Raqamli texnologiyalar mavzu: Raqamli Texnologiyalar
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR
REJA:
1. Raqamli iqtisodiyotda raqamli texnologiyalar 2. O'zbekiston bozoriga mobil qurilmalarni kirib kelishi va rivojlanish bosqichlari 3. Raqamli texnologiyalar va biznesning raqamli transformatsiyasi
O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish jarayonida raqamli iqtisodiyotni rivojlantishga alohida e'tibor qaratilmoqda. 2018 yil 3 iyulda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “O'zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-3832-son Qarori ushbu sohaning mamlakatimizning strategik rivojlanishidagi zarurati va ahamiyatini, eng muhim vazifalarni va amalga oshirilishi lozim bo'lgan tadbirlarni belgilab beradi.
Raqamli texnologiyalarni rivojlanishi va raqabatbordoshligini baholash, uning ko'p jihatliligi va omilliligini hisobga oladigan indikatorlar tizimi umumlashtiriladi. Raqamli texnologiyalardan olinadigan daromad ko'rsatkichlari qiymat dinamikasining turli omillari ya'ni ichki hamda tashqi (mintaqa texnologiyalar kirib borishi darajasi. Raqobatchilarning jami istemolchilari soni, mintaqada mobil uyali aloqa istemolchilarining o'sishi, mintaqadagi aholi soni, mintaqadagi o'rtacha ish haqi, mintaqadagi korxonalar soni va b.q.).
Raqamli texnologiya behisob miqdordagi axborotlarga ega bo'lgan holda, iste'molchilarga katta informatsion xizmat spektrini taqdim etadi. Uni shartli ravishda ikki kategoriyaga bo'lish mumkin:
tarmoq istemolchilari aro axborot almashuvi;
axborotni qidirish va tarmoq ma'lumotlar bazasidan foydalanish.
Do'stlaringiz bilan baham: |