Mavzu: Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi kursida nimalar o’rganiladi? Darsning maqsadi


Download 1.14 Mb.
bet44/110
Sana13.04.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1355435
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   110
Bog'liq
Kons geo 6 - sinf

Subtropiklar tabiati. Afrikaning shimoli-g‘arbiy va janubi-g‘arbiy qismlarida qattiq bargli doimiy yashil o‘rmonlar va butazorlardan tashkil topgan subtropik zona joylashgan. Issiq va quruq yoz hamda iliq (10°C) va nam qish doimiy yashil o‘simliklarning rivojlanishiga zamin yaratadi. Shimoliy subtropikdagi Atlas tog‘larining 3000 m dan tepa qismida qishda havo sovib (-10°-17°C gacha), qor yog‘adi. Ba'zi joylarda qorning qalinligi 2 m ga yetadi. Sohil va tog‘ yonbag‘irlarida makvis, zaytun, pakana palma, probka emani (dub) o‘rmonlari, yuqoriroqda yirik atlas kedri, tis (butasimon daraxt), yana balandroqda (1500-3000 m) keng bargli o‘rmonlar, undan balandda alp o‘tloqlari joylashgan. Bu zonada hayvon turlari ko‘p. Kattaligi quyonday keladigan o‘txo‘r daman tog‘larda to‘da bo‘lib yashaydi. Uni ovlashadi va go‘shtini iste'mol qilishadi. Yana turli kemiruvchilar, dumsiz makaka, yirtqichlardan chiyabo‘ri, yovvoyi mushuk, qoplon, sirtlon, sudralib yuruvchilardan kaltakesak, ilon, hasharotlar yashaydi. Ba'zan chigirtkalar bosqinidan qishloq xo‘jaligi ancha zarar ko‘radi. Atlas tog‘larining sharq tomonidan sohil bo‘ylab subtropik chalacho‘l va cho‘llar boshlanadi. Janubiy Afrika subtropik landshaftida kiparis, kap zaytuni, kumush daraxti, kedr, afrika yong‘og‘i, kap kashtani, sariq daraxt va turli o‘t-o‘simliklar o‘sadi.
Yangi mavzuni mustahkamlash:
Asosiy xususiyatlari bo’yicha to’ldirish



Tropik cho’llar tabiati

Subtropiklar tabiati







O’quvchilarni baholash.
Faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi. Baholar jurnal va kundalik daftarlarga qo’yiladi.


Uyga vazifa: 64 – 65 bet mavzuni o’qib kelish, mavzu yuzasidan savollarga javob topish
yangi mavzuga tayyorlanish.
Sana__________ Sinf: 6 “A”, “B”



Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling