Mavzu: Mativatsion jarayon
Download 0.58 Mb.
|
1 2
Bog'liqBoshqaruvda motivatsiya va ularning turlari Boshqaruvda zamonav (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkilamchi ehtiyojlart Birlamchi ehtiyojlar
Mavzu: Mativatsion jarayon Motivatsiya jarayoni avvalo motivatsiyaning mazmuniy nazariyalarini tushuntirib beradi. Ularda kishilarni harakat qilishga undovchi, ayniqsa, ishning hajmi va mazmunini belgilashdagi asosiy ehtiyojlar aniqlanadi. Motivatsiyaning konsepsiyalarini ishlab chiqishda A.Maslou, F.Gertsberg, D.Mak Klellandlarning asarlari katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Amerikalik ruhshunos A.Maslouning (1908—1970) nazariyasi bo‘yicha ehtiyojni qat’iy iyerarxik tuzilma ko‘rinishida joylashtirish mumkin. U pastki bosqichlardagi ehtiyojlar odamga yuqoriroq bosqichdagilarga qaraganda oldinroq ta’sir qiladi deb hisoblaydi. Har bir aniq paytda odam o‘zi uchun muhimroq yoki kuchliroq bo'lgan ehtiyojni qanoatlantirishga harakat qiladi. Keyingi bosqichdagi ehtiyoj pastroq bosqichdagi ehtiyojni qanoatlantirgandan so‘ng kishining holatidagi qudratliroq omil bo‘ladi. Fiziologik ehtiyojlar yashab qolish uchun zarur boladi. Ular o‘z ichiga ovqat, suv, uy-joy, dam olishga ehtiyojlarini oladi. Tegishlilik va daxldorlikka ehtiyojlar o‘z ichiga nimagadir yoki kimgadir tegishlilik hissini, ijtimoiy o‘zaro hamkorlik, bogliqlik va qo’llab-quvvatlash hissini oladi. Xavfsizlik va himoyalanganlikka ehtiyojlar atrof-muhit tomonidan jismoniy va psixologik xavflardan himoya qilinganlik va kelajakda fiziologik ehtiyojlar qondirilishiga ishonchni ko‘zda tutadi. T an olinish va o‘zini qaror toptirishga ehtiyojlar o‘zini o‘zi hurmat qilish (shaxsiy yutuqlar, omilkorlik)ni, atrofdagilar tomonidan hurmat qilinishni ko‘zda tutadi. Ikkilamchi ehtiyojlart Birlamchi ehtiyojlar A. Maslou bo’yicha ehtiyojlar iyerarxiyasi. O‘zini aks ettirishga ehtiyojlar - o‘zining salohiyatli imkoniyatlarini amalga oshirishga ehtiyojlardir. Maslou konsepsiyasidan amaliy xulosalar quyidagilardir: - yuqori bosqich ehtiyojlari birlamchi ehtiyojlar (birinchi ikki bosqichdagilar) qondirilganligiga qadar undovlar bolishi mumkin emas; - ehtiyojlarning bosqichlari qanchalik yuqori boisa, ular kishilarning shunchalik kamroq soni uchun faol faoliyatga rag‘batlar boladi; - qondirilmagan ehtiyojlar xodimlarni rag‘batlantirmaydi, qanoatlantirilganlari esa ta’sir etishni to‘xtatadi, shuning uchun ularning o‘rnini qanoatlantirilmaganlar egallaydi; - qandaydir bitta ehtiyojning qondirilishi yuqori bosqichdagi ehtiyojni avtomatik ravishda ishga tushishiga olib keladi. Maslou konsepsiyasi zamonaviy boshqaruv nazariyasi va amaliyotining rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatgan. Ammo hayot shuni ko‘rsatganki, konsepsiyada bir qator juda zaif jihatlar mavjud bo‘lgan: Birinchidan, ehtiyojlar ko'pgina vaziyatli omillar (ishning mazmuni, tashkilotdagi holat, yosh va h.k.)ga bogliqlikda turli namoyon boladi. Ikkinchidan, hamma vaqt ham Maslou piramidasida taqdim etilganidek ehtiyojlarning bitta guruhi boshqasining orqasidan qat’iy kelavermaydi. Uchinchidan, ikkilamchi ehtiyojlarning qanoatlantirilishi hamma vaqt ham ularning motivatsiyaga ta’siri kuchsizlanishiga olib kelmaydi. Maslouning hisoblashicha, bu qoidadan faqat o‘zini o‘zi aks ettirish istisno boladi. U kuchsizlanmaydi, balki u qanoatlangani sari uning motivatsiyaga ta’siri kuchayadi. Amaliyotning ko‘rsatishicha, tan olinish va o‘zini o‘zi qaror toptirish ehtiyojlari ham ularni qanoatlanishi jarayonida motivatsiyaga kuchayib boruvchi ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Mak Klelland nazariyasida kishining aniqlanayotgan uchta ehtiyojlari ko‘rib chiqiladi: Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling