Mavzu: Matlab dasturi imkoniyatlari haqida reja: matlab dasuri haqida ma`lumot matlab dasturi interfeysi matlab dasturlash tilining imkonyatlari xulosa foydalanilgan abiyotlar


Download 1.29 Mb.
bet2/3
Sana30.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1417010
1   2   3
Bog'liq
Matlab Abduxoliq aka

Matlabda barcha hisoblashlar ikki marta aniqlikda bajarilib, ekranda raqamlarni tasvirlashda turli formatlarga ega. Zarur format (File\Preferences) menyusidagi (Format) komandasi yordamida aniqlanadi. Raqamlarni tasvirlashni quyidagi usullari mavjud:

MATLAB Dasturi majmuasi tili. Axborotlar oqimi, funksiyalar, ma'lumotlar strukturasi, kirish-chiqish signallarini boshqaradigan va o’bektga mo’ljallangan dasturlashtirish tili xususiyiyatiga ega bo’lgan yuqori darajali matrix va massivlar tili. MATLAB Dasturi majmuasi muhiti. Bu foydalanuvchi va dasturlovchi tashkilotga mo’ljallangan instrumental va moslamalar to’plami. Bu to’plam orqali MATLAB da o'zgaruvchilarni, kirish va chiqish ma'lumotlarini boshqarish va M-fayllar (MATLAB muhtida dasturiy ta'minot) va MATLAB ilovalarini, ularni sotib olish va moslashtirish mumkin.

MATLAB asosan quyidagi vazifalarni bajarish uchun ishlatiladi: • matematik hisoblashlar; • algoritmlarni yaratish; • modellash; • ma'lumotlarni tahlil qilish, tadqiq qilish va vizuallashtirish; • ilmiy va injenerlik grafikasi; • ilovalarni ishlab chiqish va boshqalar. MATLAB ochiq arxitekturaga ega, ya'ni mavjud funktsiyalarni o'zgartirish va yaratilgan xususiy funktsiyalarni qo'shish mumkin. MATLAB tarkibiga kiruvchi Simulink dasturi real tizim va qurilmalarni funktsional bloklardan tuzilgan modellar ko'rinishida kiritib imitatsiya qilish imkoniyatini beradi. Simulink juda katta va foydalanuvchilar tomonidan yanada kengaytirilishi mumkin bo'lgan bloklarning bibliotekasiga ega.Bloklarning parametrlari sodda vositalar yordamida kiritiladi va o'zgartiriladi. Simulink yuzdan ortiq biriktirilgan bloklarga ega. Bloklar vazifalariga mos holda guruhlarga bo'lingan: signallar manbalari, qabul qilgichlar, diskret, uzluksiz, chiziqli bo'lmagan, matematik funktsiyalar va jadvallar, signallar vatizimlar. 

Biriktirilgan va foydalaniluvchi bloklarning funktsionalligini sozlashdan tashqari belgi(znachok) va dialoglardan foydalanib foydalaniluvchi interfeys hosil qilish ham mumkin. Maxsus mexanik, elektr va dasturiy komponentlarning (motorlar, o'zgartkichlar, servo-klapanlar, ta'minlash manbalari, energetik qurilmalar, fil'trlar, shinalar, modemlar va boshqa dinamik kompanentlar) ishlashini modellashtiruvchi bloklar yaratish mumkin. Yaratilgan blokni kelajakda foydalanish uchun bibliotekada saqlab qo'yish mumkin. MATLAB tizimi vektorlar va matritsalar ustida murakkab amallarni bajaradi. Undan arifmetik va algebraik amallardan tashqari matritsalarni invertirlash, ularning xususiy qiymatlarini hisoblash, chiziqli tenglamalar sistemasini yechish, ikki va uch o'lchamli funktsiyalarning grafiklarini olish va boshqa ko'plab amallarni bajaruvchi super kal'kulyator sifatida ham foydalanish mumkin. Oddiy son va o'zgaruvchilarga ham MATLABda 1x1 o'lchamli matritsa sifatida qaraladi. SHu sababli oddiy sonlar va massivlar ustida bajariladigan amallarning shakli va usullarida bir xillikka erishilgan.


Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling