Mavzu: Matlab dasturi va unda ishlash. Maple dasturi va unda ishlash. Bajardi: mi 207 2-otm guruh talabasi Ro’ziyeva Umida matlab dasturi va unda ishlash


Download 173 Kb.
bet2/7
Sana30.04.2023
Hajmi173 Kb.
#1413689
1   2   3   4   5   6   7
MATLAB dasturining interfeysi.Matlabda barcha hisoblashlar ikki marta aniqlikda bajarilib, ekranda raqamlarni tasvirlashda turli formatlarga ega. Zarur format (File\Preferences) menyusidagi (Format) komandasi yordamida aniqlanadi.
Raqamlarni tasvirlashni quyidagi usullari mavjud: Ekranga chiqarish formatlari

Format

Tasvirlash

Short

Son 4 ta raqamdan keyin o‘nli daraja ko‘rinishida yoki short e formatida ifodalanadi.

Short e

Sonni eksponenta ko‘rinishidagi 5 raqamli matritsa va 3 raqamli ko‘rsatkich orqali tasvirlash

Rat

Ratsional kasr son ko‘rinishida tasvirlash

Long

16 ta o‘nlik raqamli son

Long e

Sonni eksponenta ko‘rinishidagi 16 raqamli matritsa va 3 raqamli ko‘rsatkich orqali tasvirlash

Hex

O‘n oltitalik shakldagi son

MATLABda o‘zgaruvchilarni turini ko‘rsatib,oldindan tasvirlash shart emas. Barcha berilganlar massiv ko‘rinishida saqlanadi: sonli o‘zgaruvchilar (numeric ichki tip), matn qatorlari (char), yacheykalar (cell) va strukturalar (struct). Ikki o‘lchamli massiv-bu matritsa, bir o‘lchamli-vektor, skalyar bo‘lsa,1x1 o‘lchamli matritsa. Nomlash harflardan boshlanishi kerak, undan keyin raqamlar va chiziq simvollari bo‘lishi mumkin.


MATLAB tizimi bilan ish seansi tugagandan so‘ng barcha hisoblangan o‘zgaruvchilar o‘chib ketadi. Ularni kompyuter diskidagi MATLAB tizimi ishchi maydonidagi fayllarda saqlash uchun buyruqlar menyusidagi File \Save Workspace As … komandasi bajarilishi kerak. mat fayl nomi bo‘lib, ularni MAT - fayl deb nomlash qabul qilingan.
MATLAB tizimi haqiqiy va kompleks sonlar bilan ishlaydi.Kompleks sonlar bilan operatsiyalarda foydalanishda i = sqrt(–1) yoki j = sqrt(–1) o‘zgaruvchini aniqlab olish shart. Arifmetik amallarda quyidagi operatsiya belgilari ishlatiladi:

Download 173 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling