Mavzu: Material tarkibidagi fizik va kimyoviy o’zgarishlar


Download 58.26 Kb.
bet3/6
Sana15.06.2023
Hajmi58.26 Kb.
#1481001
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
qm

1.4 Gidrofizik xossalari
Suv shimuvchanlik deb g’ovak materiallarning suv shimish va suvni o’zida ushlab turish xususiyatiga aytiladi. Suv shimuvchanlik ko’rsatkichi materiallarning to’yinishi uchun sarflangan suv massasining shu material quruq holatdagi massasiga bo’lgan nisbati bilan ifodalanadi. Material g’ovaklarining suvga to’la qondirilgan holati uning hajmiy suv shimuvchanligi deyiladi. Odatda, mikrog’ovaklar suv bilan butunlay to’lmasligi sababli materiallarning suv shimuvchanligi uning absolyut g’ovaklari hajmidan kam bo’ladi. Chunki materialdagi mikrog’ovaklar (0,0001-0,001 mm) normal atmosfera bosimida suvga to’lmaydi. Materiallarning massasiga nisbatan suv shimuvchanligi quyidagi formula orqali aniqlanadi:
Wm[(m1-m)m].100% ,
bu yerda: m-materiallarning quruq holatdagi massasi –g, kg;
m1- materiallarning suv shimdirilgan holatdagi massasi-g, kg;
Materiallarning hajmiy (V) suv shimuvchanligi quyidagicha aniqlanadi:
Wv[(m1-m)V].100%
Suv shimuvchanlik materialni asta-sekin suvga cho’ktirish, qaynatish va bosim ostida shimdirish usullari bilan aniqlanadi. Sochiluvchan materiallar (qum, shag’al, giltuproq) namligi dielkometrik yoki neytron usullari bilan aniqlanadi. Bu usullar materialning suv ta’sirida dielektrik xossasini o’zgarishiga yoki tezlatilgan neytronlarning materialdan o’tish tezligiga asoslangan. Ba’zi materiallarning suv shimuvchanligi (massasiga nisbatan, % da): oyna va po’lat-0; granit 0,02-0,7; oddiy og’ir beton 2-4; oddiy g’isht 8-15; penoplast 100-200 va undan ko’p.
Materiallarning suvda yumshash koeffitsiyenti (Kyum) uning suv shimgandan keyingi mustahkamligini (Rto’y) quruq holatdagi mustahkamligiga (Rqur) nisbatidir:
KyumRto’yRqur
Yumshash koeffitsiyenti 0 dan (hom giltuproq asosidagi materiallar) 1 gacha (metallar) bo’lishi mumkin.
Davlatlararo standartlar talabiga muvofiq materiallarning yumshash koeffitsiyenti 0,8 dan kam bo’lsa, suv muhitida ishlatiladigan konstruktsiyalar tayyorlash ruhsat etilmaydi.
Gigroskoplik-materiallarning muayyan muhitdan namlikni o’ziga singdirib olish xususiyatidir. Materiallarning gigroskopiklik darajasini aniqlash uchun namuna havoning nisbiy namligi 100% bo’lgan xonada bir necha soat saqlanadi, so’ngra namunaning quruq va gigroskopik nam xoldagi massalari farqidan uning havodan qancha nam yutgani aniqlanadi.
Materiallarning namni ko’p yutishi odatda ularning xususiyatlari yomonlashishiga sabab bo’ladi. Masalan, namlik materialning issiqlik izolyatsiyasi koeffitsiyentini oshiradi, mustahkamlikni kamaytiradi va binolarning ekspluatatsiya xususiyatini pasaytiradi.
Materialning sorbtsion namligi uning ochiq havodagi suv bug’larini yutish qobiliyatiga aytiladi. Nisbiy namlik ortgan sari materialning sorbtsion namligi ortib boradi. G’ovak materiallarda adsorbtsiya va kapillyar kondensatsiya jarayonlari tufayli namlik uzoq vaqt saqlanib qoladi. Masalan, yog’ochning muvozanat namligi 12-18%, pishirilgan g’ishtniki 5-7% bo’lishi mumkin. Materialning qisman suv yoki namlik ta’sirida bo’lgan xolatda u kapillyar bosim hisobiga suvni shimib namlanadi. Bunga binolarning sokol qismining namlanishi misol bo’la oladi. Bunda suvning ko’tarilish balandligini “belgilangan atomlar” yoki “elektr o’tkazuvchanlik” usullari bilan aniqlash mumkin.

Download 58.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling