Mavzu: Material tarkibidagi fizik va kimyoviy o’zgarishlar
Download 58.26 Kb.
|
qm
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
- 2. Materiallar tarkibi, strukturasi va xossalarining mutanosibligi
Mavzu:Material tarkibidagi fizik va kimyoviy o’zgarishlar Reja 1. Umumiy maʼlumotlar 2. Material tarkibi, strukturasi va Xossalarining mutanosibligi 3.Fizik xossalari 4.Gidrofizik xossalari 5.Issiqlik Fizik xossalari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati Tayanch iboralar: qurilish materiallari va buyumlari, standartlash, sertifikatsiya, GOSTlar, mikrostruktura, makrostruktura, fizik xossalar, gidrofizik xossalar, issiqlik-fizik xossalar, mustahkamlik, deformativlik, texnologik xossalar, radiatsiyaga bardoshlilik. 1. Umumiy ma’lumotlar Qurilish materiallarining har bir turi o’ziga xos fizik, mexanik, kimyoviy va mahsus xossalarga ega bo’ladi. Materiallarning tarkibi, strukturasi fizik-kimyoviy va texnologik jarayonlar ta’sirida o’zgarishi bilan ularning barcha xossa va xususiyatlari o’zgaradi. Qurilish materiallari kelib chiqishiga ko’ra tabiiy va sun’iy bo’ladi. Ular xossalariga nisbatan plastik (bitum, giltuproq) elastik (yog’och, po’lat, rezina), mo’rt (sopol, shisha, beton, cho’yan), material mustahkamligiga qarab mustahkamligi yuqori (po’lat, granit, shisha, shishaplast, sitall, beton-polimer), mustahkam (beton, yog’och, polimerbeton, pishiq g’isht) va mustahkamligi kichik (gips, ohaktosh, hom g’isht, ko’pikbeton, gazbeton) turlarga bo’linadi. 2. Materiallar tarkibi, strukturasi va xossalarining mutanosibligi Qurilish materiallarining xossalari ularning tarkibiga va tuzilishiga bog’liq bo’ladi. Materiallarning kimyoviy, mineral va fazaviy tarkiblarini tekshirmasdan, ular asosida tayyorlangan buyum va konstrukstiyalarni muayyan muhitda ishlatishga tavsiya etilmaydi. Materiallarning kimyoviy tarkibi elementlar va oksidlar orqali ifodalanib, ular xossalarining mustahkamligini, korroziya muhiti va olovga bardoshliligini, suvga munosabati kabilarni belgilaydi. Material tarkibida kimyoviy elementlar va oksidlar erkin holda bo’lmasdan o’zaro minerallarga birikkan bo’ladi. Materiallarning fazaviy tarkibi qattiq, suyuq va gazsimon holatda bo’lib, ularni muayyan shaklda ushlab turuvchi, devorlar hosil qiluvchi (karkas) qattiq fazadan, devorlar orasida hosil bo’lgan g’ovaklar ichidagi suvdan, havodan yoki suv-havo aralashmasidan iborat bo’lishi mumkin. Masalan, material g’ovaklarida suvning muzlashi pirovardida uning buzilishiga olib kelishi mumkin; yopiq g’ovaklardagi havo materialga issiq-sovuqdan, tovushdan izolyastiyalovchi xususiyat beradi. Molekulyar-ion darajasi materiallarning element, oksid, mineral, oligomer, polimer va sh.k. kimyoviy moddalardan hosil bo’lishini belgilaydi. Materiallarni bu darajada o’rganish differentsial-termik, rentgenfazaviy, elektron mikroskopik, infraqizil spektroskopik va sh.k. tekshirish usullari bilan amalga oshiriladi. Materiallarning mineral tarkibi ularning qanday minerallardan qancha miqdorda tashkil topganini bildiradi. Mikrostruktura materialning tuzilishi va undagi g’ovaklarning o’ta kichikligini (1-2.10-7sm gacha) bildiruvchi ko’rsatkich. Materialda mikrog’ovaklar buyumning kirishishi natijasida hosil bo’ladi va ular o’zaro tutash yoki har tomonlari berk bo’lishi mumkin. Materialni tashkil etuvchi bog’lovchi (portlandtsement, gips, bitum, polimer), o’ta mayda to’ldiruvchi (qum kukuni, andezit) mineral yoki polimer qo’shimchalar, suv va sh.k. komponentlardan iborat majmuadir. Qurilish buyum va konstruktsiyalarning barcha xossa va xususiyatlari mikrostrukturaga, uning hosil bo’lish sharoitiga bog’liq bo’ladi. Makrostruktura materiallarning tuzilishi va undagi g’ovaklar-yirik, ko’zga ko’rinadigan holatdagi ko’rsatkich bo’lib, u mikrostruktura, mayda-yirik to’ldirgichlar va boshqa to’ldiruvchi yoki armaturalovchi komponentlar majmuasidan iboratdir. Makrostruktura kompozit (konglomerat), uyachali, mayda g’ovakli, tolasimon, qatlamli, donador shakllarda bo’lishi mumkin. Kompozitlarga betonlar, qurilish qorishmalari, keramika, silikaltsitlar, polimerbetonlar va sh.k. kiradi. Bunday materiallar sun’iy konglomeratlar ham deb yuritiladi. Mayda g’ovakli materiallarga suv yoki yonuvchi qo’shilmalar aralashtirilib kuydirilgan keramika, plastmassalarning ba’zi turlari kiradi. Uyacha strukturali materiallarga gazbetonlar, ko’pikbetonlar, ko’pik plastmassalar, mahsus qog’ozdan yasalgan turli shakldagi bo’shliqli buyumlar kiradi. Qatlamli strukturaga o’rama, listli, taxtasimon, qatlamli to’ldiruvchi asosidagi plastmassalar (tekstolit, shishaplast, qog’ozplast) kiradi. Donali struktura beton, qorishma, polimerbeton va sh.k. uchun mayda va yirik to’ldiruvchilar (qum, chaqiq tosh) kiradi. Download 58.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling