Mavzu: Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi kursida nimalar o’rganiladi? Darsning maqsadi


Materik iqlimining shakllanishida doimiy shamollar - passatlarning ta'siri kuchli


Download 1.14 Mb.
bet37/110
Sana13.04.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1355435
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   110
Bog'liq
Kons geo 6 - sinf

Materik iqlimining shakllanishida doimiy shamollar - passatlarning ta'siri kuchli. Shimoli-sharqiy passatlar materikka yog‘in keltirmaydi. Aksincha, Hind okeanidan esadigan janubi-sharqiy passatlar ko‘p yog‘in keltiradi. Subtropik kengliklarga qish oylarida yog‘in-sochinni mo‘'tadil havo massalari Atlantika okeanidan keltiradi. Yil davomida Atlantika okeanidan esadigan nam havo massalari Gvineya qo‘ltig‘i sohillari va ekvatorial zonalarga juda ko‘p yog‘in keltiradi. Masalan, Gvineya qo‘ltig‘i sohilidagi Debunja shahriga 10 000 mm gacha yomg‘ir yog‘adi.
Yog‘inlar taqsimotiga relyef shakllari ta'sir etadi. Nam havo massalarining yo‘nalishiga ro‘para turgan tog‘ yonbag‘irlariga ko‘p yog‘in tushadi. Masalan, Sharqiy Afrika yassitog‘ligining g‘arbiy yonbag‘irlariga, Madagaskar orolining sharqiy qismlariga 3000-5000 mm yog‘in tushadi.
Okean oqimlari materik iqlimini tubdan o‘zgartirib yuboradi. Agar sohil bo‘yida sovuq oqim bo‘lsa, yog‘in yog‘maydi va cho‘l iqlimi tarkib topadi (masalan, Namib, Somali). Kanar, Bengela sovuq oqimlari ustidan esadigan shamollar materikka sovuq havo olib keladi. Lekin yuqoridagi havo iliq bo‘lishiga qaramasdan, qirov va tumanlar hosil bo‘lsa-da, yog‘in yog‘maydi. Natijada qurg‘oqchil cho‘llar tarkib topadi.
Afrika iqlimining asosiy xususiyatlari yuqorida ko‘rib o‘tilgan omillar bilan uzviy bog‘liq. U - eng issiq materik. Bu uning katta qismi yoritilish mintaqasida joylashganligidandir. Sayyoramizdagi eng issiq harorat shu yerda kuzatilgan (Tripoli shahri yonida +58?C). Lekin eng baland tog‘larda doimiy qor va muzliklar bor. Afrika iqlimining o‘ziga xos xususiyatlari iqlim mintaqalarida yaqqol namoyon bo‘ladi. Bu haqda kelgusi darsimizda suhbatlashamiz.


Yangi mavzuni mustahkamlash:
Kim qanday baho olmoqchi?”
1) Afrikada o’rtacha harorat qancha? (4)
2) Materik iqlimining shakllanishida qaysi shamollarning ta’siri kuchli (Passat) (5)
3. Madagaskar orolining sharqiy qismlarida qanchagacha yomg’ir tushadi (3000 – 5000 mm) (5)
4. Tripoli shahrida haroratning qanchagacha bo’lishi kuzatilgan? (+58˚C) (4)



Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling