Mavzu: Material tarkibidagi fizik va kimyoviy o’zgarishlar


Download 58.26 Kb.
bet6/6
Sana15.06.2023
Hajmi58.26 Kb.
#1481001
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
qm

Issiqlik yutuvchanlik (sig’imi) - haroratlar farqi 10S bo’lganda 1 kg materialning yutgan issiqlik miqdori quyidagi formula yordamida topiladi:
QC.m.(t1-t2),
bu yerda: S-issiqlik yutuvchanlik koeffitsiyenti; Q-issiqlik miqdori, (kJ);
m-namunaning massasi, kg; (t1-t2)-haroratlar farqi, 0S.
Materiallarning issiqlik yutuvchanligi Markaziy Osiyo quruq-issiq iqlimda quriladigan bino loyihalarini tuzishda, devorbop konstruksiyalar, qavatlararo plitalar va isitish majmualarini hisoblashda katta ahamiyatga ega. Ba’zi materiallarning issiqlik yutuvchanlik koeffitsiyenti 1.1-jadvalda keltirilgan.
B a’zi materiallarning issiqlik o’tkazuvchanlik va yutuvchanlik koeffitsiyentlari
Olovga bardoshlik - materialni 15800S va undan yuqori haroratda yumshamaslik va deformatsiyalanmaslik xususiyatidir. Olovbardosh materiallar sanoatda pishirish humdonlarini qoplashda ishlatiladi. Bu jihatdan materiallar eriydigan (13500S kam), qiyin eriydigan (1350-15800S) va erimaydigan (15800S yuqori) turlarga bo’linadi.
Materiallarning termik chidamliligi ularning haroratni siklli ko’p marta o’zgarishiga buzilmasdan chidash xususiyatidir. Termik chidamlilik materialning tarkibiga, haroratdan kengayish koeffitsiyentiga bog’liq bo’ladi. Haroratdan kengayish koeffitsiyenti kichik bo’lsa, materialning termik chidamliligi shunchalik yuqori bo’ladi. Granit, oyna va shu kabi materiallarning termik chidamliligi kichik.
Yonuvchanlik materialning olov ta’sirida ma’lum muddatda yonmaslik xususiyatidir. Bu jihatdan materiallar - yonmaydigan, qiyin yonadigan va yonadigan turlarga bo’linadi. Masalan, yonmaydigan materiallarga beton, g’isht, po’lat, granit va h.k., qiyin yonadiganiga asfaltbeton, fibrolit, ba’zi penoplastlar, shimdirilgan yog’och va sh.k., yonadiganlariga - yog’och, gulqog’oz, bitum, bo’yoqlar va sh.k. lar kiradi.
Siqilishdagi mustahkamlik chegarasi tashqi omillar ta’sirida materialda hosil bo’ladigan ichki siquvchi zo’riqishlarga qarshilik ko’rsatish xususiyatidir. Siquvchi kuch yuk, kirishish, notekis qizdirish va shu kabilar natijasida hosil bo’ladi.
Ko’pchilik materiallar anizatrop tuzilishda bo’lgani uchun siqilishdagi mustahkamlik chegarasi qator sinovlar natijalarining o’rtacha miqdori bilan belgilanadi.
Materialning mustahkamligi tayyorlangan namunaning shakliga, o’lchamlariga, qo’yilgan kuchning o’sish tezligiga va kuch tushayotgan yuzaning holatiga bog’liq; ba’zi materiallarning (plastmassalar, bitumli betonlar) mustahkamligiga sinash vaqtidagi harorat ham ta’sir etadi. Balandligi ko’ndalang kesimning tomonlaridan kichik bo’lgan prizma kubga nisbatan siqilishga yaxshi qarshilik ko’rsatadi.
Silindr yoki prizma shaklidagi namunalarning mustahkamlik chegarasi kubnikidan 25% kam bo’ladi. Chunki, namunaning balandligi qancha katta bo’lsa, siqilishda hosil bo’ladigan ko’ndalang kengaytiruvchi kuch shuncha yuqori bo’ladi. Qurilish materiallarining siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 0,05 MPa dan 1000 MPa gacha bo’lishi mumkin.


Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati



  • Qurilish materiallari va buyumlari kitobidan

  • Ziyonet.uz saytlari

Download 58.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling