Mavzu: „Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi“ kursida nimalar o‘rganiladi? Darsning maqsadi: a ta’limiy


  O‘tilgan mavzuni takrorlash  5 daqiqa  4


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana11.01.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1089339
1   2   3   4   5
Bog'liq
6-sinf-geografiya-namuna


O‘tilgan mavzuni takrorlash 
5 daqiqa 

Yangi mavzuni tushuntirish 
25 daqiqa 

Mustahkamlash
5 daqiqa 

O‘quvchilarni baholash 
5 daqiqa 

Uyga vazifa berish 
DARSNING BORISHI:
Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik 
darajasini tekshirish, davomatni aniqlash. 
Ma’naviyat daqiqasi: O‘quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, 
ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, 
ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara 
uyushtirish.  
Yangi mavzu bayoni: Geografik xaritalar—bilim manbayi. Turli mazmundagi va 
masshtabdagi xaritalardan o‘quvchilarning maqsadli foydalanishi talab qilinadi. Kursning 
materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasiga oid bo‘limlarida har bir mavzuga taalluqli 
bo‘lgan xaritalar berilgan. Demak, muayyan mavzuni o‘rganish jarayonida xaritalardan 
foydalanish shart. Geografik xaritalarning tasnifi.Geografik xaritalar g‘oyat ko‘p va xilma-
xildir. Xaritalar—o‘rganish, hisobga olish, saqlash va boshqa maqsadlar uchun 
mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin. Xaritalar tasvirlangan hududning katta-kichikligiga, 
masshtabiga, mazmuniga va ko‘zda tutilgan maqsadiga qarab guruhlarga ajratiladi. 
Tasvirlangan hududning katta-kichikligiga ko‘ra, xaritalar: dunyo va yarimsharlar


materiklar va okeanlar, tabiiy o‘lkalar, mamlakatlar, viloyatlar va boshqa ma’muriy 
birliklar xaritalariga bo‘linadi. Masshtabiga ko‘ra: yirik masshtabli (1 : 10 000 dan 1 : 
200 000 gacha), o‘rta masshtabli (1 : 200 000 dan 1 : 1 000 000 gacha), mayda masshtabli 
(1 : 1 000 000 va undan mayda) xaritalar bo‘ladi. Joy planini tuzishda ham muayyan 
masshtabdan (1 : 5000 va undan yirik) foydalaniladi. Lekin plan kichik hududlar uchun 
tuziladi. Mazmuniga ko‘ra, xaritalar: umumgeografik va mavzuli xaritalarga bo‘linadi. 
Umumgeografik xaritalar hududlarning umumiy ko‘rinishi va geografik xususiyat-larini 
aks ettiradi. Bularga, asosan, tabiiy va siyosiy xaritalar kiradi. Mavzuli tabiiy xaritalarda 
ayrim tabiat komponentlari nisbatan aniq va mukammal tasvirlanadi. Bunday xaritalarga 
6- sinf atlasidagi Yer po‘stining tuzilishi, tabiat zonalari, iqlim va boshqa xaritalarni misol 
qilib ko‘rsatish mumkin. Ba’zan mavzuli xaritalarda bitta yoki ikkita emas, balki birbiri 
bilan bog‘langan bir qancha komponentlar ko‘rsatilgan bo‘ladi. Bunday xaritalarga 
kompleks xaritalar deyiladi. Xaritalarning qo‘llanilish maqsadi ularning masshtabiga, 
mazmuniga va jihozlash usuliga katta ta’sir ko‘rsatadi. Buni bitta hududning bir xil 
masshtabli va mazmunli, lekin har xil maqsadli xaritalarini bir-biriga taqqoslab, yaqqol 
ko‘rish mumkin. Maqsadiga ko‘ra, xaritalarni: o‘quv, ilmiy, turistik, targ‘ibottashviqot 
kabi turlarga bo‘lish mumkin. Geografik atlaslar ta’rifi, tasnifi va xususiyatlari. 
Yagona dastur asosida bir butun (yaxlit, bo‘linmas) asar sifatida bajarilgan geografik 
xaritalarning tizimli to‘plamiga geografik atlas deb aytiladi. Qadimgi yunon olimi Klavdiy 
Ptolemeyning geografik xaritalar to‘plamini (eramizning II asri) birinchi geografik atlas 
deb hisoblash mumkin. Xaritalar to‘plami uchun „Atlas“ nomi Merkator tomonidan (1595- 
yili) taklif etilgan. Maktab geografik atlaslari—bu o‘quvchilarning mashg‘ulot vaqtida 
mustaqil bajariladigan ishlari uchun mo‘ljallangan eng muhim kartografik qo‘llanmadir. 

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling