Mavzu: „Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi“ kursida nimalar o‘rganiladi? Darsning maqsadi: a ta’limiy
O‘tilgan mavzuni takrorlash 5 daqiqa 4
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
6-sinf-geografiya-namuna
- Bu sahifa navigatsiya:
- Geografik atlaslar ta’rifi, tasnifi va xususiyatlari.
3
O‘tilgan mavzuni takrorlash 5 daqiqa 4 Yangi mavzuni tushuntirish 25 daqiqa 5 Mustahkamlash 5 daqiqa 6 O‘quvchilarni baholash 5 daqiqa 7 Uyga vazifa berish DARSNING BORISHI: Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash. Ma’naviyat daqiqasi: O‘quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish. Yangi mavzu bayoni: Geografik xaritalar—bilim manbayi. Turli mazmundagi va masshtabdagi xaritalardan o‘quvchilarning maqsadli foydalanishi talab qilinadi. Kursning materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasiga oid bo‘limlarida har bir mavzuga taalluqli bo‘lgan xaritalar berilgan. Demak, muayyan mavzuni o‘rganish jarayonida xaritalardan foydalanish shart. Geografik xaritalarning tasnifi.Geografik xaritalar g‘oyat ko‘p va xilma- xildir. Xaritalar—o‘rganish, hisobga olish, saqlash va boshqa maqsadlar uchun mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin. Xaritalar tasvirlangan hududning katta-kichikligiga, masshtabiga, mazmuniga va ko‘zda tutilgan maqsadiga qarab guruhlarga ajratiladi. Tasvirlangan hududning katta-kichikligiga ko‘ra, xaritalar: dunyo va yarimsharlar, materiklar va okeanlar, tabiiy o‘lkalar, mamlakatlar, viloyatlar va boshqa ma’muriy birliklar xaritalariga bo‘linadi. Masshtabiga ko‘ra: yirik masshtabli (1 : 10 000 dan 1 : 200 000 gacha), o‘rta masshtabli (1 : 200 000 dan 1 : 1 000 000 gacha), mayda masshtabli (1 : 1 000 000 va undan mayda) xaritalar bo‘ladi. Joy planini tuzishda ham muayyan masshtabdan (1 : 5000 va undan yirik) foydalaniladi. Lekin plan kichik hududlar uchun tuziladi. Mazmuniga ko‘ra, xaritalar: umumgeografik va mavzuli xaritalarga bo‘linadi. Umumgeografik xaritalar hududlarning umumiy ko‘rinishi va geografik xususiyat-larini aks ettiradi. Bularga, asosan, tabiiy va siyosiy xaritalar kiradi. Mavzuli tabiiy xaritalarda ayrim tabiat komponentlari nisbatan aniq va mukammal tasvirlanadi. Bunday xaritalarga 6- sinf atlasidagi Yer po‘stining tuzilishi, tabiat zonalari, iqlim va boshqa xaritalarni misol qilib ko‘rsatish mumkin. Ba’zan mavzuli xaritalarda bitta yoki ikkita emas, balki birbiri bilan bog‘langan bir qancha komponentlar ko‘rsatilgan bo‘ladi. Bunday xaritalarga kompleks xaritalar deyiladi. Xaritalarning qo‘llanilish maqsadi ularning masshtabiga, mazmuniga va jihozlash usuliga katta ta’sir ko‘rsatadi. Buni bitta hududning bir xil masshtabli va mazmunli, lekin har xil maqsadli xaritalarini bir-biriga taqqoslab, yaqqol ko‘rish mumkin. Maqsadiga ko‘ra, xaritalarni: o‘quv, ilmiy, turistik, targ‘ibottashviqot kabi turlarga bo‘lish mumkin. Geografik atlaslar ta’rifi, tasnifi va xususiyatlari. Yagona dastur asosida bir butun (yaxlit, bo‘linmas) asar sifatida bajarilgan geografik xaritalarning tizimli to‘plamiga geografik atlas deb aytiladi. Qadimgi yunon olimi Klavdiy Ptolemeyning geografik xaritalar to‘plamini (eramizning II asri) birinchi geografik atlas deb hisoblash mumkin. Xaritalar to‘plami uchun „Atlas“ nomi Merkator tomonidan (1595- yili) taklif etilgan. Maktab geografik atlaslari—bu o‘quvchilarning mashg‘ulot vaqtida mustaqil bajariladigan ishlari uchun mo‘ljallangan eng muhim kartografik qo‘llanmadir. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling