartochkaga yetguncha davom etadi. 
QVZ (quvnoqlar va zukkolar) – usuli. 
QVZga tayyorlanish va uni o„tkazish jarayonida odatda o„quv va tarbiyaviy 
maqsadlarning butun bir majmuasi inobatga olinadi. O„quvchilar bu sinov turi 
orqali ijodiy fikrlashni, mustaqil bilim olishni, atrof-muhitga tez moslasha olishni, 
to„g„ri javobni topishni va uni talqin qilishni o„rganadilar. Jamoaning 
muvaffaqiyati nafaqat uning a‟zolarining ishidagi uyg„unlikka, balki ishtrokchilar 
bilan birgalikda yagona jamoani tashkil etadigan muxlislarga ham bog„liq. 
Matematik estafeta poygasi – usuli.
Bu turdagi nazorat odatda formulalardan foydalanish, oddiy masalalarni 
yechish qobiliyatini tekshirishda samarali bo„ladi.
Bu sinov usulini kartochkalar yoki doska yordamida amalga oshirish mumkin. 
Jadvaldagi topshiriqlar har bir qator uchun bir xil murakkablikda tuzilgan. 
O„qituvchining signali bilan birinchi partada o„tirgan o„quvchi jadvalning birinchi 
bo„sh katagini to„ldirishni boshlaydi. Berilgan jadvaldagi katakni to„ldirib bo„lib 
uni qo'shnisiga uzatadi va hokazo. Qatordagi oxirgi o„quvchi topshiriqni bajarib 
bo„lib, kartochkani o„qituvchining stoliga qo„yadi. O„qituvchi jadvalni to„g„ri 
to„ldirilganligini tekshiradi.
Estafetani doskada yozib ham bajarish mumkin. Doskaga mazmuni bir-biriga 
yaqin lekin har xil uchta jadval chiziladi. O„qituvchining signali bilan qatordagi 
birinchi partada o„tirgan o„quvchi doskaga chiqib jadvalning bo„sh katagini 
to„ldirib o„z joyiga qaytadi va qatordagi qolgan o„quvchilar ham galma-galdan shu 
tariqa topshirishni davom ettirishadi. Jadvalni tez va to„g„ri to„ldirgan qator g„olib 
bo„ladi. 

Download 432.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling